Cho'zilgan elementlarning konstruksiyalari


Download 92.92 Kb.
bet3/6
Sana19.12.2022
Hajmi92.92 Kb.
#1032623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Cho\'zilgan elementlarning konstruksiyalari

Armaturalarni ankerlash. Quyida zo’riqtirilmagan armaturalarni ankerlash sxemalari keltirilgan (2.12-rasm). Elementlar diametri 5 mm gacha bo’lgan Br–II sinfli sim bilan ankersiz armaturalansa, betonning sinfi B20 dan; diametri 6 mm va undan ortiq bo’lsa – B30 dan kam bo’lmasligi lozim. K–7 va K–19 sinfli arqonsimon armatura qo’llangan elementlardagi betonning sinfi kamida B30 olinadi. Agar AV (AtV) va At–IV sinfli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo’lganda, beton sinfi kamida B20 va B30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo’lganda, B25 va B30 dan kam bo’lmasligi kerak.

2.12-rasm. Zo’riqtirilmaydigan armaturalarni ankerlash: a – doirali silliq sterjenlarni to’qilgan karkaslarda; b – sterjen oxirida maxsus ankerlar bilanv – sterjenlarni egish;


g – chetki erkin tayanchlarda; 1 – plastina; 2 – kiygizilgan kallak; 3 – shayba;
4 – burchaklik; 5 – payvand; 6 – sterjenlarni egilishiga qarshilik ko’rsatadigan qo’shimcha xomutlar
Armaturani betonga tirab taranglanganda, uning uchida anker moslama hamma vaqt turishi shart, ammo tirgaklarga tirab tortganda maxsus ankerlar o’rnatish shart emas. Ko’prik konstruksiyalarini taranglashda asosan kolodkali va konussimon qopqoqli ankerlar ishlatiladi (2.13-rasm).

Karkas-sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi;



b – diafragmav – chaspaklardan qilingan tirgak; g – o’ramning anker ortidagi kesimi; 1 – o’ramning simlari; 2 – markaziy sterjen3 – diafragma; 4 - eshma
Armaturani betonga taranglashda o’ramlarni mahkamlash uchun turli konstruksiyali bosh ankerlar qo’llaniladi. Konussimon bosh ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (2.15-rasm) konussimon teshikli shondan va konussimon tiqindan iborat. O’ramning simlari oldindan qoldirilgan teshik orqali o’tkaziladi va o’ram ikkilanma ta’sirli domkrat vositasida (2.15-rasm) taranglangandan so’ng konussimon tiqin bilan ponalanadi, bunda u kichik silindr shtoki bilan zichlab boriladi. Тiqinning sirti, simlarning ponalanishini kuchaytiradigan o’yiqqa ega. Konussimon ankerlar o’lchamlari o’ramlarning turi va simlarning soniga bog’liqdir.
Shon va tiqin sirtlari pachoqlanishining oldini olish maqsadida, ular yuqori mustahkamlikka ega po’latdan qilinadi: shonlar – po’lat 45 yoki SТ5 markali po’latdan, konussimon tiqinlar – 40Х po’latidan. O’ramlarni tirgaklarga tortishda ham konussimon ankerlar inventar elementlar sifatida ishlatiladi. Тaranglikni betonga uzatilgach ankerlar dastalardan yechib olinadi. Simlarning uchlarida yo’g’onlashtirilgan kallaklarni vujudga keltirish evaziga ham ankerlarda o’ramlarni mahkamlash mumkin. Ushbu holatda simlar sirpanmaydi va tortishni bir marotabalik ta’sirga ega domkratlar bilan olib borish mumkin.




2.15-rasm. Konussimon anker:

1 – shon; 2 – konussimon tiqin;

3 – damlab (nagnetaniye) haydash uchun teshik


Yo’g’onlashtirilgan kallakli simlardan qilingan o’ramlar uchun mo’ljallangan Moskvadagi Тransport qurilishining markaziy IТI (SNIIS) tomonidan yaratilgan quyma va qo’zg’almas taranglanadigan yig’ma ankerlar konstruksiyasi ham ishlatiladi.

Тaranglanadigan quyma anker o’zida simlarni o’tkazish uchun parmalangan teshiklarga ega po’lat silindrni aks ettiradi. Silindrik korpusning ichki sirtida domkrat shtoki bilan ankerni tutib olish uchun rezba ochilgan. Тashqi rezba taranglangan o’ramni beton sirtida mahkamlaydigan anker gaykasini burab qotirish uchun bajarilgan.


Unchalik uzun bo’lmagan sterjenli armaturalarni taranglab tortish uchun (masalan, oldindan zo’riqtirilgan xomutlarni), sterjen rezbasiga burab kirgiziladigan gayka ko’rinishidagi rezbali ankerlar ishlatiladi. Sterjenlarning qo’zg’almas uchlari payvandlangan qalamchalar, ilmoq yoki chiqarma kallaklar yordamida qotiriladi (2.16-rasm).Loyihalash jarayonida konstruksiya va uni tayyorlash, saqlash, tashish paytida, shuningdek inshootni tiklash davrida ta’sir etadigan yuklarni e’tiborga olish lozim bo’ladi. Hisob ishlarida yuklarni me’yoriy va hisobiy qiymatlaridan foydalaniladi. Konstruksiyadan o’z me’yorida foydalanish davrida me’yor /8/ bo’yicha unga qo’yilishi mumkin bo’lgan yuklarning maksimal qiymati me’yoriy deb ataladi.
Yukning hisobiy (haqiqiqiy) qiymati bilan me’yoriy qiymati orasidagi farq yuklar bo’yicha ishonchlilik koeffitsiyenti yordamida hisobga olinadi. Bu koeffitsiyentning qiymati ko’pincha birdan katta bo’ladi (f=1,1...1,3), konstruksiyaning o’zi hisobiy yuk ta’siriga hisoblanadi. Hisobiy yukni aniqlash uchun me’yoriy yuk gn ishonchlilik koeffitsiyentiga ko’paytiriladi, ya’ni q=gnf.

Download 92.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling