Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi


Chorvachilikda xujalik yuritish tizimi. Podani takror ishlab chiqarish va poda xarakati


Download 119.15 Kb.
bet2/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.15 Kb.
#1516875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2

4.2.2.Chorvachilikda xujalik yuritish tizimi. Podani takror ishlab chiqarish va poda xarakati.
Chorvachilik tizimi deyilganda chorva mollari sonini o’stirish va tarkibini yaxshilash, maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarni kamaytirish, umuman, chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni ta’minlaydigan tashkiliy-iqtisodiy, texnologik va texnikaviy tadbirlar yig’indisi tushuniladi (10-chizma).


10-chizma. Chorvachilik tizimining asosiy elementlari


Chorvachilikni yuritish tizimlari podani takror ishlab chiqarish, chorva mollarini qish va yoz paytlarida asrash va boqish usullari, yem-xashak yetishtirish manbalari, tarmoqning intensivligi, bir bosh chorva moli va 1 gektar yem-xashak maydoniga qilinadigan mehnat va mablag’ xarajatlari darajasi hamda 1 gektar yer maydoni hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdori bilan farqlanadi.


Chorvachilik tizimining tashkiliy-iqtisodiy elementlari tarmoqni oqilona ixtisoslashtirish va tashkiliy tuzilishini belgilash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va unga haq to’lash, norma va normativlardan unumli foydalanish kabi tadbirlar majmuasini ifodalaydi. Tizimni to’g’ri rejalashtirish va boshqarish, ishchi-xodimlar mehnatini to’g’ri tashkil etish va mehnatga haq to’lashning ilg’or usullarini joriy etish, moddiy rag’batlantirish tizimidan unumli foydalanish, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish tarmoqning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda va rivojlanish sur’atlarini o’stirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Texnologik omillar chorvachilik tizimining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, uning tarkibiga quyidagi tadbirlar kiradi:

  • podani takror ishlab chiqarish tizimi – kengaytirilgan tarkor ishlab chiqarish hajmini ta’minlash maqsadida poda tarkibini yaxshilash, chorva mollaridan unumli foydalanish muddatlarini optimallashtirish, mahsuldor sigirlarning qisir qolishi va hisobdan chiqarilishi nisbatlarini kamaytirish, birinchi qochirishda ularning yoshini to’g’ri tanlash va mahsuldorligini oshirish tadbirlari yig’indisidan tashkil topadi.


  • Download 119.15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling