Chorshanbiyev otajonning


Republika elektr energiyasining ishlab chiqaruvchi stansiyalar ulishi


Download 1.57 Mb.
bet11/13
Sana05.04.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1273475
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Otajon uzb kurs ishi

Republika elektr energiyasining ishlab chiqaruvchi stansiyalar ulishi
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 57 070,7 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4926,2 mln. kVt soatga oshgan holda, o‘sish sur'ati 109,4 foizni tashkil etgan.
Ma'lumot o‘rnida lektr energiya ishlab chiqarish 2021- yilning:
• yanvar oyida 6 427,7 kVt soat (o‘sish sur'ati 106,0 foiz);
• yanvar-fevral oylarida 11 951,4 kVt soat (104,3 foiz);
• yanvar-mart oylarida 17 987,4 kVt soat (106,1 foiz);
• yanvar-aprel oylarida 23 528,4 kVt soat (108,5 foiz);
• yanvar-may oylarida 28 809,1 kVt soat (109,0 foiz) ;
• yanvar-iyun oylarida 34 318,6 kVt soat (109,1 foiz);
• yanvar-iyul oylarida 40 340,0 kVt soat (109,2 foiz);
• yanvar-avgust oylarida 46 030,9 kVt soat (109,0 foiz);
• yanvar-sentabr oylarida 51 558,4 kVt soat (110,1 foiz)ni tashkil etdi.
6-Rasm

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmi
Diagrammadan shuni ko`rish mumkunki Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Toshkent viloyati 23,1 %, Sirdaryo viloyati 22,2 %, Qashqadaryo viloyati 19,0 % hamda Navoiy viloyati 16,1 % ulushga ega.


5. O‘ZBEKISTONDA MUQOBIL ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
O`zbekiston energetikasida ko`p ijobiy va samarali har tomonlama manfaatdor ishlarni amalga oshirsa bo`ladi, masalan qish oylarida Qirg`iziston va Tojikistondan elektr energiya sotib olishi kerak va aksincha yoz oylarida ularga sotish kerak, – deydi Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a`zosi, “Buyuk kelajak” ekspert kengashi a`zosi Ravshan Xo`janov. – Yaqin tarixdan eslayman, bu qo`shnilarimiz bilan doimo suv muammosi bo`lib kelgan edi.
Ular suvni elektr energiyaga barter qilishni xohlashardi. Qish davomida daryolar to`lib- toshib oqardi, bahorda bizga suv kerak bo`lgan paytda yopib qo`yishardi. Hozirgi hukumatimiz bu qo`shnilar bilan yaxshi aloqalar o„rnatib, barcha muammolarni ikki taraflama manfaatli ijobiy yechib, xalqlar manfaati uchun xizmat qiladigan ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
O`zaro manfaatli hamkorlik mintaqadagi barcha energetika sohasini rivojlantirishga yordam beradi. Mutaxassis olimlarning hisoblari bo`yicha, sayyoramizning shamol energiya potensiali jahonda hozir ishlatilayotgan elektr energiya hajmiga nisbatan 30 marotaba katta.
Bu yer yuzasiga yaqin havo qatlamidagi, ya`ni 100 metr balandlikkacha shamol energiyasining imkoniyati hisoblanadi. 100 metr va undan balandda shamol tezligi kuchli va undagi energiya beradigan shamol quvvatining imkoniyati yanada katta.
O`zbekiston ham shamol resurslariga boy hududlardan hisoblanadi. Mutaxassislarning hisobi bo`yicha respublikamizda yer yuzasiga yaqin havoda (10 metr balandlikda) esadigan shamolning elektr energiya beradigan quvvati hozir mamlakatimizda bir yilda ishlab chiqilayotgan elektr energiyaning 25 foizini tashkil qiladi. Agarda 100 metr balandlikkacha shamoldan elektr energiya olinsa, hozirgi jami ishlatilayotgan elektr energiyaga nisbatan kattaroq miqdorda elektr energiya olish mumkin.
O`zbekistonning shamol resurslari xaritasi Bitta oilani eng zarur elektr energiya bilan ta`minlash uchun (yoritish, televizor, muzlatgich, telefon zaryadkasi) o`rtacha 1 kVt/soat elektr energiya sarflanishi hisoblab chiqilgan. O`zbekistonning Shamol resurslarining energiya imkoniyatlarini, tarqalishini va quvvatini o`rganish bo`yicha Germaniyaning Geo-Net va Intec Sora kompaniyalari “O`zbek-energo” AJ bilan hamkorlikda tadqiqot ishlari olib borishdi va Geo-Net kompaniyasi tomonidan O`zbekistonning shamol resurslari xaritasi tuzildi.
Xarita yer yuzasidan 84 metr balandlikdagi ma`lumotlarga asoslanadi. Ushbu xaritadagi ma`lumotlar bo`yicha shamol tezligi 5,0 m/sek dan 6,5 m/sek va undan katta bo`lgan hududlar mamlakatimiz umumiy maydonining 70-75 foizini, shamol tezligi 3,0 m/sek dan 5,0 m/sek gacha bo„lgan hududlar 20-25 foizni va shamol tezligi 2,5 m/sek dan kam bo`lgan hududlar 5 foizga yaqin hududlarni egallaydi. Ushbu raqamlar respublikaning 95 foiz hududida shamol energiyasidan foydalanish mumkinligini bildiradi.
Mamlakat qonunchiligiga ko`ra, muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari berilgan. Ya`ni,uy-joylarda amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan to`liq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy shaxslarni mol-mulk solig`i va yer solig`idan ozod qilish.
Ko`rinishidagi imtiyoz mavjud. Imtiyoz muqobil energiya manbalari o`rnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga taqdim etiladi. Energiya ta`minoti tashkilotlarining tegishli ma`lumotnomasi imtiyozni qo`llash uchun asos hisoblanadi.
BAAning «Masdar» kompaniyasi Zarafshonda shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. 2024 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur stansiya 1,5 mln xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.
Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. Mazkur stansiya Navoiy viloyatining Zarafshon tumanida joylashadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
«Masdar» kompaniyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o‘rtasida qurilayotgan elektr stansiyasining loyihaviy quvvatini 500 MVtdan 1,5 GVtgacha oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ma’lumotga ko‘ra, loyiha quvvatining 1,5 GVtga oshirilishi kelgusida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan shamol elektr energiyasi miqdorini 3 GVtga yetkazish va muqobil energiya manbalarining mamlakat umumiy energiya balansidagi ulushini 26 foizga yetkazish maqsadlariga erishishga imkon beradi.
500 MVt quvvatga ega loyiha 500 mingta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 mln tonnaga kamaytirishni ta’minlab berishi ko‘zda tutilgan edi. Endilikda bu raqamlar mos ravishda 1,5 mln xonadonga ko‘payib, karbonat angidrid chiqindilari 3,3 mln tonnaga qisqartiriladi, deyiladi xabarda. «Masdar» Abu-Dabi Hukumatining «Mubadala Investment Company» investitsiyaviy xolding sho‘ba kompaniyasi va dunyoning qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchi yetakchi xalqaro kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan 4000 MVtdan ko‘proq elektr energiyani ishlab chiqarish uchun o‘rnatilgan uskunalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda «Masdar» 30 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatadi.
Nukus shamol elektr stansiyasi loyihasi Oʻzbekistondagi birinchi shamol energetikasi loyihasi boʻlib, uning investori ochiq tender natijalariga koʻra tanlangan “ACWA Power” kompaniyasi bir kVt.soat elektr energiyasi uchun 2,5695 sent tarifini taklif qilib, tenderda gʻolib chiqdi. Loyihani amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MCHJ kompaniyasi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzoladi. Shuningdek, “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MCHJ va “ACWA Power” kompaniyalari Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimni (GSA) imzoladilar.
Hujjatlarni imzolash marosimida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vakillari ishtirok etdi.
Nukusdagi shamol elektr stansiyasi Oʻzbekistondagi toʻrtinchi “ACWA Power” loyihasidir. Kompaniya, xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Sirdaryo viloyatida ikkita bugʻ-gaz qurilmasiga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirishda hamkor hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ushbu SHES loyihasi Oʻzbekiston hukumatining mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda quvvatini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 2026-yilga borib quyosh va shamol energiyasining umumiy quvvati 8 GVtni tashkil etishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan tub o‘zgarishlar amalga oshirilyapti. Respublikaning turli hududlarida erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, klasterlar tashkil etilyapti. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Xavfsiz shahar” kabi strategik dasturlar asosida shaharu qishloqlarda ulkan bunyodkorliklar qilinmoqdaki, ularning qiyofasi mutlaqo yangilanmoqda. Shunga yarasha turizm ham taraqqiy topmoqda. O‘z navbatida, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash masalasiga har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq e'tibor qaratilayotir.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida kuzatilayotgan bu kabi shiddatli rivojlanish sur'atlari, eng avvalo, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning ham o‘sishiga olib kelmoqda.
Masalan, 2000-yilda bir nafar maishiy foydalanuvchi bir oyda 114 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgan bo‘lsa, 2018 -yilga kelib bu ko‘rsatkich 57 foiz ko‘payib, 200 kVt/soatga yetdi. Ayni chog‘da joriy yilda respublika bo‘yicha elektr energiyasidan umumfoydalanishda aholi ulushi 26,5 foizga yetdi. Vaholonki, 1990 yilda bu miqdor 13,9 foiz edi. O‘rtadagi farqlarga e'tibor berayapsizmi!?
Boz ustiga, prognozlarga ko‘ra, 2020 yilga kelib mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2018 yilga qaraganda 1,7 foiz, jumladan, aholi ehtiyoji 1,5 barobar o‘sadi.Xo‘sh, elektr quvvatiga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojni to‘laqonli qondirish, sanoat foydalanuvchilari uchun elektr yetkazib berishni sifatli ta'minlash, rejadan tashqari o‘chirishlar (qurilmalarning favqulodda ishdan chiqib qolish holatlari)ning oldini olish uchun nimalar qilinmoqda yoki qilinadi? Mazkur o‘ta dolzarb masala yechimiga mas'ul “O‘zbekenergo” AJdan ma'lum qilinishicha, bu borada hozirda barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda va ular istiqbolda ham davom ettiriladi.Ushbu masalaga nima uchun kompleks yondashish zarurati tug‘ildi? To‘g‘risini aytish kerak, bunday zarurat vujudga kelganiga ancha vaqt bo‘ldi. Nega?
Keling, mavzuga raqamlar va faktlar, og‘riqli manzaralar orqali chuqurroq kirib boramiz. Respublikamizdagi elektr energiyasining 90 foizi issiqlik elektrostansiyalarida (TES) ishlab chiqariladi. Biroq amaldagi TESlarning asosiy qismi, ya'ni 84 foizi bundan 50 yil oldin (!) foydalanishga topshirilgan. Almisoqdan qolgan bunday qurilmalar, tabiiyki, zamon talablariga mutlaqo javob bermaydi. Boisi ularning nihoyatda eskirib ketgani elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini kamaytirib yuborib, taqchillikni keltirib chiqarmoqda, qolaversa, foydalanilayotgan yoqilg‘ining katta miqdorda sarflanishiga sabab bo‘layotir. Oqibatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxi ham oshib ketayapti. Bulardan oddiy iste'molchining deyarli xabari yo‘q. Ular uchun uyda chiroq yonib turishi muhim, u qanday yaratilayotgani, nima hisobiga yetkazib berilayotgani esa ko‘pchilikni qiziqtirmaydi ham. Lekin soliq to‘lovchi yuqoridagi va quyidagi ma'lumotlarni o‘qib, o‘zi uchun oqilona xulosa chiqarib olsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda yurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari uzunligi 254,8 ming kilometrga teng. Shundan 218,4 ming kilometri 0,4-10 kV.li kuchlanishga ega past voltli taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 foizining ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan. Taqsimlash tarmoqlarining juda eskirib ketgani esa elektr energiyasining sezilarli darajada yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Ya'ni ayni paytda issiqlik elektrostansiyalaridan elektr energiyasi tarmoqlariga chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 20 foizi yo‘qotilayapti. Bir ko‘z o‘ngingizga keltiring: biz uchun ishlab chiqarilayotgan yorug‘lik va issiqlik manbaining beshdan bir qismi havoga uchib ketmoqda, uvol bo‘layapti.
Aynan mana shunday kamchiliklarni bartaraf etish, nuqsonlarni yo‘qotish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda, iste'molchilarning elektr ta'minoti ishonchliligi va sifatini ta'minlab qo‘yish darkor. Albatta, bunda kelajakda elektr quvvatiga bo‘lgan talabning oshib borishi ham inobatga olinish shart.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling