Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi


Asalarichilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Download 119.15 Kb.
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.15 Kb.
#1516875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2

Asalarichilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

O’zbekistonda chorvachilikning yaqindan taraqqiy etib kelayotgan tarmoqlaridan biri asalarichilik - qishloq xo’jaligining ham muhim tarmog’i hisoblanadi. Asalarichilik mamlakatimizning barcha xo’jaliklarida muvaffaqiyatli rivojlantirilmoqda.


Asalarining asosiy mahsuloti – asal, shifobaxshlik va parhyezlik xususiyatidan tashqari juda shirin ma’zaga ham ega. Asalarichilikning boshqa yana bir muxim mahsulotlaridan, biri ona ari suti, propolis, asalari zaxari, gulchangi, mum keng miqyosda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, ya’ni tibbiyotda, kimyoda, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi.
Qishloq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida asalarichilikning asosiy maqsadi tovar asal ishlab chiqarish hisoblanadi. Asalari mahsulotlarida ko’p miqdorda to’yimli moddalar bo’lib, uning va shifobaxshlik xususiyatlar mavjud. U ko’pgina teri kasalliklarini davolashda, iste’mol qilinganda organizmning himoya kuchini oshirishda, endokrin bezlarining ishini mo’tadillashtirishda, yurak qon sistemasining faoliyatini to’g’ri saqlashydai katta yordam beradi. Asalni doimiy ravishda iste’mol qilib turilsa uyquni yaxshilab, ishtaxani ochadi, qon bosimini o’nglaydi. Sifatsiz asal foyda o’rniga organizmga zarar keltirshi mumkin, inson organizmini zaxarlab ovqat hazm qilishni buzadi va hokazo. Asalning shifobaxshlik xususiyati uning kelib chiqishiga, olish texnologiyasiga, qayta ishlash, saqlash sharoitiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatib, xalq xo’jaligiga bebaho foyda keltiradi. Asalarilar qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatish natijasida olingan hosildan keluvchi foyda, uning barcha boshqa mahsulotlaridan olinadigan foydadan 10-17 marta ortiq ekanligi dunyo olimlari tomonidan isbotlab berilgan. Yaylov va butazorlardagi dukkakli o’simliklarni changlatib, uning hosildorligini oshirib chorvachilikning rivojalanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oliy malakali, chuqur va mustaxkam bilimli mutaxassislargina asalarichilik sohasini yaxshi olib borishlari mumkin.
Asalarilarning changlatishdagi ahamiyati azaldan ma’lum. O’simliklarning changlanish masalasi bilan ko’pgina olimlar shug’ullanishgan. Ular asalarilar poliz ekinlari va mevali daraxtlarni changlatishda qatnashib, ularning hosildorligini 4-5 marta oshirganligini isbotlaganlar. Asalarilar yordamida va boshqa kompleks tadbirlarni qo’llab, hosilni oshirish masalasiga mamlakatning barcha viloyatlarida ham ahamiyat berilmoqda. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra o’simliklarni asalarilar yordamida changlatish beda hosilini 180-250% gacha, kungaboqarni 40-50% gacha, qora bug’doyni 1,5 marta, karam, sholg’om, piyozni 30-40% gacha, zig’irni 27% gacha va paxta hosildorligini 2,0-2,5 s.ga oshiradi.



Download 119.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling