Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri
Download 370.35 Kb.
|
1-bob ekologiya uchun mahsus
- Bu sahifa navigatsiya:
- I- BOB Atrof-muhit va turizm tushunchalari, ularning o’zaro bog’liq va qarama-qarshi jihatlari 1.1. Atrof muhit va turizm haqida tushunchalar
Chorvoq suv ombori atrof-muhitiga turizmning ta’siri (Chorvoq suv ombori atrofida ekotizm o’zgarishini monitoring qilish va atrof-muhit holatini geoekologik baholash) Kirish I- BOB. Atrof-muhit va turizm tushunchalari, ularning o’zaro salbiy va ijobiy jihatlari 1.1. Atrof muhit va turizm haqida tushunchalar 1.2. Turizmning atrof muhitga ta’siri va uning ekologik oqibatlari 1.3. Turizmning atrof muhitga ta’sirini o‘rganishda xorij tajribasi 1.4 Chorvoq suv ombori haqida umumiy ma’lumotlar I- BOB Atrof-muhit va turizm tushunchalari, ularning o’zaro bog’liq va qarama-qarshi jihatlari 1.1. Atrof muhit va turizm haqida tushunchalar Insoniyat taraqqiy etar ekan tabiatga bo’lgan ta’sirining ortib borishi va buning natijasida, resurslarning cheklanganlik holatlari vujudga kelishi bilan namoyon bo’ladi. Insoniyat tabiatdan o’zi uchun ozuqa, boshpana va dam olish maqsadidagi ta’sirlari eng asosiy tasir turlari hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ingliz tabiatshunosi D.Attenboro aholi sonini ortib borish jarayonini ,,Yerdagi vabo’’ deb takidlagan bo’lsa, F.Maltus aholi sonini ortishini biologik qonuniyatlar asosida geometrik progressiyaga, aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari esa arifmetik progressiya bo’yicha ortishini takidlagan edi.[53] Mazkur fikr va g’oyalar yerda aholi sonining ortishi natijasida atrof-muhitga bo’lgan yukni ko’payishiga olib kelishidan dalolat beradi. Buning oqibatida yer shari insonlar ehtiyojlarini qondira olmaydi hamda butun sayyoramizda resurs taqchilligi vujudga keladi. Natijada insonlar oldida ocharchilik, iqlim isishi kabi global muammolarning ahamyati ortib boradi. Mazkur ilmiy ishda insonlarning dam olish, sayohat qilish, tibbiy tiklanishi maqsadida atrof-muhitdan foydalanishi natijasida sodir bo’lishi mumkin bo’ladigan jarayonlarning salbiy va ijobiy jihatlarini yoritib o’tamamiz. Dastlab atrof-muhit tushunchasi ta’rif berib o’tsak. Atrof-muhit ma'lum bir hududning tabiiy sharoitlarini va uning ekologik holatini tavsiflovchi umumiy tushuncha hisoblanadi. Atrof muhit atamasi tashqi muhit tushunchasi bilan bir hil ma’no anglatib, ob'ekt yoki sub'ekt bilan to'g'ridan-to'g'ri munosabatda bo'ladi. «Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida qo'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina keng tarqala boshladi.[54] "Atrof-muhit" tushunchasi fransuz tilidan olingan bo’lib "environia" so'zidan kelib chiqqan. Atrof-muhit tushunchasi abiotik va biotik muhitni o'z ichiga oladi. Atrof-muhit tushunchasi tirik organizmlarning yashash muhiti va tabiiy sharoitlarning majmuyi hisoblanadi. Insonlar boshqa tirik mavjudotlarga qaraganda atrof-muhit bilan ko'proq aloqada bo’lihadi. Atrof muhit bevosita atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferadan iborat. Uning asosiy komponentlariga tuproq, suv, havo, organizmlar va quyosh energiyasi kiradi. P. Gisbertning so'zlariga ko'ra, "Atrof-muhit-bu ob'ektni o'rab turgan va unga bevosita ta'sir ko'rsatadigan kuch, E. Ross esa, "Atrof-muhit bizga ta'sir qiladigan tashqi kuchdir" degan fikrlarni aytishgan[74]. Shunday qilib, atrof-muhit ob'ektni o'rab turgan va unga bevosita ta'sir ko'rsatadigan barcha omillarni o’zida ifodalaydi. Atrof-muhitni mikro-muhit va makro-muhit kabi ikki turga bo'lish mumkin. Mikro-muhit bu organizmlarning kichik mahalliy muhitini ifodalaydi. Makro-muhit organizmlarni tashqaridan o'rab turgan barcha abiotik va biotik sharoitlarni ifodalaydi. Bundan tashqari, Abiotik va biotik muhit kabi boshqa ikkita turga bo'lish mumkin. Abiotik muhit harorat, yorug'lik, yog'inlar, tuproq, minerallar va boshqalar omillar yoki sharoitlarni o'z ichiga oladi. Abiotik muhit atmosfera, litosfera va gidrosferani o'z ichiga oladi. Biotik muhit o'simliklar, hayvonlar kabi barcha biotik omillarni yoki jonli mavjudotlarni o'z ichiga oladi,[54] Atrof-muhit, qoida tariqasida, yer yuzidagi tabiiy sharoitlarni, mahalliy va global ekotizimlarning holatini va ularning inson bilan o'zaro munosabatlarini tavsiflashda qo'llaniladigan tushuncha hisoblanadi. Hozirgi davrda inson faoliyatining deyarli jabhalarini qamrab oldi va uning ko’lami global tabiiy jarayonlarning ta'siri bilan ifodalaniladi. Shuningdek rus manbalarida Atrof-muhit-insoniyatning yashash joylari va faoliyati, atrofdagi butun borliq, jumladan, tabiiy va antropogen muhit deb tariflanadi. Hozirgi vaqtda "atrof-muhit" atamasi ko'plab odamlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan keng qo'llanilmoqda. Har bir inson atrof-muhitni muhofaza qilish va himoya qilish haqidagi tushunchaga ega bo’lishi talab etilmoqda. So'nggi yuz yil ichida atrof-muhit, yirik bo’lgan xalqaro integratsiontashkilotlar o’rtasida muhokama qilinmoqda bu esa atrof-muhit tushunchasini aktual bo’lishiga olib kelmoqda xususan 1972-yilda Stokgolmda, 1975- yilda Xelsinkida, 1992- yilda Rio-de-Janeyroda, 1998- yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi.[55] Bularning barchasi atrof-muhitga bo’layotgan ta’sirlarning o'sib borayotganini ko'rsatmoqda. Turizm qadimdan xalqlar o'rtasidagi (iqtisodiy, savdo sotiq, fan, madaniyat, san'at, hunarmandchilik va h.k.) aloqa manbai sifatida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, eramizdan avvalgi 3-2 ming yillar davomida kishilarning yangi geografik joylarni ochish, o'zlari uchun qulay hududlarni egallab olish, boylik orttirish va boshqa maqsadlarda dunyoni o'rgana boshlangan. «Buyuk Ipak yo'li» ning ochilishi va undagi xalqaro munosabatlarning rivojlanishi bevosita turizm geografiyasining tarixiga borib taqaladi. Bundan tashqari, Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo okeani bo'ylab sayyohatlar olamni bilish va yangi yerlarni ochish maqsadidagi turli geografik sayohatlar turizmning shakllanishida muhim omil bo'ldi. Bu o'rinda yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlari Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Farobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobur va boshqalarning ham xizmatlari kattadir [39]. Turizm so’zi fransuzcha so’z bo’lib tour ya’ni sayr, sayohat, sayyohlik hamda faol dam olish turlaridan biri hisoblanadi.Turizm so’ziga juda ko’plab tariflar mavjud bo’lib, dastlab jahon miqyosidagi manbalar tomonidan berilgan tariflarga to’xtalsak. BMT butun jahon sayyohlik agentligi (UNWTO) bergan tarifda Turizm deganda odamlarning odatdagi yashash joyidan boshqa joyga (qaytib kelish niyatida) kamida yigirma to‘rt soatdan ko‘pi bilan olti oygacha bo‘lgan muddatga faqat dam olish va hordiq chiqarish maqsadida harakatlanishi tushunilishi mumkin. Bazi manbalarda turizm deganda insonlarning doimiy yashash manzillaridan sogʻlomlashtirish, madaniy-maʼrifiy, kasbiy va boshqa maqsadlarda ma’lum bir hududga daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi 19-asr boshlariga borib taqaladi. Tarixda dastlabki turistik marshrut Angliyadan Fransiyaga bo’lgan sayyohlik hisoblanadi [31]. Turizm so’zini dastlab 1830-yilda qo’llagan olim V.Jekmo hisoblanadi. Turizmning rivojlanishida ingliz ruhoniysi Tomas Kukning 1843-yilda eng dastlabki temir yoʻl sayyohligini tashkil qilishi kata turtki bo’lgan. Tomas Kuk dastlabki xususiy turistik korxonani tuzadi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlarini AQShga joʻnatadi[Wik.tomas]. Sharq mamlakatlarida arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Janubi-sharqiy Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlariga XVI asrda sayohat qiladi. Bu haqda sayyoh o’zining ,,Safarnoma “ asarida ma’lumot qoldiradi. Turizm tarihi juda uzoq davrlarga borib taqaladi, garchi insonlarda hozirgi davrdek transport vositlari, qulay infratuzilmalar mavjud bo’lmagan bo’lsada insonlar sayohat qilishni yahshi ko’rishgan. Turizm tarihiga etibor bersak, uning eng rivojlangan davrlari transport tehnologiyalarining rivojlanishi, hududlar infratuzilmalarining yaxshilanishi bilan bog’liq ekanligini ko’rishimiz mumkin. Amerikalik tadqiqotchi H.Steynton turizm tarihini quyidagi rivojlanish bosqichlariga ajratgan[76]: Qadimgi davr bosqichi; Imperiyalar bosqichi; O’rta asrlar va uyg’onish davi bosqichi; Katta sayohat bosqichi (Grand Tour); Harakatchanlik bosqichi; Zamonaviy bosqich; Eng zamonaviy bosqich; Download 370.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling