Chortoq pedagogika kolleji


Download 1.46 Mb.
bet73/135
Sana24.10.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1718022
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135
Bog'liq
Chortoq pedagogika kolleji

12-Mavzu: “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturining ta’lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish
Reja:
1.“Ilk qadam” o’quv dasturini mazmuni
2.MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
3.“Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining maqsad va vazifalari

Ilk qadam” o’quv dasturini mazmuni

Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy huquqiy hijjat, bo’lib unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oylari maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o’tishdagi asosiy kompetensiyalarni belgilab bergan.


O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ( davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo’lib xizmat qiadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
Davlat maktabgacha ta’lim ta’lim muassasalari
Maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari
Maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan “Mehribonlik” bolalar uylari
Maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida-ushbu davlat o’quv dasturini qo’llash majburiydir.
Davlat o’quv dasturi VII bobdan iborat bo’lib, I bobda MTM davlat o’quv dasturni qo’llash va Mtmning maqsd va vaifalari aks ettirilgan.
Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tastiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o’quv dasturida MTMning quyidagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan:
Bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun qulay shart sharoitlar yaratish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’qu tarbiyaviy faoliytini tashkil qilish va amalga oshirish;
Bolalarning ilk rivojlanish masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
Bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish;
“Ilk qadam” dastur nomining falsafiy mazmuni-bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go’zallik, yaxshilik, samimiylik-milliy va umuminsoniy qadryatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.
Dastur mazmuni-ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san’atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqat qilish kabilardan tashkil topgan.
“Ilk qadam” dasturiga binoan maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlaridagi “Til va nutq”, “Ilm fan va tabiat”, “Qurish yasash, konstruksiyalash+matematika”, “San’at”, “Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish” faollik markazlari, bolalarni diologik va monologik nutqini rivojlantirishga jamoa bo’lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san’at va madaniyatga qiziqish, ijodiy yondashish kabilarga qaratilgan.
Bu boradagi kuzatishlar va ularning tahlili, kattalar yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqashga va asosli ba’zi takliflar kiritishga bizga imkon beradi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling