Chuv Chuvoq Chuqurlik mintaqalari Cho`kindi jinslar Cho`l


Download 179.22 Kb.
bet6/14
Sana17.06.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1526412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
geografiya

3-savolga javob


Sana:
Sinf: 5
Fan: Geografiya
Mavzu: Atmosferaning tuzilishi
Darsning maqsadi: Atmosfera haqida dastlabki tushunchalarni berish.
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga atmosfera va uning tuzilishi, havoni tashkil etgan gazlar haqida bilim berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilar ongiga Atmosfera yerda hayotni saqlovchi qalqonligini, havoni tashkil etuvchi gazlarning inson hayoti va faoliyati uchun muhimligini singdirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning suv, havoning o‘zaro aloqadorligi haqidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish va atrof – muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish xislatlarini shakllantirish. Qo’shimcha manbalar orqali fanga qiziqishini yanada oshirish.
Dars turi: Yangi mavzuni bayon etish.
Dars metodi: „Ko‘rgazmali tushuntirish“, „Tushunchalar tahlili“ , „Amaliy mashg‘ulot“.
Dars jihozi: 5-sinf darsligi, texnik vositalar (proyektor, elektron darslik,kompyuter), globus, plakatlar, tarqatma materiallar, qo‘shimcha manbalar („Maktabda geografiya“ jurnali, maqollar hikmatli so‘zlar, she’rlar,).
Darsning borishi
Dars davomida slaydlar namoyish etib boriladi. Ularda mavzu haqidagi ma’lumotlar, Atmosferaning tuzilishi aks etgan rasm, amaliy masalalar, savollar, “Tushunchalar tahlili” metodi bo’yicha topshiriqlar namoyish etib boriladi. Guruhlarga globuschalar beriladi.
I. Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) davomatni navbatchi axboroti orqali aniqlash;
c) sinf tozaligini nazorat qilish;
d) o‘quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
e) dars loyihasini e’lon qilish.
f) o‘quvchilarni o‘tirgan qatoriga ko’ra guruhlarga ajratish.
Guruh - Litosfera
Guruh - Gidrosfera
Guruh - Atmosfera
Motivatsiya:
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Ma’lumki, o‘tgan darslarimizda suv qobig‘i haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Keling, bugungi darsimizni suv haqidagi hikmatli so‘zlar, she’riy parchalar, xalq maqollaridan eshitishdan boshlasak. Marhamat, kimdan boshlaymiz?
O‘quvchilarning taxminiy javobi:
Baliqning tirikligi suv bilan,
Dehqonning tirikligi yer bilan.
Suv – yorug‘lik.
Suv – zar, suvchi – zargar.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling