Click here to buy a b b y


Ma'ruza va ma'ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana21.08.2020
Hajmi1.84 Mb.
#127144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pedagogika fanini oqitish metodikasi (1)


2. Ma'ruza va ma'ruzachiga qo’yiladigan pedagogik talablar. Ma'ruzani

muvaffaqiyatli o'qish, ma'ruzani ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko'p

jihatdan ma'ruzachi va talabalar auditoriyasi o'rtasidagi muloqotga bog'liq bo'ladi.

Ma'ruzachi va talabalar o'rtasidagi muloqotni yuzaga keltirish uchun uchta guruh

shartlari mavjuddir.

Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Bularga

quyidagilar kiradi:

Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar qo`yiladi:

1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.

2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.

3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak.

4. Ma'ruzada fan-texnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur.

5. Ma'ruza uchun materiallar chuqur o'rganilgan holda tanlanishi kerak.



Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

54

6. Ma'ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo'lishi kerak.

7. Ma'ruzada ilmiy adabiyotlar tahlili, o'tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga

ob'ektiv baho berish zarur.



Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:

1. Ma'ruzachi aniq g'oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.

2. Ma'ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo'lishi kerak.

3. Ma'ruzachi ma'ruzadagi ma'lumotlarni erkin holda o'zlashtirgan bo'lishi zarur.

4. Ma'ruzachi o'z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ijodga qiziquvchan bo'lishi zarur.

5. Ma'ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog'liqligi (o'quvchi

talabalar diqqatini o'ziga jalb etish, talabalarni fikrlash faoliyatlarni yo'lga solish va

boshqalar) mavjud bo'lishi kerak.

6. Ma'ruzachida muloqotga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo'lishi

kerak.


7. Ma'ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodxon va to'g'ri bo'lishi, uning

nutqi aniq, ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo'lishi zarur.

8. Ma'ruzachini nutq sur'ati (tempi) talabalarga ma'ruzani tushunishlari va asosiy

mazmunni yozib olishlari uchun mos bo'lishi kerak.

9. Ma'ruzachi talabalar bilan xushmuomila va shu bilan birga talabchan munosabatda

bo'lishi lozim.



Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:

1. Ma'ruza soatlarini to'g'ri taqsimlanishi.

2. O'quv jarayonini o'z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta'minlash.

Yuqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina,

hamma talablarga javob beradigan ma'ruzani o'tish mumkin bo'ladi.

Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o'qitish jarayonida qullanmoqda. Ma'ruza

darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza

darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan

faqat fan, o'quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki

o`quvchilarni ijtimoiy-g'oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza

jarayonida asosiy e'tibor o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,

bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.

Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda:

ma'ruza-hikoya, ma`ruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza.



Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

55

Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o'qituvchida ma'ruza

mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim.

Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o'quv

muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga

muvofiq ma'ruza bir dars davomida oxiriga yetkazilmay qolgan bo'lsa, u yangi

mashg'ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib

bo'lingach, o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. Har bir mavzu yuzasidan

foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati taqdim etiladi.

Savol va topshiriqlar:

1. Ma'ruza so'zining ma'nosini ochib bering?

2. Ma'ruzaning ahamiyati.

3. Ma'ruzaga qo’yiladigan talablarni mazmunini ochib bering?

4. Ma'ruzachiga qanday pedagogik talablar qo’yiladi?

5. Ma'ruzaning qanday turlari mavjud.



Adabiyotlar:

1. G'aybullaev N.R., Yodgorov R. Pedagogika. – Toshkent, 2005.

2. Hasanboev J., Sariboev H., Niyozov G. Pedagogika (o'quv qo'llanma). – Toshkent,

2006.


3. Podlaskiy I.P. Pedagogika.- M.: Vlados-Press, 2001.

4. Savin N.V. Metodika prepodavaniya pedagogiki. – M.: Prosveshenie, 1987.



VII MAVZU: PEDAGOGIKA  FANINI O'QITISHDA TALABALARNI

BILIMLARINI TEKSHIRISH VA BAHOLASHNING REYTING TIZIMI

REJA

     1.Talabalar bilimlarining reyting nazorati.

     2.Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati.

1. Talabalar bilimlarining reyting nazorati. Mutaxassis tayyorlashda talabalarning

bilim, ko'nikma va malakalarini shakllanish jarayonini nazorat qilish muhimdir. To'g'ri

tashkil etilgan nazariy talablarni, olinayotgan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va eng

asosiysi ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun turli vositalarni tanlash

imkonini beradi.

O'quv-tarbiya jarayonida bilim, ko'nikma va malakalar shakllanganligini nazorat

qilish muhim o'rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyaga ega:

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m


56

1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi bilim, ko'nikma va malakalarning

shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o'stirish funksiyasi.

3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi

rivojlantiriladi.

4. Ta'lim funksiyasi.

5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.

6. Nazoratning baholash funksiyasi.

7. Nazoratni talabalarda bilimga qiziqishni uyg'otish, jonli fikrlashga o'rgatuvchilik

funksiyasi. Nazorat joriy, oraliq, yakuniy kabi 3 ta turga ega.

Nazorat turli testlar, yozma ishlar va og'zaki savol-javoblar orqali amalga

oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonalievlarning ma'lumotlariga

qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

- talabalar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini ob'ektiv sharoitda aniqlash

imkonini beradi;

- bir vaqtning o'zida bir guruh yoki ko'p sonli talabalar bilimini nazorat qilish mumkin;

- hamma talabalarga bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir xil sharoit

yaratiladi;

- test natijalarini o'qituvchi tomonidan tezlikda tekshirish mumkin;

- turli guruh talabalari bilimini solishtirish, qo'llanilayotgan metodni samaradorligini

aniqlash mumkin;

- ta'lim jarayonining kamchiliklarini aniqlash mumkin.

Test atamasi inglizcha-sinov, tekshirish, tadqiqot ma'nolarini bildirib

«Sinalayotgan shaxsning psixofiziologik va shaxsiy xususiyatlarini, shuningdek,

intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo'llaniladigan standart

mashqlar» demakdir. Pedagogik, uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik

testlar quyidagi 2 guruhga ajratildi:

a) nazariy bilimlarni nazorat qiluvchan, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi

o'zlashtirish testlari;

b) real, o'quv imkoniyatlari bo'yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika testlar hamda umumiy

va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar bo'yicha)

o'qitish testlari.

Testlar tipologiyasi asosida topshiriqlarni tanlash, ularning strukturaviy o'zaro

aloqadorligi va ta'riflari quyidagi omillarga bog'liqdir.

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m


57

1. Testlarning fanlararo qo'llanish sohasi.

a) oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar bo'yicha bilim va o'zlashtirish elementlarini

tekshirish;

b) ko'p mavzular bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'liqligini hisobga olmagan holda

bilim va o'zlashtirishning chegaraviy nazoratini o'rnatish;

v) ko'p fanlar bo'yicha fanlarning bir-biriga bog'liqligini hisobga olgan holda bilim va

o'zlashtirishlarning chegaraviy nazoratini hisobga olish;

g)  butun kurs bo'yicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fanlararo turkum testlarni

ham yaratish mumkin).

Bu hollarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savollari har xil qo'yiladi:

marketing-moliya, menejment, soliqlar kabi integrativ bilimlar va h.k.

2. Normativ test tuzilishining umumiy yo'nalish bo'yicha maqsadi yoki kriterial

xarakterdagi testlardan farqi shundaki, normativ testlarda yig'ilgan ballar hisob

natijalariga ko'ra bir guruhni boshqa guruh bilan guruh ichidagilarni esa bir-biri bilan

solishtirish mumkin.

Kriterial testlarda esa har bir o'quvchining qandaydir o'quv yoki mutaxassislikka

oid topshiriqlarini yechish uchun zarur bo'ladigan bilim va o'zlashtirish qobiliyatlari

ochib beriladi, ya'ni kriterial testlar va unga mos topshiriqlar o'quvchilarning bilim va

ko'nikmalari aniq fan sohalari bo'yicha o'qitish maqsadining minimal talablariga qay

darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi.

Normativ testlarda, asosan topshiriqni «yechdi» yoki «yechmadi» deb belgilansa,

kriterial testlarda esa topshiriqni qaysidir yo'l bilan yechgan o'quvchilarni murakkab

ishlarga qo’yish mumkinligi, ularning murakkab dasturlar bo'yicha ishni davom ettira

olishligi hisobga olinishi kerak.

3. Testlarning didaktik-psixologik yo'nalishi qanday test ishlab chiqilayotganligi yoki

adaptatsiyasidan o'tayotgan testni uning muallifi qanday xarakterlashni aniqlaydi:

a) nazariy bilimlarni nazorat qilish uchun o'zlashtirish testlari;

b) berilgan fan (o'quv va mutaxassislik) bo'yicha bilim va malakalarni nazorat qilish

testlari;

v) o'qitish testlari (ma'lum fan yoki uning sikli bo'yicha o'quv imkoniyatlarining

diagnostikasi).

4. Nazorat bosqichlari bo'yicha yo'nalish:

a) kirish nazorati (oliy o'quv yurtiga kirishdagi yoki kursni fan iqlimini va o'qitish

bosqichining boshlanishidagi nazorat);

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m


58

b) kundalik (joriy) nazorat har kuni amalga oshiriladigan yoki o'quv jarayoni mavzulari

bo'yicha;

v) chegaraviy nazorat oraliq ma'lum fanning alohida bo'limi tugashi munosabati bilan

o'tkaziladi;

g) ma'lum kursning tugashi munosabati bilan o'tkaziladi (yoki fan sikli, o'qitish bosqichi

hamda o'quv yurtini tugatish munosabati bilan).

5. Testlashtirishning diagnostik darajasi (chuqurligi) berilgan testdan ko'zlangan

maqsad:

-simptomatik diagnostika, ya'ni bilim va o'zlashtirishning «yuqori qatlamlariga»



qaratilishi (ya'ni, ma'lum qonuniyat yoki formulalarni bilish, bilmasligi yoki tanish-

notanishligi va boshqalar);

- etiologik diagnostikaga, tekshiruv – aloqa sababi (nima uchun aynan o'sha bilimlarni

bilmasligi va buning qay darajada boshqa bilimlarni bilishga bog'liqligi)ga qaratilishi;

- tipologik diagnostika esa o'quvchining o'tilayotgan dars va bilimlarni bilishga,

o'zlashtirish va uddalay olishida qanday g'oyalarni kuchaytirish kerakligiga qaratilgan

bo'ladi.

6. Sinaluvchining testni bajarish faolligini oshirishda esa yozma va og'zaki testlarga

mos ravishda yozma va og'zaki javoblarni qo'llash. Masalan, harakat testlarida (ayniqsa,

kompyuterlarda klavishlarni bosishdan tortib, qism programmalarni chiqarishgacha)

hamda hisoblash ishlarini o'tkazish va grafiklarni chizish, loyihalashtirish va h.k.da.

Harakat testlari o'qish yoki ishlash qurilmalarida, mashq (trenajerlarda) testlarini,

ayniqsa, mutaxassislik bo'yicha o'qitish tizimlariga kiritish mumkin.

7. Testning nomogenlik darajasi (bir jinslik) testni tuzuvchi muallif tomonidan

rejalashtirgan bo'ladi. Shu jumladan:

a) ko'zlangan maqsadga qarab testning nimani tekshirish kerakligi, ayniqsa, integrativ

xarakterdagi asosiy elementlardan (masalan, ma'lum amallarning talab qilingan darajada

yoki shu amallarni bajarishda sifat, miqdor, tezlik, ketma-ketlik, javobgarlik kabi bir

qancha) omillarni hisobga olish;

b) formal aspektda esa topshiriqlar tuzilishi shaklining bir jinsliligi (gomogenligi) yoki

turli shaklda bo'lishligi.

8. Vaqt omili – testning tezkor bo'lishi, topshiriqlarning funktsional ravishda ma'lum

belgilangan vaqtda bajarish zarurligi qaysi yo'l bilan, nimaga asoslanib vaqtini,

baholash vaqtining sarflanish chegarasi belgilangan bo'lishligi.

9. Tekstlashtirishni tashkil etish usullariga esa umumiy, individual yoki juda kam

qo'llaniladigan, lekin juda samarali hisoblangan alohida usuli ham tekshiriluvchilarning

tashxischi bilan yuzma-yuz, xolis (tekstlashtirishning EHM vositalaridagi individual

dasturning zamonaviy varianti) turishi kabilar kiradi.



Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

59

Testlar tuzilishida juda serqmpa vazifalarni qo'llashga harakat qilindi. Asosan

quyidagicha test-vazifalar qo’llanildi.

2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyatiReyting

tizimi to'g'risidagi «Nizom»da «Talabalar bilimini reyting orqali baholashdan maqsad

talabalarda o'qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga ijodiy yondashish,

mustaqil fikrlash, o'z bilimini mustaqil ravishda oshirishga intilish hamda

adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish ushbu tarika

raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishish», - deb ta'kidlanadi.

Fan bo'yicha qo'llanish sohasi

O'lchov maqsadining

umumiy yo`nalishi

bo`yicha


Didaktik-psixologik

yo'nalishi

Nazorat bosqichlari

bo'yicha yo'nalish

Testning diagnostik darajasi

Sinaluvchining faoliyati

Gomogenlik

(bir jinslilik)

Tezkorlik

Testlar tipologiyasi strukturasi



Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

Click here to buy

A

B

B

Y

Y

PD

F Transfo

rm

er

2

.0

w

w

w .A

B B Y Y.

c o

m

60

Yuqorida keltirilgan hujjatdagi asosiy maqsaddan qator vazifalar va talablar kelib

chiqadi.

Ta'lim-tarbiyaning tarkibiy qismlari o'zaro bog'liq va aloqador bo'lib, pedagogik

jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samaradorligi ko'p jihatdan tashkil etilgan tarbiya

vositalari tizimiga bog'liqdir. Bu vositalar butun tarbiyaviy ish tizimining tarkibiy qismi

deb qaralgandagina o'z ahamiyatini yo'qotmaydi va tarbiyaning umumiy vazifalarini

muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.

Hisobga olish, tekshirish va bilimni nazorat qilish hamda baholash, o'qitish

jarayonida muhim ro’l o'ynaydi. Jumladan, talabalar bilimini haqiqiy aniq va adolatli

baholash hamda natijalarni ularga muntazam ravishda ma'lum qilib borish katta

tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maskur «Nizom» talablari, asosan, talabalarni uzluksiz

o'z ustilarida faol ishlashlarini, har bir sohada mustaqil va ijodiy yondashishni, fan

asoslarini puxta o'zlashtirish uchun mas'uliyat sezishlarini hamda mustaqil ishlash

ko'nikmalarini keng rivojlantirishni talab etadi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashni to'g'ri yo'lga qo’yish, ularda

o'tilgan fanlarga nisbatan ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o'z bilimni doimiy

ravishda oshirish, adabiyotlardan keng foydalanishni yo'lga quyish demakdir. Shu bilan

birga o'qituvchi va talaba o'rtasidagi uzviy bog'lanishni yuzaga keltiradi, yana

o'qitishning o'zaro aloqador ikki vositasini yuzaga keltiradi. Yana o'qitishning o'zaro

aloqador ikki vositasi o'qituvchining faoliyati va talabaning mehnatga ongli

munosabatini uzluksiz jarayon sifatida doimiy bo'lib turishini ta'minlaydi.

Bunda professor-o'qituvchilarning ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarga puxta

tayyorgarlik ko'rishi, baholashga doir me'yor va mezonlarni, savolnomalar, test savollari

va turli boshqotirmalar hamda tayanch tushunchalarini tuzishdagi mas'uliyat yondoshish

va tinimsiz mehnati yotadi. Talaba bilimini baholash muhim vositalaridan biri  bo'lib,

asosan, talabalarning xulqi o'zgarishi va tarbiyaviy ta'siri kuchayganligida namoyon

bo'ladi.


O'qituvchining talaba bilimini nazorat qilish va baho qo'yish (ballash)

jarayonidagi xatti-harakati ulardagi haqiqiy bilim va ko'nikmalarni aniqlashga imkon

beradi, ularni ortiqcha tashvishlaridan, oxirida «o'tmay qolish» qo'rquvidan xalos etadi.

O'zidagi iqtidor va imkoniyatga ishonch hosil qilgan talaba yanada fan asoslarini

chuqurroq egallashga harakat qiladi, o'qituvchi bilan bahs-munozaraga kirishadi,

o'zlariga ham nisbatan talabchan bo'lishga odatlantiradi.

O'zbekiston Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2005 yil 30

sentyabrdagi 217-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar

bilimini baholashning reyting tizimi to'g'risidagi muvaqqat Nizom»iga oid baholash

turlari quyidagicha:

- Joriy baholash (JB)

- Oraliq baholash (OB)



Click here to buy

A

B

B

Y

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling