Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi
Chorva mollari mahsuldorligini va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish
Download 119.15 Kb.
|
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2
4.2.3.Chorva mollari mahsuldorligini va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish.
Xo’jalikda sut yetishtirishning kalendar rejasini ishlab chiqish biznes-rejasi hamda chorvachilik brigada va fermerga beriladigan yillik ishlab chiqarish topshiriqlarining asosiy bo’limi hisoblanadi. Oylar va kvartallar bo’yicha sut hajmini aniqlash uchun sigirlarning tuqqan vaqtiga ko’ra rejalashtirilgan yilini kalendar oylarining qaysi sut berish oyida qancha sigir bo’lganligini aniqlash talab qilinadi. Rejalashtirish maqsadlari uchun bir sigir bir yilda necha oy sut berishini aniqlash sigirlarni tuqqandan keyin qachon qochirilganiga bog’liq. Agar sigir tuqqandan so’ng birinchi oyda qochirilsa, u holda sut berish oyi 10 oyga teng bo’ladi. Sigir tuqqandan keyin qancha kech qochirilsa, sut berish oyi shuncha ko’p bo’ladi. Lekin shuni esda tutish kerakki, sigirlarning sut mahsuldorligi birinchi 3 oyda yuqori bo’lib, undan keyin asta-sekin kamaya boradi 10 oyda yillik sutning 20% ni beradi, xolos. Undan so’ng bu daraja yanada kamayib borib, sigir bergan suti bilan unga qilingan xarajatni qoplamaydi, sut yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi kamayadi. Shuning uchun sigirdan 10 oy sut sog’ib olish eng samarali davr hisoblanadi. Bu masalada sigirlar tuqqandan keyin 2 oy mobaynida qochirilishi rejalashtirilgani uchun 10 oy sut sog’ib olish rejalashtirilgan. Sut berish oylarida qancha sigir borligini aniqlash uchun oldingi yilda qochirilgan sigirlar to’g’risida ma’lumotlar va sigirlarni qochirib, buzoq olish rejasidan foydalanamiz. Bunda oyning birinchi yarmida (1-15 kunlari) tuqqan sigirlarni shu oyda, oyning ikkinchi yarmida (16-30 kunlari) tuqqan sigirlardan kelasi oyda sut olishni rejalashtiramiz. Rejalashtirilayotgan yilning har bir kalendar oyida sut berish oylari bo’yicha aniqlangan sigirlar sonini bir sigirning shu oylarda beradigan sutiga ko’paytirish orqali oylar va kvartallar bo’yicha sog’ib olinadigan sut hajmi aniqlanadi. Oylar va kvartallar bo’yicha sut yetishtirish sigirlarning bosh soni bilan bir qatorda ularning mahsuldorligiga ham bog’liqdir. Sigirlarning sut mahsuldorligini aniqlash uchun ularning oldingi 3-5 yildagi mahsuldorlik darajasi asos qilib olinadi. Qoramolchilik bo’yicha yetishtiriladigan go’sht hajmini tug’ilgan buzoqlar vazni, yoshi va podadan chiqarilgan buzoqlarning yil davomida o’sgan vazni hamda boquvdagi katta va yosh buzoqlarni boqish natijasida o’sgan vazni yig’indisidan iborat bo’ladi. Yil davomida yetishtirilgan go’shtning o’stirilgan vaznini quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin: Bunda: O’B - yil davomida yetishtirilgan mahsulot o’stirilgan vazn, BYB-yil boshida bo’lgan mollarning jami vazni, (s), BYO - yil oxirida bo’lgan mollarning jami, vazni (s), BCh - yil davomida jami chiqim qilish mollarning vazni (s), BK- yil davomida tashqaridan podaga kelib tushgan mollarning vazni (s), BNB-yil davomida nobud bo’lgan yirik hayvonlarning vazni (s). Oylar va kvartallar bo’yicha go’sht yetishtirish va sotish yoki joylashtirish rejasini tuzish aylanmasi yirik mollarning yoshi va jinsi bo’yicha yil davomida qanchasi qaysi oyda podadan chiqarilishi, podadagi katta mollarning (sigir va buqalarni) necha kun boquvda bo’lishi aniqlanadi. Chorvachilik to’g’ri tashkil kilingan xo’jaliklarda buzoqlar 2 yoshga yetgan davrida vaznini 300-350 kg, novvoslarni esa 350-400 kg ga yetkazish mumkin. Buning uchun tez o’stirish va semirtirish usullaridan foydalanish talab qilinadi. Podadagi katta sigirlarni go’shtga topshirish va xo’jalikda so’yilishdan oldin boqilishi (semirtirish) kerak. Sigirlar sutdan chiqqandan (10 oy laktasiyasi tugagandan) keyin boquvga qo’yiladi. Yosh mollarni o’stirishni tashkil qilishda quyidagi o’rtacha sutkalik o’sish sur’atlaridan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar korxonaning tabiiy-iqtisodiy sharoitlariga, yirik hayvonlarning zoti, boqish rasioni, darajasi va usuliga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Boquvdagi katta yoshdagi mollarning o’rtacha sutkalik o’sishi 500 grammdan belgilangan. Podada sigirlar salmog’i - 40% bo’lishini ta’minlash uchun rejalashtirilgan yilda tug’ilgan buzoqlarning bir qismini podadan chiqarish va ularni boshqa mollarning go’shtga o’stiruvchi xo’jaliklariga topshirilishi talab qilinadi. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan buzoqlarni go’shtga topshirishda ularning tug’ilgan vaqti o’rtacha sutkalik o’sish va qaysi oyda 300-350 kg ga yetishi aniqlanadi va unga ko’ra go’shtga topshirish oyi belgilanadi. Urchitishdagi buqalar o’zi yetarli og’irlik va semizlikda bo’lganligi uchun ular podadan chiqarilganda (vo’brakovka qilinganda) semirtirishga qo’yishning xojati bo’lmaydi va go’shtga topshirsa bo’laveradi. Download 119.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling