Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi
Baliqchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Download 119.15 Kb.
|
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Baliqchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Baliq va baliq mahsulotlari inson organizmi uchun juda kerakli va uning taomnomasida muhim o’rinni egallaydigan parhyez ovqat turlaridan biridir. Ma’lumki, baliq go’shti inson organizmida tez hazm bo’lishi bilan boshqa hayvonlar go’shtlaridan farq qiladi. Xolbuki, uning tarkibidagi barcha to’yimli moddalar boshqa go’shtlardagidan kam emas. Baliq go’shti “D” vitaminiga boy va u inson organizmida Sa va R almashinuvini me’yorda saqlab turishga yordam qiladi. Shuningdek, yosh bolalarga va hatto kech kuz hamda qish oylarida bir joyda turib boqiladigan hayvonlarning raxit kasalga chalinishining oldini oladi va shu kasalga chalinganlarini davolashda katta ahamiyatga ega. Bundan inson ovqatlanishi uchun yaroqsiz bo’lgan baliqlar va baliqlarni qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan tayyorlangan baliq uni qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandalarining ozuqa rasionini turli oqsil va vitaminlarga boyituvchi qimmatli qo’shimcha hisoblanadi. Respublikamiz hududida karp, oq amur, do’ng peshona, karas va ilonbosh kabi iliq haroratga moil baliq zotlari urchitiladi. Ularning asosiy qismini karp zotli baliqlar tashkil qiladi. Bu zotli baliq juda ham serurug’ bo’lib, 4-5 yoshli tirik vazni 5-8 kg. Keladigan urg’ochilari suvning harorati 17-180 S ga yetganda birdaniga o’rtacha 700-800 ming, eng sifatlilari esa 1,5 mln.gacha ikra qo’ya oladi. Bu zotli baliqlarning o’sish imkoniyatlari juda yuqori bo’lib, 18-20 oyligida tirik vazni 1-1,5 kg. 28-32 oyligida esa 2,5-4 kg.gacha yetishi mumkin. Shu zotga mansub baliqlar urchiydigan hovuzlarning tabiiy baliq mahsuldorligi 1,2-2 sentnerga teng bo’lib, baliq mahsulotlari yetishtirishni jadal usulda amalga oshirilganda har gektar suv havzasidan 25-30 sentnergacha baliq yetishtirish mumkin. Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari Bozor iqtisodiyotigacha bo’lgan davrlarda baliq yetishtirish, uni sotish masalalari ancha takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Muximi bu tarmoqni tarmoq sifatida tan olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmas edi. Hozirda alohida baliqchilik xo’jaliklarining tashkil etilishi, ularning yetarli darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi o’z navbatida ularga pirovard natijaga erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlarini taqozo qiladi. Kelajakda ko’proq, sifatliroq va arzonroq baliqchilik mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur: I.Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish bo’yicha: 1.Qishloq xo’jaligi ekinlari maqsadlarida ishlatilmaydigan sho’rxok yerlarda kichik baliqchilik fermer xo’jaliklari tashkil etish; 2.Har bir tumanda fermer xo’jaliklarini tizimli ravishda mayda baliq chavoqlari bilan ta’minlaydigan inkubasion – reproduktor xo’jaliklarini tashkil etish; 3.Baliqchilik fermer xo’jaliklarini O’zdonmaxsulot korxonalari va Chinoz maxsus baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilgan omuxta yem bilan uzluksiz ta’minlash; 4.Tumanlardagi shiyponlarda mavjud hovuzlarda kanal va kollektorlar relyefini inobatga olgan holda suv kirib chiqishini ta’minlab beruvchi basseynlarda intensiv baliq yetishtirish texnologiyasini joriy etish; 5.Tuman hokimliklari va hududiy havza boshqarmalari sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi korxonalarini 2012 yilda zarur hajmdagi suv bilan kafolatli ta’minlash bo’yicha ishlarini aniq belgilab olishlari. II.Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash va ularni baliqlantirish masalalari bo’yicha: 1.Baliqchilik sohasida foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy suv havzalarini qayta inventarizasiya qilish va ko’llardagi baliq zaxiralaridan oqilona foydalanishni tashkil etish; 2.Viloyat va tuman miqyosida tabiiy suv havzalarda ishlatilmay turgan bo’sh maydonlarni ijaraga berishni tashkillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi; 3.Tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara to’lovlarini o’z vaqtida to’lashni ta’minlash; 4.Tabiiy suv havzalarini baliqlantirishni suv havzalari yaqinida markazlashtirilgan tarzda tashkil etishni yo’lga qo’yish; 5.Tuman hududlarida noqonuniy –brakonyerlik bilan shug’ullanyotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qo’llash; 6.Aholi bandligini ta’minlash uchun tabiiy ko’llarda sun’iy qafaslarda baliq yetishtirish texnologiyasi joriy etish bo’yicha xorijiy va maxalliy investorlar mablag’larini jalb etish. 7.Baliq mahsulotlarini qayta ishlash va baliq mahsulotlarini tuman bozorlarida uzluksiz sotishni tashkil etish va mavsumiy bank kreditlari ajratish bo’yicha: 8.Tuman markaziy bozorlarida maxsus baliq sotish shoxobchalarini va tirik baliq sotishga mo’ljallangan baliq akvariumlarini qurish va ularda ularda muntazam ravishda baliq sotishni tashkil etish; 9.Tirik baliqlarni yarim tayyor mahsulot holida qayta ishlaydigan kichik korxonalarni qurish va ularni maxsus uskunalar, muzlatgich, sovutgichlar bilan jixozlashni tashkil etish; 10.Tuman hududidagi ovqatlanish korxonalarida baliq taomlarini menyularda doimiy bo’lishini va baliq taomlari xilma-xilligini ta’minlash. 11.Baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, moddiy-texnika bazasini yangilash, yangi texnologiyalar olib kirish, qayta ishlashni tashkil etish uchun baliqchilik xo’jaliklariga bank kreditlari berilishi ustidan nazoratni o’rnatish. Baliqchilik sohasiga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish vazifalari: 1.Hozirgi kunda baliqchilik bo’yicha yagona qonun qabul qilish zarurati yuzaga kelgan. 2.Qabul qilinadigan qonun: 3.Cun’iy baliqchilik ho’jaliklarida baliq yetishtirish, hovuz va yer fondidan maqsadli foydalanish; 4.Tabiiy suv havzalaridagi baliq zahiralaridan samarali va oqilona ovlashni tashkil qilish hamda baliq zahiralarini ko’paytirish choralarini kuchaytirish va ovlovchi korxonalarning konuniy javobgarligini oshirish; 5.Baliq mahsulotlarini sotishni tartibga olish va iste’molchilar huquqini himoya qilish; 6.Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni soliq va bojxona imtiyozlarini yaratish masalalarini o’z ichiga olishi zarur. Download 119.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling