Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri
Flora va faunaning o’zgarishi
Download 370.35 Kb.
|
1-bob ekologiya uchun mahsus
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Turizmning atrof muhitga ta’sirini o‘rganishda xorij tajribasi
Flora va faunaning o’zgarishi bevosita turistik marshrutlarning mavsumlar bo’yicha o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, o’simlik dunyosiga bo’lgan tasir asosan bahor va qish mavsumlarida nisbatan ko’proq bo’ladi. Shuningdek bugungi kunda ov turizimi toboro kuchayib borishi ,,qizil kitob” sahifalarining ortishi olib kelmoqda bu esa tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lish kerakligidan dalolat beradi.
1.3. Turizmning atrof muhitga ta’sirini o‘rganishda xorij tajribasi Turizm global iqtisodiyotdagi eng katta va tez oʻsib borayotgan sohalardan biri boʻlib, mamlakatlarga ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy va albatta antropogen taʼsir koʻrsatadi. Turizmning atrof-muhitga bo’lgan taʼsirini baholash juda muhimdir. Turistlarning taribsiz harakatlanishi natijasida antropogen va va tabiiy resurslardan noo’rin oydalanish, bazan meyoridan ortiqcha foydalanish orqali hududlarda resurs taqchilligini hamda atrof-muhit ifloslanish holatlarini kuzatishimiz mumkin. Aniqlanishicha, dunyoning rivojlangan davlatlar turistlarning tabiatga bo’lgan nojoʻya taʼsirlarini yumshatish uchun mablagʻlarga ajratishmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar nojoʻya taʼsirlarni tartibga solish qiyinchiliklariga duch kelishda davom etmoqda [19]. Buning natijasida rivojlangan turistik diqqatga sazovor joylar tufayli atrof-muhitga taʼsir kuchaymoqda. Bundan tashqari, turistlarning tabiatga ,,nol ta'sir‘‘ turizmi yo'qligini ham etirof etish mumkin. Turistlarning tabiatga bo’lgan ta’sirlari ijobiy va salbiy ko’rinishda namoyon bo'lishi mumkin. Tabiiy resurslar va atrof-muhit har doim turizmning asosiy talablaridan bo'lib kelgan. Turistlar jozibali tabiiy manbalarni, turistik hizmat ko’rsatish tarmoqlari rivojlangan hududlarni izlashadi [20].Turizmning salbiy jihatlarini biz quyidagilardan bilishimiz mumkin tuproq eroziyasi, turistik hududlar atmosferasining ifloslnaishi, o’rmon yong’inlari, aholining doimiy yashash makonlaridam ayrilishi, aholi va turistlar o’rtasida resurslar taqchilligi natijada iqtisodiy zararlar kabi ko’plab omillar bunga misol bo’ladi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarining asosiy daromad manbayi sifatida nomoddiy nemat yaratuvchi tarmoq tarkibiga kiruvchi aholiga xizmat ko’rsatish sohalarining o‘rni oshib borayotganligini ko’rishimiz mumkin. Turizm butun dunyoda juda ko’p iqtisodiyotlarning rivojlantirish uchun juda muhim hisoblanadi. Turistlar tashrifi mamalakat uchun bir nechta afzalliklari mavjud. Jumladan turizm iqtisodiyotning daromadini oshiradi, minglab ish o'rinlari yaratadi, mamlakatning infratuzilmalarini rivojlantiradi, chet elliklar va mahalliy aholi o'rtasida madaniy almashinuvlarga hissa qo’shadi. Turizmning atrof-muhitga ta’sirni o’rganishda dunyodagi sayyohlar eng ko’p tashrif buyuruvchi mamlakat tanlab olish maqsadga muofiq hisoblanadi [20]. Jahonda mamlakatlari o’rasida 2019 yilda Fransiyaga mamlakatiga tashrif buruvchilar soni ko’pligi bo’yicha alohida ahamyat kasb etadi. Frantsiya 30 yildan ortiq vaqt davomida dunyoning yetakchi sayyohlik markazi bo'lib kelgan. 2019-yilda 90 milliondan ortiq xalqaro sayyoh Fransiyaga boy tabiiy va meʼmoriy merosini oʻrganish hamda mashhur mehmondoʻstligini va turmush tarzidan bahramand boʻlish uchun tashrif buyurdi. Fransiya mamlakatida turizm sohasi yalpi ichki mahsulotning 8 foizini tashkil qiladi [21] Ammo turizmning ham boshqa sohalar kabi atrof-muhitga bo’lgan salbiy ta’sirlari mavjud. Mavjud salbiy ta’sirlarni Fransiya misolida ko’radigan bo’lsak Download 370.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling