Jahon energetikasi xaritasi.
Energetika xalq xoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiklik energetikasiga ajraladi. Gidroenergetika— energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr styalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq.
Issiqlik energetikasi — Energetikaning issiqlikni issiqlik dvigatellari va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik energetikasida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr stansiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) hisoblanadi. Yirik DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqtik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi.
2-Rasm
Qayta tiklanuvchi energiyaning 2018-yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi.
Keltirilgan raqamlarga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiyaning barcha turlaridan geotermal energiya eng past narxga ega. Undan keyingi o‘rinni axlat va chiqindi uyumidan olingan gazni yoqish natijasida hosil bo‘lgan energiya egallaydi. Aslida ular an’anaviy energiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashishlari mumkin, ammo ular uchun joriy etilgan cheklovlar ushbu loyihalarni keng miqyosda amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |