Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi
Chorva turlarining biologik xususiyatlari
Download 119.15 Kb.
|
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2
Chorva turlarining biologik xususiyatlari
Poda tarkibi deganda ayrim jins va yoshdagi mollar guruhlarining ma’lum muddatlarda umumiy podadagi salmog’i tushuniladi. Mahsulot yetishtirishda ona mollar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lganligi uchun poda strukturasi shu mollar salmog’iga ko’ra belgilanadi. Masalan, yirik shaharlar va sanoat markazlari yaqinda joylashgan sutchilik xo’jaliklarida podada sigirlarning salmog’i 60-70 foizni, sut-go’shtchilik xo’jaliklarida 45-50 foizni, go’shtchilik xo’jaliklarida 30-35 foizni tashkil qiladi. Poda aylanmasi – bu, mollarni ishlab chiqarish va xo’jalik ixtisosiga ko’ra ular bosh sonining yosh va jins guruhlari bo’yicha ma’lum muddat davomida o’zgarib turishidir. Poda aylanmasi rejasi turli tarmoqlarining xususiyatiga ko’ra turli xo’jalik muddatlariga – kalnedar yiliga, yaylov va og’ilxona davriga, chorak (kvartal) va oyga tuzilishi mumkin. Masalan, qoramolchilikda chorva mollarining yoshi va jinsi bo’yicha harakatini to’la hisobga olish va aks ettirish uchun poda aylanmasini yillik va choraklar bo’yicha tuzish kifoya. Sigirlar guruhiga o’tgan g’unajinlar o’rni bir yoshdan katta bo’lgan buzoqlar hisobiga to’ldiriladi. Talab qilinadigan g’unajinlar soni sigirlarni brakka chiqarish salmog’iga va ular bosh sonini o’stirish sur’atiga qarab poda strukturasi belgilanadi. Poda aylanmasi kirim qismining «buzoq olish» qotorida mollarni qochirish va buzoq olish rejasiga ko’ra rejalashtiriladigan yilda sigirlar, g’unajinlar va buzoqlardan olinadigan buzoqlar ko’rsatiladi. Bir yoshdan katta novvoslar hisobidan urchitishga qo’yiladigan buzoqlarning brakka chiqariladiganlari o’rni to’ldiradi. Chorva mollarining boshqa guruhlarida podani yangilash uchun qoldiriladigan mollardan tashqari mollar podadan chiqariladi. Podada sigirlar salmog’i 40% bo’lganda qoramollarni boshqa yosh va jins guruhlari quyidagicha bo’lishi kerak: g’unajinlar - 5% yoshdan katta buzoqlar - 8% yoshgacha buzoqlar - 19,6% yoshdan katta novvoslar - 8% yoshgacha novvoslar - 19,4% Podaning maqsadga muvofiq tarkibi aniqlangandan keyin chorva mollarining yil davomida o’zgarishi rejalashtiriladi. Poda aylanmasi yil boshiga bo’lgan, yil davomidagi kirim - chiqimi va yil oxirida bo’ladigan mollar sonidan iborat bo’ladi. Yil boshida bo’ladigan (hayvonlar) mollar soni inventarizasiya aktidan olinadi. Aylanmaning kirish qismi rejalashtirilgan yilda olingan buzoqlar, kichik guruhdan kirim, sotib olish (novvoschilik xo’jaliklaridan yoki boshqa manbalardan) shu tizimdagi boshqa xo’jalikdan olish kabilardan iborat bo’ladi. Aylanmaning chiqim qismida esa katta guruhlarga o’tkazish, boquvga qo’yish, majburiyatlar va shartnomalarni bajarish uchun go’shtga topshirish, xo’jalik ichida foydalanish uchun so’yish, shu tizimdagi boshqa xo’jaliklarga o’tkazish va tabiiy yo’qotishlardan iborat. Yil oxirida bo’ladigan bosh soni qabul qilingan tarkibiga ko’ra aniqlanadi. Asosiy poda bo’yicha aylanmani o’tkazishda eng avvalo, belgilangan me’yor bo’yicha nechta hayvon podadan chiqib ketishi ko’rsatiladi. Podadan qariligi yoki mahsuldorligini yo’qotganligi uchun chiqariladigan buqa va sigirlar yetarli semizlikda bo’lsa, go’shtga topshiriladi. Agar semizligi yetarli bo’lmasa, ularni semirtirish uchun boqishga qo’yiladi va boquvdagi yirik hayvonlar guruhida ko’rsatiladi va shu guruhga kirim qilinadi. Podadan chiqarilgan buqalar 1 yoshdan katta novvoslar hisobiga to’ldiriladi. Agar ular zotli novvoslar bo’lmasa, sotib olishlar hisobiga to’ldiriladi. Podadan chiqarilgan sigirlar esa, asosan yil boshiga bo’lgan g’unajinlar, bo’g’oz buzoqlar hamda 1 yoshdan katta buzoqlar hisobiga to’ldirilgan holda kirim qilingan. Yil oxirida bo’ladigan g’unajinlar 1 yoshdan katta buzoqlar hisobiga to’ldiriladi. 1 yoshdan katta buzoqlar va novvoslarni podadan chiqarish uchun yil oxiriga qoldirilgandan tashqarisi go’shtga topshiriladi. Xo’jalik ichida foydalaniladi hamda nasl uchun sotilishi mumkin. Sigir va g’unajinlar tuqqandan keyin 2 oy davomida qochiriladi. Tuqqan sigirlarni qochirish uchun podadan rejalashtirilayotgan yili chiqib ketadigan sigirlar qochirish rejasidan chiqariladi va 10 oy sut bergandan keyin boquvga qo’yiladi yoki go’shtga topshiriladi. Download 119.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling