Chorshanbiyev otajonning


O‘zbekistondagi asosiy elektr stansiyalar va elektr uzatkich liniyalari


Download 1.57 Mb.
bet5/13
Sana05.04.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1273475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Otajon uzb kurs ishi

O‘zbekistondagi asosiy elektr stansiyalar va elektr uzatkich liniyalari.
Agar yoqilg‘ini tashib kelish xarajati elektr energiyani uzatish xarajatidan ortiq bo‘lsa, elektr stansiyani yoqilg‘i manbayiga yaqin joyda qurish, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni iste’molchiga yaqin joyda qurish foydalidir Elektr energiyani uzatish masofasi fan-texnika rivojlanishi bilan yil sayin uzayib bormoqda.
Elektr energiyaning simlar orqali uzatilishi uning afzalliklaridan biridir. Iqtisodiyotning hamma jabhalarida elektr energiyadan foydalanilishi elektr energiyaning ikkinchi muhim afzalligidir. Mahalliy yoqilg‘idan keng foydalanish mumkinligi uchinchi afzallik va nihoyat elektr energiyani qudratli elektr stansiyalarda ishlab chiqarish imkoniyati to‘rtinchi afzallikdir.
Angren va Yangi Angren IESlarini ko‘mir koni yaqinida joylashtirilganligi nimani anglatadi? Elektr energiya juda ko‘p iste’- mol qilinadigan joylarda elektr stansiyalar boshqa joylardan keltiriladigan yoqilg‘iga mo‘ljallab quriladi. IESlarning juda ulkanlari boshqa viloyatlarni ham elektr bilan ta’minlaydi. Birgina Sirdaryo IESning o‘zi yiliga 13 mlrd kW soat elektr energiya beradi. Istiqlol yillarida Qashqa daryo viloyatida quvvati 3,2 mln kW bo‘lgan Tali marjon IESining 800 MWli birinchi blokining ishga tushirilishi tizimdagi ulkan loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi. Ko‘pchilik IESlar elektr ener giya bilan bir vaqtda issiqlik ener giyasi ham ishlab chiqaradi. Bir vaqtda issiqlik ener giyasi ham ishlab chiqaradigan elektr stansiya issiqlik elektr markazi (IEM) deb ataladi.
Ularda elektr energiya ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘l gan issiq suvdan issiqxonalarni, binolarni isitishda va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalaniladi. Lekin issiq suv 20 km dan olis masofada sovib qoladi. Shu sababli IEMlar yirik korxonalar yaqinida va yirik shaharlardagina quriladi. O‘zbekistonda Farg‘ona, Muborak va Toshkent IEMlari mavjud. Gidroelektrostansiyalar (GES)da ener giya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga asoslanadi.
GESlar ishlab chiqargan elektr energiyaning tannarxi arzon bo‘ladi (quvvati teng bo‘lgan IESlardagidan 4 barobar arzon). Tog‘ daryolariga qurilgan GESlarda eng arzon elektr energiya ishlab chiqa rilmoqda. O‘zbekistonda suv quvvati man ba larining mavjudligi va ayni vaqtda issiqlik elektr stansiyasida ishlatishga yoqilg‘i bo‘lmaganidan dastlab, asosan, GESlar qurilgan. Mamlakatimizda birinchi GES 1926-yili Bo‘zsuv kanalida qurildi.
Keyinchalik qurilgan Xishrav, Tuyamo‘yin, Farhod, Xo‘jakent GESlari mamlakat sanoatining rivojlanishida mu him ahamiyat kasb etgan. O‘zbe kiston da GES qurish bilan bir yo‘la elektr energiya ishlab chiqarish, yerlarni su g‘orish, xo‘jaliklarni suv bilan ta’ minlash, baliqchilikni rivojlan tirish imko niyatlari yaraladi. Tezoqar daryolarda GESlarni bir-biriga yaqin qurish mumkin. Natijada Chirchiq – Bo‘zsuv energetika in shootidagi singari GESlar kaskadi (pog‘onasi) shakllanadi. Bu kaskad GESlar soniga (19 ta) ko‘ra jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi (4-rasm). O‘zbekistondagi issiqlik elektrostansiyalar va gidroelektrostansiyalarning umumiy soni 37 ta bo‘lib, umumiy quvvati 11,2 mln kW dan ortadi. Elektr stansiyalarda yiliga 50–53 mlrd kW soat atrofi da elektr energiya hosil qilinmoqda.
4-Rasm



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling