Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri
Chorvoq suv omboring umumiy tavsifi
Download 370.35 Kb.
|
1-bob ekologiya uchun mahsus
1.4 Chorvoq suv omboring umumiy tavsifi.
O'tgan asrning oltmishinchi yillarida O'zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun Chirchiq- Angren-Keles tumani («CHAKIR»)dagi sug'oriladigan yerlarni yaxshilashga va Toshkent energetik tizimini rivojlantirishga imkon beradigan gidrouzel bilan yirik suv omborini qurish zarurati paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan 1963 yil 20 fevralda sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi (SSRI) Ministrlar Sovetining Chorvoq gidrouzeli va suv ombori qurilishiga tayyorgarlik ishlarini boshlash to'g'risidagi 206-sonli Qarori e'lon qilindi.1962 yil 27 dekabrda sobiq SSRI Energetika va Elektrlashtirish Vazirligining 1963 yil 1 yanvardan boshlab «O'zbekgidroenergoqurilish» tresti tarkibida «Chorbog' GES- qurilish» qurilish boshqarmasini tashkil etish to'g'risidagi buyrug'i chiqdi. Chorvoq GESi va suv ombori qurilishi amalga oshirish uchun Toshkent shaxridan 80 km. uzoqlikdagi Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Xo'jakent qishlog'i xududidagi Chirchiq daryosi xavzasi tanlandi. «Chorvoq GES qurilish» qurilish boshqarmasining birinchi boshlig'i lavozimiga G.M.Arambitskiy tayinlandi, keyinchalik ushbu lavozimda avval P. M. Nirkov, undan so'ng S. I. Sadovskiy, G. G. Isaevlar ishladilar. V.F.Levchenko, M.SH. Durleshter, YU.S.Lyubitsin, A.V.Arutyunyanlar esa ushbu boshqarmada bosh muxadndis lavozimida mehnat qilishdi.Chorbog' gidrouzeli qurilishida quyidagi asosiy ish hajmlari bajarildi:45 988 ming m3 tuproq chiqarildi;25 235 ming m3 tuproq tuproq to'kildi;1 932,5 ming m3 temir-beton yotqizildi;35 303 tonna metall konstruktsiya va uskunalar montaj qilindi.Barcha ishlar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan bajarilgan. Chorbog' gidrouzeli loyixasi ustida o'ndan ortiq yirik loyiha va ilmiy tadqiqot institutlari ishladi. Chorbog' GESining bosh loyihachisi bo'lmish «Gidroproekt» institutining O'rta Osiyo bo'limi shular sirasiga kiradi. Bundan tashqari, GES qurilishida B.YE.Vedeneev nomidagi Butunittifoq ilmiy-tadqiqot instituti, «Gidrostal`proekt» Moskva loyiha - konstruktorlik idorasi, «Gidroproekt» institutining ilmiy-tadqiqot sho''basi, «O'zgosproekt», «O'zgiproavtodor», «O'zgiprozem», «Sredazgiprovodxlopok», «Toshgiprotrans», «Soyuzdorproekt» ning Tbilisi bo'limi kabi yirik institutlar ishtirok etdi.Chorbog' gidrouzeli qurilishi va montaj ishlarida bir vaqtning o'zida 47 millat vakillaridan iborat 5 ming nafargacha kishi mehnat qildi. Sobiq SSRIning 500dan ziyod korxonalari asbob-uskuna, mashina, turli mexanizm, ehtiyot qism va materiallarni yetkazib berdi. Shuningdek, Chorbog' gidrouzeli qurilishida o'ndan ortiq yirik qurilish tashkilotlari faoliyat ko'rsatdi. Ularning asosiylari: «Chorbog' GES Qurilish» qurilish boshqarmasi - bosh pudratchi bo'lib, «Gidromontaj», «Gidromaxsus-qurilish»,«Maxsusgidroenergomontaj»,«Elektrosibmontaj»,«O'zbekgidroenergoqurilish» ko'chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi, «O'zboshsuvqurilish» mexanizatsiyalashgan ishlar boshqarmasi, «Boshelektrtarmoqqurilish» va boshqalardir.Gidrouzel qurilishida S.Jukov, G.Petuxov, M.Tugin, 3.Xanov, L.Semyanenko, YA.Printsev, N.Romanenko, S.Klyuev, M.Tyurxanov, A.Arsenov, I.Mosolov, V.Ivanov brigadalari, L.Shabanova, SH.Bayanov, YE.Moskovskix, R.Sayotov kabi ustalarning smenalari, T.Ust`yanovaning marksheyder guruxi, M.Nikonorenko boshchilik qilgan kar`er prorabligidagi ishchi va quruvchilari fidokorona mehnat qildilar. Bunday mehnat natijasida quvvati 600 ming kVtga teng gidroelektrostantsiya va sig'imi 2 mlrd, m3 bo'lgan suv ombori bilan Chorbog' gidrouzeli qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Davlat qabullash komissiyasi qaroriga ko'ra gidrouzel 1977 yil 27 oktyabrda umumiy «a'lo» baho bilan foydalanishga qabul qilindi[22]. Gidrokuruvchilarning mardonovor mehnatlari sobiq SSRI Ministrlar Soveti tomonidan 1981 yilda munosib taqdirlandi: eng yaxshi loyihalar va ushbu loyixalar bo'yicha amalga oshirilgan qurilishlar uchun D.A.Jigarev, L.I.Yermolina, M.SH.Roytman, M.N.Ledenev, A.A.Voromov, A.A.Mironov, M.Pavchin, A.V.Arutyunyan, M.Gofurov, I.V.Mosolov, A.K.Irgashev, YU.R.Raxmonov, S.I.Sadovskiy, M.N.Rozin, YU.I.Spitsin, N.I.Smetuxin, G.G.Donilov, V.L.Kuperman, L. I. Shvalev, L. G.Taxlar davlat mukofotiga sazovor bo'lishdi[23]. Tarixiy bosqichlar 1963 yil Chorbog' gidrouzeli qurilishi bo'yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to'g'risida 1963 yil 20 fevralda Xukumatning 206- sonli qarori qabul qilindi. 1963 -1966 yillar Tayyorgarlik ishlari davri. 1966 yil 30 sentyabr Chirchiq daryosi to'sildi. Chirchiq daryosini suv oqimi birinchi yarus qurilish tunneli orqali o'tkazildi. 1967 yil 15 iyun To'g'onning yadrosiga dastlabki kubometr beton quyildi.1970 yil 19 sentyabr Chorbog' suv omborini to'ldirish boshlandi. Sanoatda foydalanish uchun: 1970 yil 31 dekabr 150 ming kVt quvvatli birinchi agregat. 1971 yil 24 mart 150 ming kVt quvvatli ikkinchi agregat 1971 yil 10 dekabr 150 ming kVt quvvatli uchinchi agregat 1972 yil 26 sentyabr150 ming kVt quvvatli to'rtinchi agregat ishga tushirildi. Chorbog' GESining umumiy o'rnatilgan quvvati 600 ming kVtni tashkil etdi. 1971 yil 2 yanvar O'zbekiston SSR Energetika va Elektrlashtirish Vazirligining 1971 yil 2 yanvardagi 3 sonli buyrug'i bilan «Direktsiya stroyasheysya Charvakskoy GES» bazasida O'rta Chirchiq GESlar kaskadi tashkil etildi. 1975 yil 11 dekabr To'g'onning jismiga tosh-tuproqning loyihadagi barcha hajmi to'kib bo'lindi. 1977 yil 27 oktyabr Chorbog' gidrouzeli Davlat qabullash komissiyasining Qarori bilan umumiy «a'lo» bahoda foydalanishga qabul qilindi. 1978 yil 11 aprel Chorbog' suv omboridagi suv sathi loyihadagi belgiga yetdi, 2 mlrd. 6 mln kubometr suv yig'ildi.1987 yil Ikkinchi va uchinchi agregatlar o'rnatilgan quvvatlar bo'yicha qayta markalandi. Chorbog' GESining o'rnatilgan quvvati 620,5 ming kVtga yetkazildi. Chorbog' gidrouzeli Chorbog' GESi - Pskom va Chotqol daryolarining qo'shilish joyidan 3 km. quyida, Chirchiq daryosida joylashgan bo'lib, O'rta Osiyoning eng yirik gidroelektro- stantsiyalaridan biridir. Chorbog' gidrouzeli avvalo Chirchiq daryosi, Angren va Keles shaharlari havzasidagi serhosil yerlarni sug'orish va mamlakatning xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun katta kompleks ahamiyatga ega. Gidrouzel tosh-tuproqli tug'ondan, Chirchiq daryosining chap qirg'og'ida joylashgan suv tashlagich inshootlari majmuasidan va o'ng qirg'oqdagi bosim - stantsiya inshootlari bog'lamidan iborat.Suv oqimini mavsumiy rostlovchi Chorbog' GESi suv ombori 2,006 kub km. to'la, 1,58 kub km. foydali hajmlarga ega. Me'yoriy tayanch sathida suv ombori yuzasining maydoni 40,1 kv. km. Tuproqdan iborat fil`tratsiyaga yo'l qo'ymaydigan markaziy yadrosi, tashlangan toshlardan iborat prizmali yoni va yadro bilan tashlangan qoyalar orasidagi qum- shag'alli o'tish zonalari bo'lgan tug'on-gidrouzelning asosiy tayanch inshootidir. Tug'on qiyaligining o'rtacha joylashishi 1:2, to'kilgan xajm 18,9 mln.kub.m.Suv tashlagich inshootlari tarkibiga ikkinchi yarus suv tashlagichi va shaxtali katastrofik suv tashlagich kiradi[24]. Suv o'tkazish imkoniyati 450 m3/s bo'lgan ikkinchi yarus suv tashlagichi irrigatsiyaga zarur bo'lgan o'tkazishlarni ta'minlaydi, hamda katastrofik suv tashlagich bilan birga suv toshqini va sel davrida birgalikda ishlashga mo'ljallangan. Suv o'tkazish imkoniyati 1200 m3/s bo'lgan shaxtali katastrofik suv tashlagich toshqin va sel suvlarini o'tkazishni ta'minlaydi. Mashina zaliga quvvati 170 ming kVtga teng to'rtta radial-o'q turbinalari va quvvati 150 ming kVtga teng sinxron vertikal generatorlari o'rnatilgan. Chorvog' suv ombori atrofida o'suvchi o'simliklar va ularning turlari Bodom, do'lana, jiyda, tog' olchasi, qayrag'och, pista, igna bargli daraxtlar, na'matak, maymunjon, podorojnik, matmachixa, qirq bo'g'in, kiyik o'ti va boshqalar. Chorbog' suv ombori atrofida istiqomat qiluvchi aholining kasbi yoki ish joyiAholi tadbirkorlik, turizm, Burchmullo o'rmon xo'jaligi, yo'l sozlovchilar va tumanda xar-xil kasblarda ishlab kelmoqda. Chorbog' suv omboriga yil davomida 960 tonna maishiy va xar xil chiqindilan (baklashka, salafan, meva-sabzavot po'choqlari va boshqalar) chiqariladi. 1 bob bo’yicha hulosa Bugungi rivojlanish davrida turizmning o’rni benihoya kuchli hisoblanib, mamlakatlar taraqqiyotida sanoat sohasidan ko’ra ko’proq daromad olib kelayotgani barchaga ma’lum hisoblanadi. Ammo, turizm sohasi qancha rivojlangan sari uning tabiatga bo’lgan aks ta’siri ham ortib boradi bu esa o’z navbati insoniyat uchun global muammolarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur bobda turizmning kelib chiqish tarihi va uning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar to’pladim va o’rgandim. Yaqin kelajakda iqtisodiyotni turizmsiz tasavvur qilish qiyin ekanligiga ilmiy jihatdan ishonch hosil qildim. Shuningdek Chorvoq suv ombori va uning qurilish tarihi bilan tanishdim, mazkur qurish jarayonida 47 millat vakillari ishtirok etganligi va loyiha mukammal darajada bajarilganligini o’rgandim Download 370.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling