Cmd ning oddiy foydalanuvchi uchun kodlari: • Color all cmd textini rangini o’zgartiradi. • Shutdown –s –f –t 100


Download 153.48 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi153.48 Kb.
#1254690
Bog'liq
Документ Microsoft Word


CMD ning oddiy foydalanuvchi uchun kodlari:
Color all - cmd textini rangini o’zgartiradi.
Shutdown –s –f –t 100 - Kompyuteringizni 100 sekundan keyin o’chiradi.
Shutdown – a - o’chirish buyrug’ini bekor qiladi.
Help - sizga asosiy kodlarni ta’rifi bilan chiqarib beradi.
Explorer - Yo'lboshlovchi (проводник) oynasini ochib beradi.
Tree - kataloglarni grafik ko'rinishda ko'rsatish imkoniyatini beradi. Odatiy bo'lib, displey psevdo-grafika orqali amalga oshiriladi.
Ver - operatsion sistemangizning versiyasini ko’rsatadi.
Systeminfo - ushbu buyruq sizga kompyuteringiz konfiguratsiyasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Ro’yxat operatsion tizimingiz va uskunangizni mutlaqo qamrab oladi. Masalan “Windows” ning o’rnatilgan sanasi, oxirgi yuklash vaqti, BIOS versiya, umumiy va mavjud xotira, o'rnatilgan tuzatishlar, tarmoq kartasi konfiguratsiyasi va boshqalarni qidirishingiz mumkin.
MD - bu buyruq bilan siz yangi papka(katalog) yoki yangi fayl ochishingiz mumkin:
Date va Time - bu buyruqlarni alohida yozmadim. Date buyrugida siz hozirgi sanani ko’rish va o’zgartirish imkoniga ega bo’lasiz, Time komandasida esa hozirgi soat, minut va sekunni o’zgartishingiz mumkin bo’ladi.
Exit - Ushbu buyruq sizga ommaviy ma'lumotlarni yopish yoki hatto buyruq qatorini yopish imkonini beradi. (Cmd dan ham chiqib ketishi mumkin).
Title - ya’ni sarlavha bu bilan siz cmd oynasining nomini o’zgartirishingiz mumkin.
Prompt - Bu ham juda ham qiziqarli buyruqlardan biri. har safar buyruq oldidan chiqib turadigan so'zlarni o'zimizga belgilash imkoniyatini beradi. Bu rejimdan chiqib ketish uchun qaytadan prompt buyrug'ini kiritishingiz kerak.
Echo - bunda siz huddi promptdagidek, lekin echo off yozsangiz umuman bo’sh oynada buyruq yozish imkonini beradi keyin, echo on buyrug’i bilan yana tiklashingiz mumkin kerak bo’lganda.
Mode - Tizim qurilmalarini sozlashda yoki ko’rishni imkonini beradi.
Start - Alohida oynada dastur yoki buyruqlarni ishga tushiradi. Masalan, start mspaint deb yozsangiz paint ishga tushadi.
Endi Wi-fi va IP da kerak bo’ladigan buyruqlarga kelsak:
Bunda sizga wi-fi ni parolini o’zgartirish va IP bilan bog’liq qiziqarli ma’lumotlar bermoqchimiz. O’qib chiqib foydali ma’lumotlarga ega bo’ling)
netsh wlan show profiles - bunda siz oldin ulangan barcha wi-fi tarmoqlarini ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
Netsh wlan show profiles name=”wi-fi nomi” key=clear - bunda siz shu kiritgan wi-fi tarmog’ining parolini va boshqa ma’lumotlarni bilishingiz mumkin.
Ipconfig - bu buyruqda siz o’z IP parolingizni ko’rishingiz va IP tarmoq sozlamalaringizni ham ko’rsatadi
Ping - tarmoqga ping yuboradi ya’ni biron bir saytga so’rov yuborishingiz mumkin yoki uning ishlayotgan tarzini ko’rishingiz mumkin va yana ba'zan, paketlar ma'lum bir tarmoqqa ulangan qurilmaga ulanadimi yoki yo'qligini bilishingiz kerak. Bu yerda bizga ping yordam beradi.
Arp –a - bizga barcha biz bilan bir tarmoqda bo’lgan foydalanuvchilarning IP larini ko’rsatadi. Albatta bir wi-fi da bo’lsangiz.
Ipconfig/all - bunda siz ip address, mac address xullas adresslar haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
Getmac - buyrug’I bizga tarmoq adapterlarining aparat manzillari haqida ma'lumot beradi. Bunday holda siz mahalliy va uzoq manzillarni topishingiz mumkin.
CMD orqa fonini o’zgartirish textni o’zingiz hohlagandek qilish uchun ”Administrator” ustiga sichqonchaning o’ng tomonini bosasiz va eng pastidagi “Properties” tugmasini bosasiz. Hackerlar kinolaridek qilib olishingiz ham mumkin )

CMD oynasida har xil kodlar yozib adashib qoldingizmi? Yoki u kodlarni sizga endi keragi yo’qmi? Endi sizga oxirgi eng kerakli(ko’p ishlatiladigan) buyruqni ko’rsatamiz:
cls buyrug'i oynani tozalash uchun ishlatiladi:

Ushbu buyruq oynani tozalash uchun oldingi yozilgan ma’lumotlarni barchasini “delete” qiladi.
Qo’lingizni sichqonchadan oling, CMD bilan kompyuterga yaqinroq bo’ling! Iloji boricha kirishga yordam berishga harakat qildik, foydasi tekkan bo’lsa xursandmiz. Bu dengizdan tomchi edi, izlaning!
Qo'shimcha o'rganish uchun yana bir manba:


-V. - masofadan -g'riy-serverdan javob ekraniga chiqish.
-N. - Dastlab ulanganda avtomatik tizimni o'chirish.
- Men. - Bir nechta fayllarni yuborishda interfaol so'rovlarni o'chirib qo'ying.
-d. - Narx rejimini yoqish.
-G. - Fayl nomlarining globallashuvini o'chirib qo'yish (Global buyrug'iga qarang).
-s: Ism_Name - FTP boshlanganda avtomatik ravishda bajarilgan FTP buyruqlarini o'z ichiga olgan matn faylini o'rnatish.
-A. - Ulanishni bog'lash uchun mahalliy interfeysdan foydalaning.
-A. - Serverga anonim ulanish.
-X: SOPSBUF yuboring - Standartni bekor qilish So_SNDBUF buferi hajmini (8192) bekor qiling.
-R: Repv Staktbuf - Standard So_RCVBUF buferi hajmini (8192) bekor qiling.
-B: Async hisoblash - Async o'lchagichining standart hajmini bekor qilish (3)
-W: oynalar - Oddiy uzatish tampon hajmi (65535).
tugun - Siz ulanishni xohlagan masofaviy tugunning ismini yoki IP-manzilini o'rnating.
Download 153.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling