Chuv Chuvoq Chuqurlik mintaqalari Cho`kindi jinslar Cho`l


II. O‘tgan mavzularni takrorlash


Download 179.22 Kb.
bet7/14
Sana17.06.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1526412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
geografiya

II. O‘tgan mavzularni takrorlash.
Guruhlar bilan „Xatosini toping“ o‘yini o‘tkaziladi va topshiriq yozilgan tarqatma beriladi.
Litosfera guruhiga:
Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqadi. Yer yuzidagi eng katta ko‘l - Kaspiy ko‘lidir. Oqmas ko‘llar suvi chuchuk bo‘ladi. Ko‘l suvlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
Gidrosfera guruhiga:
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo boshlanadigan joy uning mansabi deyiladi.Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara irmoqlar deyiladi.
Atmosfera guruhiga:
Qor yig‘adigan va muzlik hosil bo‘ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig‘i deyiladi. Qor chizig‘i ekvatorial o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng katta orol – Grenlandiyada muzliklar yo‘q. Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo‘lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar hech qachon siljimaydi.
Xatosini toping“ o‘yini asosida
Litosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
Tabiiy chuqurlikda to‘planib qolgan suvga ko‘l deyiladi. Ko‘llarda suv daryolardagidek o‘zanda oqmaydi. Yer yuzidagi eng katta ko‘l – Kaspiy ko‘lidir. Oqmas ko‘llar suvi chuchuk bo‘ladi. Ko‘l suvlaridan foydalanib bo`ladi.
Gidrosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo boshlanadigan joy uning manbai deyiladi. Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan ajratib turadigan chegara suvayirg‘ich deyiladi.
Atmosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi:
Qor yig‘adigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlikning quyi chegarasi qor chizig`i deyiladi. Qor chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi eng katta orol – Grenlandiya muzliklar bilan qoplangan. Quruqlikda qor to‘planib, hosil bo`lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar siljiydi.
Guruhlar javoblari tinglanib, globuschalar beriladi va mavzu xulosa qilinadi.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling