Chorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni
Download 71.5 Kb.
|
CHorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan urni
Qoramolchilik respublika chorvachiligida asosiy o’rinda yetishtirilgan jami go’shtning 74% ini, sutning 99,9 % ini beradi. O’zbekiston iqlim sharoitida sut, sut-go’sht, va go’sht yo’nalishidagi qoramol zotlari boqiladi. Go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik tog’ va tog’ oldi mintaqalarida rivojlangan. Qoramol zotlarini takomillashtirish bo’yicha respublika “Plemelita” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, 6 ta naslchilik zavodi –Andijon viloyatida “Poytug’”, “Savay”, Sirdaryo viloyatida “Yangiobod”, “Malik”, Toshkent viloyatida “Qizil shalola” va “Do’stlik”, 15 ta naslchilik xo’jaligi hamda 180 ta naslchilik fermalarida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qo’ychilik. Respublikada qo’ychilikning qorako’l teri, go’sht-yog’ va jun boqiladigan tarmoqlari rivojlangan. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi bu borada asosiy hududlar hisoblanadi. “Yumshoq oltin” deb nom olgan qorako’l terilariga jahon bozorida talab katta. Respublikada 120 ta qorako’lchilikka ixtisoslashgan xo’jalikning 18 tasi naslchilik zavodlari va 9 tasi naslchilik xo’jaliklaridir. Respublikada go’sht va jun yo’nalishidagi qo’ychilikda dag’al jun va go’sht-yog’ beruvchi hisori va jaydari qo’y zotlari boqiladi. Hisori qo’ylar asosan tog’ va tog’ oldi mintaqalarida- Surxondaryo, Qashqadaryo, va Jizzax viloyatlarida boqiladi. Hisori qo’chqorlarning eng yirik tirik vazni 190 kg gacha yetib, sof 140-150 kg go’sht –yog’ beradi. Jun mahsuldorligi yiliga o’rtacha 1,0-1,2 kg. Hisori zotli qo’ychilik bilan Sariosiyodagi Oxunboboyev nomli va Boysun tumanidagi ”Boysun” davlat naslchilik zavodi, “Surxon” va Bobur nomidagi naslchilik xo’jaligi va 6 ta naslchilik fermalari shug’ullanadi. Respublikada jaydari qo’yning salmog’i jami boshga nisbatan 43%. Bu zotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan boshqa barcha viloyatlarda boqiladi. Qo’chqorlarining o’rtacha tirik vazni 55-60 kg, sovliqlarniki- 45-50 kg. Jun mahsuldorligi yiliga 2,0-2,5 kg. Yarim dag’al jun olinadigan sarajja, Oloy va Tojikiston zotli qo’ylar asosan Farg’ona va Toshkent viloyatlaridagi tog’, tog’ oldi yaylovlarida boqiladi. 8-jadval O’zbekistonda chorva mollarining soni. (ming bosh)
Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling