Cmm-55 Allabergenova Munisa Ro’zimuxammad qizi Mustaqil ish Dunyoqarash va uning strukturasi Reja


Download 89.5 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi89.5 Kb.
#217881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Falsafa CMM-55Allabergenova Munisa Ro'zimuxammad qizi

5. Falsafiy dunyoqarash
Falsafa – borliq, turli shakllari orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalovchi nazariy qarashlar sistemasidir. Ushbu ta’rif “dunyoqarash” tushunchasiga berilgan ta’rifga o‘xshab ketadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki dunyoqarashning tarixiy tiplari bir-biridan predmeti bilan emas, uni anglash usullari bilan farqlanadilar. Falsafa – donishmandlik haqidagi ta’limotdir, shu boisdan u, biz ta’kidlab o‘tganimizdek, olamni aql chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilinadi.

Dunyoqarashni, ayniqsa falsafiy dunyoqarashni bir butun qilib ushlab turgan ikki qutb mavjud: olam va odam (yoki obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylik, katta olam va kichik olam va hokazo). Shuni nazarda tutgan holda hamyurtimiz, buyuk faylasuf Shayx Aziziddin Nasafiy butun olamning o‘zi ulug‘ olam (olami kubro) bo‘lsa, insonning o‘zi kichik olamdir (insoni kubro), deb ta’kidlaydi. Bunda odam olamning bir bo‘lagi sifatidagina emas, borliqning o‘ziga xos shakli sifatida idrok etiladi. Boshqa narsalardan uning farqi shundaki, u o‘ylash va bilish, sevish va nafratlanish, quvonish va qayg‘urish, orzu qilish va baxtli bo‘lish imkoniga ega. Ushbu qarama-qarshi qutblar orasidagi turli munosabatlar falsafaning bahs mavzuini tashkil etadi.

Falsafa uchun xarakterli bo‘lgan ba’zi savollarga nazar tashlaylik. Shirinlik – shakarning obyektiv xossasimi yoki odamning subyektiv tuyg‘usimi? Go‘zallik – narsalarga xos xususiyatmi yoki inson tomonidan o‘ylab topilgan mezonmi? Chuqurroq qarasak, bu va bunga o‘xshash savollar bir umumiy muammoga – borliq va ong, obyektivlik va subyektivlik, olam va odam orasidagi o‘zaro munosabatlarlarga taalluqlidir. “Falsafaning vazifasi, - deb yozgan edi Bertran Rassel, - ushbu savollarga javob berish yoki hech bo‘lmasaularni tadqiq etishdan iboratdir”. Bundan xulosa shuki, “olam-odam” muammosi universal xarakterga ega bo‘lib, har qanday falsafiy muammoning umumiy formulasi deb hisoblashi mumkin. Shuning uchun ham uni falsafaning asosiy masalasi deb atashadi.

Ba’zida nega aynan shu masala falsafaning asosiy masalasi deb hisoblanishini uqib olish qiyin bo‘ladi. Falsafa ikki yarim ming yildan beri mavjud, biroq uzoq muddat davomida ushbu masala faylasuflar tomonidan kun tartibiga qo‘yilmagan. Ko‘pgina faylasuflarbu masalani hal qilishga ham intilmaydilar. Masalan, Alber Kamyuning fikricha, falsafaning asosiy muammosi “inson o‘zi uchun berilgan umrni yashab o‘tishi kerakmi yoki buning hojati yo‘qmi?” – degan savoldan iboratdir.

Xo‘sh, unda olam va odam orasidagi munosabatlarni o‘rganishni falsafaning asosiy masalasi deb ta’kidlashga asos bormikan? Faylasuflarning ko‘pchiligi bu masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga intilmagan bo‘lsalarda, bir narsa oydek ravshan bo‘lib turibdi: olam va odam orasidagi munosabatlar muammosi o‘ziga xos xarakterga ega. Gap shundaki, “olam – odam” o‘zaro munosabati har qanday falsafiy mulohazaning negizini tashkil etadi. Bu muammoni ma’lum shaklda ifodalamoqchi bo‘lsak, uning bir necha boshqa savollar bilan bog‘liq ekanligiga amin bo‘lamiz.

“Olam-odam” munosabatlarini uch asosiy tipga bo‘lish mumkin: gnesiologik (bilishga doir), aksiologik (qadriyatlarga doir), prakseologik (amaliyotga doir). O‘z vaqtida buyuk nemis mutafakkiri Immanuil Kant falsafa uchun prinsipal ahamiyatga ega bo‘lgan uch savolni aytib o‘tgan edi. Ular quyidagilar: “Nimani bilishim mumkin?”, “nima qilishim kerak?”, “Nimaga umid qilishim mumkin?”. Savollar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, ular odamning olamga bo‘lgan munosabatlarining uch tipiga mos tushiga ishonch hosil qilamiz.

Falsafiy bilish “Olam nima?”-degan savolga javob berishdan boshlanadi. Bu savol mohiyatan “Biz olam haqida nimalarni bilamiz?”- degan savol bilan tutashdilar. Falsafa – bunday savolga javob izlaydigan yagona bilim sohasi emas. Asrlar davomida yangi va yangi nazariya va amaliyot natijalari unga javob berishga urinib ko‘rdilar. Biroq falsafaning olamni bilish borasidagi vazifalarni o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi.

Falsafaning shakllanishi – nazariy tafakkur tarixida yagni bosqich bo‘ldi. O‘zga bilim sohalariga nisbatan keyinroq yetuklikka erishgani tufayli falsafa uzoq yillar davomida universal nazariy bilim sifatida hukm surdi. Aristotelning fikriga ko‘ra, alohida fanlar borliqning konkret shakllarini o‘rgansalar, falsafa eng umumiy prinsiplarni aniqlashga intiladi. Kant esa falsafani turli bilimlarning sintezi deb hisoblardi. Shuning uchun falsafaning muhim vazifasi, uning fikricha, katta miqdordagi ritsional bilimlarga ega bo‘lish va ularni yagona yagona butunlikka birlashtirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur. Falsafa va faqat falsafaga o‘zga fanlarga sistemali birlik ato eta oladi.

Nazariy – falsafiy bilimning boshqa vazifalari ham bor. Bunday bilim yordamida kishilarda o‘z dunyoqarashlarini muttasil kengaytirib borishga ehtiyoj vujudga keladi. Falsafiy tafakkur atrof – muhitni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, makon va zamonning benazir tomonlariga nazar tashlashga harakat ham qiladi. Buni faylasuflar intelektning tajribasiz bilim yig‘ishga bo‘lgan qobiliyati deb ataydilar. Haqiqatdan ham, olamni makonda tubsiz, zamonda cheksiz yaxlitlik sifatida bilish uchun hech qanday tajribaga tayanib bo‘lmaydi. Tajriba bunday bilimlarni dunyoga keltira olmaydi, falsafa esa buning uddasidan chiqishga majbur.

Kantning “Nimani bilishim mumkin?” – degen savoliga qaytsak. Bu savol inson bilishining imkoniyatlariga ham taalluqli. Uni qator savollar bilan bog‘lash mumkin: “Olamni bilib bo‘ladimi?”, “Inson bilishning imkoniyatlari cheksizmi?”, “Agar olamni bilib bo‘lsa, unda bu vazifani fan qay tarzda, falsafa qay tarzda bajarmog‘i lozim?”, “Bilimlarning” haqqoniyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?, “Bilish uslublari qanday bo‘lmog‘i lozim?” va hokazo.

Bu savollarning barchasi falsafiy muammolar turkumiga kiradi va chuqurroq nazar tashlasak, ularda xam “olam-odam ” o‘zaro munosabatlari borligiga amin bo‘lamiz.

Olamni bilib bo‘ladi, deb xisoblovchi faylasuflarning pozitsiyalariga zid yo‘nalishlar xam bor.Bu qarashlar sistemasining birini skeptsizm deb atasak, ikkinchisini agnostitsizm deymiz.

Darxaqiqat, olamni bilish bilan bog‘liq savollrgam javob berish mushkul. Kant buni nixoyatda yaxshi tushunar yedi. Fan va falsafaning qudratiga yuqori baho berar ekan, u bilishning chegarasi bor, degan xulosaga keldi. Yigirmanchi asr faylasuflari bu fikrlagi ratsional mag‘izni uzoq yillar anglab yeta olmadilar. O‘z mohiyatiga ko‘ra, Kantning pozitsiyasi oqilona ogohlantirishdan iborat edi. “Inson, ko‘p narsani bilib olganingga qaramay, bilmagan narsalaring hali benihoyaligicha qolmoqda, bu arolikda yashash – sening taqdiringdir”, - demoqchi edi u.

Falsafiy mulohaza yuritishning mazmunini bilishga oid vazifalar bilan cheklanib qolmaydi. Bilimsiz faylasuf bo‘lishning imkoni yo‘q, lekin faqat bilim yordamidagina faylasuf bo‘lib bo‘lmaydi. Donishmandlikni bilimdan emas, turmush tarzidan izlamoq zarur. Haqiqiy faylasuf faqat so‘z bilan emas, ish bilan ham tarbiyalaydi.

Falsafa – mukammal donishmandlik g‘oyalari yig‘indisidir. U inson tafakkurining oliy maqsadini ahloqiy qadriyatlar bilan bog‘lovchi vositadir. Shuningdek, falsafa ahloqiy qadriyatlarni ham asoslab beradi.

Xo‘sh, falsafiy izlanishning oliy maqsadi nimadan iborat? Kantning “olam – odam” o‘zaro munosabatlariga doir uch savolini eslaylik. Buyuk mutafakkir ushbu uch savol ustida bosh qotirar ekan, ularning barchasi bitta – “Inson nima”? degan to‘rtinchi savolni tug‘dirishini ko‘rsatib o‘tadi. Ko‘rinib turibdiki, Kant insonni oliy qadriyat deb e’lon qiladi. Falsafaning maqsadi ham inson, uning axloqiy ma’suliyati haqida fikr yuritish, bilm yig‘ishdan iboratdir.

Xullas, falsafiy dunyoqarash – nazariy sistemalashtirilgan, izchil, asoslangan qarashlar yig‘indisidir. Unda ikki qutb mavjud: olam va odam. Falsafaning asosiy masalasi ana shu ikki qutb orasidagi o‘zaro munosabatni tadqiq etishdan iborat. Bu masala bir necha savollar turkumiga bo‘linadi va olamni falsafiy bilishga undaydi.


Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling