Chorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni
Yillar Yirik qora mol
Download 71.5 Kb.
|
CHorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan urni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parrandachilik
- Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
- A D A B I Y O T L A R
- 10. www.nur.uz
Yilqichilik. Yilqichilik chorvachilikning tarmog’i bo’lib, uning xalq xo’jaligida ahamiyati ko’p qirralidir. Yilqilar qishloq xo’jaligi va sanoat korxonalarida ishlatiladi. Yilqi go’shti va sutidan sanoat korxonalarida kolbasalar, qazi, shifobaxsh qimiz, uning qonidan dori tayyorlanadi. Go’shtdor va nasldor otlar eksport qilish uchun ham boqiladi. Hozirgi vaqtda respublikamizning tog’li va tog’ bilan tutash rayonlarida yilqi boqiladi. Tuyachilik. Tuya xo’jalikda transport sifatida ishlatiladi va go’sht, jun, sut, beradi. O’zbekistonda tuya cho’llarda boqiladi. Tuya suti yog’li va oqsil moddalarga boy bo’lib, undan qimiz, yog’, sir, brinza ishlab chiqariladi. Tuya pati mayin jun gazlamalar to’qishda ishlatiladi. Parrandachilik. Parrandachilik chorvachilikning serdaromad tarmog’idir. U tuxum, go’sht, qush pati yatkazib beradi. Mamlakatimizda parranda zotlarini yaxshilasi va rivojlantirish, go’sht va tuxum yetishtirishga ko’ra rayonlashtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Pillachilik. Qishloq xo’jaligining qadimiy va istiqbolli tarmoqlaridan biri bo’lgan pillachilik ham mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o’rin tutadi. O’zbekiston jon boshiga pilla yetkazish bo’yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo’yicha beshinchi o’rinda turadi. 9-jadval Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (ming tonna)
Pillachilikning O’zbekiston iqtisodiyotida katta o’rin tutishini e’tiborga olib 1998 yil 30 martda O’zbekiston prezidenti “Respublika pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon respublikaning pillachilik sohasini rivojlantirish borasida qator tadbirlar belgiladi va ular amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda Vetnam O`zbekiston pillachilik qo`shma korxonasi barpo etildi. Respublikamiz chorvachiligida bundan tashqari cho’chqachilik, quyonchilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmaoqlar ham rivojlanib bormoqda. Qishloq xo`jaligi tog`risida yuqorida keltirilgan fikrlar bu sohaning keng tarmoqli ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga qishloq xo`jaligi oldida qator muammolar ham mavjud ularni hal qilish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu muammolar jumlasiga sug`oriladigan yerlar unumdorligini oshirish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, o`simliklarda uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish kabilar kiradi. Ayni vaqtda qishloq joylarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qishloq sanoati va infrastrukturasini rivojlantirish ham Respublika agrar siyosati doirasida dolzarb malasadir. A D A B I Y O T L A R 1. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999 y 2. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” –T., “O`zbekiston” 1997 y. 3. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi” T 1994 y. 4. E.Nabiyev., A.Qayumov “O`zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y. 5. A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T 1999 y. 6. A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y. 7. N.To`qliyev “O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y. 8. M.R.Plоtкin. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977. 9. www.ziyonet.uz 10. www.nur.uz Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling