Qadimgi davr bosqichi- Turizm qachon va qanday boshlanganligini bilish biroz mushkul hisoblanadi, turizmning dastlabki belgilarini qadimgi insonlar tomonidan chizilgan suratlar va bitiklar orqali bilishimiz mumkin. Qadimgi davr turizmni asosan Misr, Rim, O’rta yer dengizining sharqiy qismida, Sharqiy Osiyoda, Maya qabilasi hududlarida kuzatilganligini bilishimiz mumkin. Bu bosqichda asosan finikiyaliklar (er. av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar, finikiyaliklar qiziquvchan halq hisoblanib savdo yo’llaridan tashqari juda ko’plab yerlarga sayohat qilishgan.
Imperiyalar bosqichi- Bu davrda insonlarning turistik sayohatlari bir muncha ortib bordi. Bu orada insonlar tomonidan turizm uchun bir qanch sabablar paydo bo’la boshladi jumladan: tijoriy yumush, o’quv, davlat va albatta diniy sabablar bunga misol bo’ladi. Bu bosqichda turistlar oqimi asosan rivojlanish markazlari tomon yo’nalgan bo’lib Misr, Rimliklar Sharqiy osiyo hududlari hisoblangan.
O’rta asrlar va uyg’onish davi bosqichi-O’rta asrlar davri eramizning IV-XIV asrlarini o’z ichiga olib bu davrda turistik sayohatlar kamayganligi bilan izohlanadi. Bu davrda insonlarning sayohatidan asosiy maqsadi dam olish emas balki feudal yurishlar turli xildagi urushlar natijasi hisoblandi. Bu davrdagi asosiy o’zgarishlar Marko Poloning Xitoy mamlakatiga qilgan sayohati va albatta Buyuk Geografik kashfiyotlar davri bilan ifodalandi. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida yangi hududlar va turli xildagi boyliklarning mavjudligi bu esa o’z navbatida savdo sotiqni rivojlanishi natijasida sayohatlar sonini ortishi bilan ifodalandi.
Katta sayohat bosqichi (Grand Tour)- Bu bosqich o’z ichiga XV-XVIII asrlarni oladi. Bu bosqichda insonlarnning ijtimoiy holati bir muncha yahshilana boshladi bu esa yevropada turizmning rivojlanishiga olib keldi. Asosiy turistik markazlar sifatida Fransiya, Shvesariya, Germaniya hisoblandi
Harakatchanlik bosqichi(Mobility)-Bu bosqich turizm tarhida qulay transport vositalaridan keng qamrovli foydalnish boshangani ajralib turadi hamda XIX-XX asrning 2-yarmini o’z ichiga oladi. Bu bosiqchda temir yo’llaning qurilishi natijjasida quruqlikda uzoq masofalarga uyishtriladigan sayohatlarning ortishi bilan namoyon bo’ldi.Bu bosqichda britaniyalik Tomas Kuk o’zining sayohatlari bilan ajralib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |