Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi


Asalarichilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari


Download 119.15 Kb.
bet18/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.15 Kb.
#1516875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2

Asalarichilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Mustaqillikning dastlabki yillarida asal yetishtirish, uni sotish masalalari ancha takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Shuning uchun ham bu tarmoqni tarmoq sifatida tan olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlash masalasi faqat xususiy asal yetishtiruvchilar e’tiborida edi. Mustaqillikning keyingi o’n yilliklarida asalarichilik xo’jaliklarining tashkil etilishi sari tashlangan qadam, ularga yetarli darajada yer-suv, moddiy, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishni o’z navbatida ularga pirovard natijaga erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlari kerakligini taqozo qiladi.
Kelajakda ko’proq, sifatliroq va arzonroq asal mahsulotlarini yetishtirish hamda sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur hisoblanadi:
Naslchilik ishlarini olib borishdagi asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
1.Asalarilarni zotiga qarab rayonlashtirish;
2.Asalarilarning yaxshi asal yig’ishini ta’minlash uchun arixonalarni muntazam ko’chirib turish;
3.Asalari oilalarini asrash va parvarish qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish;
4.Asalari oilalarining rivojlanishidagi individuallikni saqlab qolish, boshqa asalari oilalari hisobiga asal to’plashi yoki begona asalarilarning uchib kelish hamda o’z oilasini tashlab uchib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
5.Asalarichilik xo’jaligida naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish, maxsus jurnal yurgizib, unda asalari oilasining kelib chiqishi, ularning holati va xo’jalikka foydali muhim belgilarini baholaydigan hamma ma’lumotlarni yozib borish;
6.Ko’p miqdorda asalarilar oilasi ichida tanlash va saralash ishlarini olib borish. Asalarichilikda asalari oilasini tanlashning asosiy mazmuni asal mahsuldorligidir. Uni ko’paytirish esa naslchilik ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.


Nazorat uchun savollar

1.Chorvachilikning axamiyati, asosiy tarmoqlari qaysilar?


2.Qoramolchilikning ahamiyati, rivojlanishi darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
3.Qo’ychilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
4.Parrandachilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
5.Pillachilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
6.Baliqchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
7.Asalarichilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?
8.Chorvachilikda rentabellikka ta’sir qiluvchi omillar qaysilar?


1 Б.Ходиев, А.Бекмуродов, У.Ғофуров, Ўзбекистон Республикаси Президенти и.каримовнинг «Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир» ва «Aсoсий вaзифaмиз – вaтaнимиз тaрaққиёти вa xaлқимиз фaрoвoнлигини янaдa юксaлтиришдир» номли маърузaларини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма, Т.: Иқтисодиёт, 2010, 64 б.


Download 119.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling