Cloud Computing texnologiyasida ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash usullari


Download 0.79 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1016685
  1   2   3   4

Cloud Computing texnologiyasida ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash usullari

Xayrullayev Habibullo.

53 - variant

REJA:

  • 1. Cloud Computing tizimi xususiyatlari.
  • 2. Ma'lumot xavfsizligi.
  • 3. Cloud Computing provayderlariga beriladigan xavfsizlik tavsiyalari.
  • 4. Xulosa.
  • 5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Cloud Computing tizimi xususiyatlari

  • Cloud computing hisoblash modeli hisoblanib, ma'lumot, fayl saqlovchilar, ilovalar uchun dinamik infratuzilmani ta'minlash uchun lokal yoki global tarmoqda ulangan ko‘p sondagi tizimlardan tashkil topgan. Bu texnologiya o‘zi bilan birga, hisoblashda xarajatlarni kamaytirish, ilovalar hosti, ma'lumot saqlovchilar va ma'lumot uzatishda katta imkoniyatlarni olib keladi.
  • Cloud computing termini Internetni ifodalashda foydalanilgan belgidan kelib chiqqan. Odatda, tarmoq diagrammasida Internet bulut (ing., cloud) shaklidagi belgi bilan ifodalanadi (1-rasm). Ushbu tarmoq diagrammasida bulut belgisi “qolgan barcha qismlarni” ifodalashda foydalanildi yoki “va h.k” qolgan tarmoq xaritasini ifodalashda foydalanildi. Shuning uchun, buni “Cloud compting” konsepsiyasiga tadbiq qilsa bo‘ladi.

Cloud Computing tizimi xususiyatlari


1-rasm. Tarmoq diagrammasida bulutdan Internetni ifodalashda foydalanilishi

Cloud Computing tizimi xususiyatlari

  • Cloud Computing texnologiyasi 3 ta katta turga ajratilib, bular quyidagilar:
  • 1. Infratuzulma xizmati (Infrastructure-as-a-Service, IaaS);
  • 2. Platforma xizmati (Platform-as-a-Service, PaaS);
  • 3. Ilova xizmati (Software-as-a-Service, SaaS).
  • 1. Software as Service (SaaS) modeli
  • Ushbu modelda foydalanuvchiga tugallangan dasturiy ta'minot taklif etilib, cloud tizimida bitta xizmat asosida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Cloudning ushbu xizmat modelida foydalanuvchi kichik foydalanuvchi ilovasi (thin client) yordamida brauzer orqali tizimni boshqaradi. SaaS tizimi o‘zida ko‘plab ilovalarni qamrab olib, ular, ofis ilovalari, turli messenjerlar, to‘lovni amalga oshiruvchi maxsus ilovalar, ma'lumotlarni boshqaruvchi tizim ilovalari, boshqaruvchi ilovalar va ko‘plab turdagi ilovalarni o‘z ichiga oladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling