Cho'zilgan elementlarning konstruksiyalari
Armaturani taranglash usullari
Download 92.92 Kb.
|
Cho\'zilgan elementlarning konstruksiyalari
Armaturani taranglash usullari. Armaturani taranglashning asosan uchta usuli: mexanik, elektr-termik va fizik-kimyoviy (o’z o’zini zo’riqtirish) usullari mavjud. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko’pincha gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda aramaturada katta zo’riqish hosil qilishdan tashqari taranglash kuchini ham aniq o’lchasa bo’ladi. Bunda cho’ziladigan sterjenlarni domkrat silindriga biriktiriladi, domkratning porsheni element uchiga yoki maxsus tirgaklarga tiraladi. Qudratli domkratlarda taranglanadigan armaturani porshen bilan biriktiriladi. O’ramli armaturani taranglashda ikki yo’nalishda ishlaydigan yengil ko’chma domkratdan foydalaniladi.
Armaturani taranglashning elektr-termik usuli keyingi yillarda keng tarqaldi: endilikda oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu usul bilan tayyorlanmoqda. Usulning afzalligi uning soddaligi va istalgan korxonada quyish imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5...10 marta arzon, konstruksiya tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat ham 2...3 marotaba kam. Biroq,, aniqligi mexanik usuldagiga qaraganda ancha past. Bundan tashqari, bu usulda ko’pincha issiqligicha cho’zilgan simlardan foydalaniladi, chunki boshqacha mustahkam simlarda yuksak kuchlanish hosil qilish uchun juda katta haroratda qizdirishga to’g’ri keladi, bu esa simning mexanik xossasiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Armaturaning elektr-termik usul bilan taranglashda, armatura sterjenlarining uzunligi (ankerlar oralig’ini) qolip tirgaklarida ma’lum miqdorga kaltaroq olinadi (2.11-rasm), armaturadan tok o’tkazib, uni 300...4000S ga qizdiriladi. Uzaygan sterjenlar qolipning tirgaklariga erkin joylanadi, sovish jarayonida tirgaklar sterjenning qisqarishiga qarshilik ko’rsatadi, shu yo’l bilan sovigan sterjenlar oldindan zo’riqtiriladi. Shundan so’ng qolipga beton yotqiziladi va beton yetarli mustahkamlikka erishgandan so’ng armaturani mahkamlash uskunalari (ankerlar) dan bo’shatiladi, bo’shagan armatura qisqarib betonni siqadi. Ba’zan, o’ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulni birgalikda qo’shib ishlatish hollari ham uchraydi. Qo’shma usulga ko’ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. Тaranglashning bu usuli kuchlanishning 50%i mexanik usulda, qolgan 50%i qizdirib sovutish natijasida hosil qilinadi. Buning oqibatida uskunaning mahsuldorligi ikki marotaba oshadi, konstruksiyasi ixchamlashadi, oldindan uyg’otilgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham yaqinlashadi. Тaranglashning fizik-kimyoviy usuli o’z-o’zidan zo’riqadigan konstruksiyalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda kengayuvchan sementdan tayyorlangan betonning o’zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo’ladi. Armaturada uyg’ongan cho’zuvchi kuchlanishlar betonni siqadi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo’riqadi. Download 92.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling