Ismim Temurbekdur Turon o’g’limen Yurtimda yov ko’rib bag’ri tig’limen


Download 37.6 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi37.6 Kb.
#1100527
Bog'liq
monolog


Ismim Temurbekdur Turon o’g’limen
Yurtimda yov ko’rib bag’ri tig’limen
Chaqmoqning simini buka olg’on kim
Yomg’irning ipini tuga olg’on kim
Kim o’sha yer-ko’kni yak qalam etgan
Bu falak dunyoning tagiga yetgan
G’aybi xotiblardan kelgay bir sado
Bu yolg’iz o’zidur yolg’iz haq xudo
Ismim Temurbekdur Turon o’g’limen
Ko’ngli alamli men dili cho’g’limen
Inson 4 unsurdan yaralmish azal
Yaralmish bekamu ko’stu mukammal
O’t bilan suv derlar tuproq va havo
4 narsadan to’liq yeru ko’k fazo
Tug’ildim Keshda men tole onida
Amir Tarag’ayning xonadonida
Shundoq eranlardan biri bo’ldim men
Dunyoni titratgan sheri bo’ldim men
18 ming olam yaratgan xudo
Hoxlagan quliga mulk etgay ato
Dunyoga ne uchun kelganin agar
Anglasa shu inson baxtli muqarrar
Men Vatan deb ,Turon deb dunyoga keldim
Vatanni ko’zimga to’tiyo bildim
Samarqand bir yoqda, Toshkent bir yoqda
Qaysar o’z xaddidan oshgan bir yoqda
Millat deb yonish yo’q,el deb kuyish yo’q
Kuymanish, to’lg’anish, ox o’rtanish yo’q
Ismim Temurbekdur Turon o’g’limen
Tomir-tomir abad senga bog’limen

Ajab zamonda yashar ekanman


Qalbimdagi haroratni insonga berib
Evaziga olmoqdaman sovuq g’arazlar
Men otamga jannatmakon Shohruh Mirzoga
Kamarbasta o’g’il bo’ldim 40 yil muttasil
Lekin shuni o’g’illarimdan ko’rmadim hayhot
Onalarning izzat-hurmatini umr bo’yi talqin etdim ahli vatanga
Lekin onamga ehtirom evaziga ne eshitdim
Zug’um tan’a malomat Feruzaning nomiga g’iybat
Yoki osmon kitobini varaqlab ochib
Sirlarini o’rganmoqchi bo’lganim uchun
Falak mendan qasos olish payiga tushgan
Yo’q, yo’q vasvasaga tushma Mirzo Ulug’bek
Shubha boshqa dalil boshqa xulosa boshqa
Vasvasalar shaytonga xos Umid insonga
Samarqandim ona shahrim
Agar tirik qaytolmasam Samarqandga men
Shu shaharga ko’mulgusi tanim har holda
Nahot o’z o’g’lini chetda qo’ysa Samarqand
Nahot 40 yillik mehnatimning evaziga men
O’z shahrimdan 2 gazlik yer ololmasam
40 yil bo’ldi koinotning kitobin o’qib
Marifatning dargohiga qo’ydim ixlosim
Ey odamiyzot ibrat olgin yulduzlardan sen
Ko’taril yuksal so’qir baxtdan ko’rar ko’zi
Baxtsizlik Afzal.
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko‘zni muddao Uvaysiyman,
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»
Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman


Download 37.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling