Choriyeva guljahonning


II.BOB.SAMARQAND SHAHRINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI


Download 1.03 Mb.
bet7/10
Sana23.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1386316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
guljahon uzz (Автосохраненный)

II.BOB.SAMARQAND SHAHRINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
2.1.2017-2021-YILLARDA SAMARQAND SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI
Samarqand shahrida 2020-yilda amalga oshirilgan islohotlar va 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Xalq deputatlari shahar kengashining sessiyasida shahar hokimining hisoboti tinglandi. Unda shaharda yangi investitsiya loyihalari, yaratiladigan ish oʻrinlari hamda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan yirik korxonalar haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida 2020-2022-yillar davomida umumiy qiymati 3 trillion 249 milliard 204 million soʻm boʻlgan 108 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Natijada 4 ming 925 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
2020-yilning oʻtgan davrida belgilangan reja ortigʻi bilan uddalandi va 71 ta loyiha amalga oshirilib, 473 milliard 617 million soʻm oʻzlashtirildi. Joriy yil yakuniga koʻra jami 83 ta loyiha ishga tushirilishi va 1,2 trillion soʻm qiymatidagi sarmoyalar oʻzlashtirilishi, natijada 1 ming 523 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda.
Jumladan, “SAM ANTEP GILAM” MCHJ negizida umumiy qiymati 30,2 milliard soʻm boʻlgan gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish, “SAM TURK BETON” MCHJ negizida umumiy qiymati 10,3 milliard soʻm boʻlgan beton mahsulotlari, “Sam Fiorenta” MCHJ negizida umumiy qiymati 12,3 milliard soʻm boʻlgan gaz plitalari ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.
2021-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan dasturga koʻra jami 3,5 trillion soʻmlik, 220 ta loyiha ishlab chiqildi. Ushbu loyihalar ishga tushirilgach 2021-yilda qoʻshimcha 5 ming 400 nafar ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirildi.
Samarqand shahrining 2020-yil toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar boʻyicha rejasi 64,5 million dollar boʻlib, bugungi kunda 59 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar oʻzlashtirildi. Joriy yil yakunga koʻra 65 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar oʻzlashtirilishi kutilmoqda. Misol uchun, Samarqand shahrining Xishrav-2 massivida “AZIA METALL PROF” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yirik investitsion loyihasi bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Korxonaning xorijiy hamkori Xitoyning “Xinjifng Zhongde Jiarun Trade Co.Ltd” kompaniyasi hisoblanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 80 million AQSH dollarini tashkil etadi, – deydi korxona rahbari Odiljon Boltayev. – Shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya miqdori 31,5 million AQSH dollari boʻlib, qolgan mablagʻ oʻz mablagʻlarimiz hisobidan qoplanadi. Bu еrda qurilish – montaj ishlari 2017-yilda boshlangan. 3 bosqichdan iborat loyihaning birinchi bosqichi 2018-yil avgust oyida toʻliq quvvat bilan ish boshladi. Mazkur seximizda bugun 31 turdagi turli oʻlchamdagi metall quvurlar ishlab chiqarilmoqda. Ikkinchi seximizda qurilishda import oʻrnini bosuvchi tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha texnologiyalar oʻrnatilmoqda. Ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 500 dan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilab olingan. Korxona yiliga 190 ming tonna metall mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Xitoyning “Urumqi Tongyale International Trade Co., Ltd” kompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, metall quvurlar va sendvich panellar ishlab chiqarish sexining yillik quvvati 30 ming tonna. Sendvich panel ishlab chiqarish sexida oyiga 30 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlanmoqda. Har ikki sexda 260 nafardan ortiq ishchi mehnat qilmoqda.
Bir necha yil davomida Rossiyada, oilamdan uzoqda mehnat qildim, – deydi korxona ishchisi Shehroz Shaymanov. – Oʻzim Pastdargʻom tumanida yashayman. Bir nafar farzandim bor. 2019-yil mazkur korxonaga ishga kirdim. Mana endi oʻz yurtimda, oilam bagʻrida ishlayapman. Bu еrda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kelib-ketish uchun transport ajratilgan. Maoshlarimiz oʻz vaqtida berilyapti. Yurtim taraqqiyotiga oʻz hissamni qoʻshayotganimdan xursandman.
Ayni paytda bu еrda uchinchi sex qurilishi qizgʻin davom etayotir. Xorijlik hamkorlarning 16 million 500 ming AQSH dollari qiymatidagi investitsiyasi ishtirokida maxsus ishlov berilgan qurilishbop metall profil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur metall profillar sanoat usulida ranglangani va polemerlangani uchun uzoq muddat sifatini yoʻqotmaydi. Eng muhimi, mazkur sexda yana 300 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Oʻzining boy tarixiy va madaniy merosiga ega boʻlgan koʻhna Samarqand bugun har jihatdan obod va koʻrkam maskanga aylandi. Istiqlol tufayli qadimiy osori-atiqalarining oʻz holiga qaytarilishi, yangi-yangi zamonaviy inshootlarning barpo etilishi, koʻchalarning kengaytirilishi shahar qiyofasini butunlay oʻzgartirib yubordi. Bugun Samarqand shahariga qarashli boʻlgan 50 gektarlik hududda yangi Qorasuv massivi qad rostladi. Qisqa muddatlarda keng koʻlamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Samarqand shahar sessiyasida taʼkidlanishicha, aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida joriy yilda Qorasuv massivida “Oʻzshaharqurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan jami 3 ta 16 qavatli uy-joylar, harbiy xizmatchilar uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan 3 ta 5 qavatli uy-joylar, “Agromir Bildings” MCHJ tomonidan 26 ta 12 va 16 qavatli koʻp xonadonli turar-joy binolari qurilib, foydalanishga topshirish bosqichida.
“Oʻzshaharqurilish invest” tomonidan qurilgan 3 ta uy-joylardagi 240 ta xonadon imtiyozli ipoteka kredit mablagʻlari hisobidan fuqarolarga ajratilgan boʻlsa, “Agromir Bildings” MCHJ tomonidan qurilgan uy-joylardan 577 ta xonadon uchun 577 ta fuqaroga subsidiyalar ajratilib berildi.
Kelgusi yilda massivda yangi 10 ta 16 qavatli 960 ta xonadonli turar-joy binolarini qurish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga shaharning turli hududlarda xususiy sektorlar tomonidan 70 da ortiq koʻp xonadonli turar-joy binolari qurish ishlari amalga oshiriladi.
Hokimlik tomonidan mazkur massivdan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan uy-joyga oʻta muhtoj oilalarni va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bepul, begʻaraz tarzda 40 ta xonadon, shuningdek, uy-joyga muhtoj viloyat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga 60 ta xonadon ajratildi.
Bir necha yil davomida uysiz, ijarama-ijara sarson yashadim, – deydi Nasiba Ulugʻmurodova. – Uch nafar farzandim bor. Turmush oʻrtogʻim nogiron. Oʻzim ishsiz edim, juda qiynaldik. Joriy yil mart oyida hokimlik tomonidan bizga mana shu xonadon sovgʻa qilindi. Oʻzimni ishga joylashishimda yaqindan yordam berishdi. Oilamizni ogʻir damda qoʻllab-quvvatlagani, uyli qilgani, bizni ham koʻpchilik qatori baxtli yashashimizga sababchi boʻlgan uchun Prezidentimizga ming rahmat.
Turkiya texnologiyasi asosida barpo etilgan zamonaviy uylar 9 balli zilzilaga bardosh bera oladi. Har bir xonadonda zamonaviy isitish moslamasi, gaz uskunasi, oshxona mebeli mavjud.
Massivda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ayni paytda bu еrda 235 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda 540 oʻrinli 80-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar taʼlim olish uchun barcha sharitlar yaratilgan.
Shuningdek, 120 oʻrinli davlat va 3 ta jami 270 nafar bolajonlarni qamrab oluvchi davlat va xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti barpo etilyapti. Shuningdek, 1 ming 680 oʻquvchini qamrab oluvchi umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 150 oʻrinli oilaviy poliklinika hamda 330 oʻrinli shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish muassasasi uchun binolar qurish ishlari olib borilmoqda.
Massivda yaqinda oʻz faoliyatini boshlagan “Bahora fly” tikuvchilik sexi bugun shu еrda yashovchi 60 nafar xotin-qizni ish bilan taʼminladi. Sexda buyurtma asosida xotin-qizlar milliy liboslari, bolalar kiyim-kechaklari hamda maxsus formalar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari bu еrda maktab oʻquvchilari uchun ingliz tili, rus tili, matematika boʻyicha oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.Shu paytgacha uyda oʻtirgandim, – deydi Lobar Boltayeva. – Uyimiz yaqinida tikuvchilik sexi faoliyat boshlagani bizday ayollar uchun ayni muddao boʻldi. Sexda ishga tushushishi bilan ishga kirdim. Tikuvchilik hunarini oʻrganganim asqatdi. Yangi uyimizni ipotek kreditiga olganmiz. Uch nafar farzandim bor. Oilam byudjetiga hissa qoʻshayotganimdan baxtiyorman. Samarqand shahrining yangi massivida amalga oshirilayotgan bunday ishlar, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, aholini ertaga emas bugunidan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilayapti, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.4

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling