Colorful Illustration Rounded Corners About Me Blank Education Presentation nusxasi
Download 34.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Colorful Illustration Rounded Corners About Me Blank Education Presentation nusxasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Termiz muhandislik-texnalogiya instituti Qurilish fakulteti Yo’l muhandisligi yo’nalishi 3-20-guruh talabasi Tojiyev O’rolning Avtomobil yo’llarini eksplutatsiya qilish fani “Yo‘l xo’jaligining ishlab chiqarish bazalarini tashkil etish ” mavzusidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Reja: 1.Yo‘l xo‘jaligining asosiy vazifalari va ishlab chiqarish bazalari. 2.Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlarini sifatini baholash. “O‘zavtoYo‘l” kompaniyasining oliy boshqaruv organi uning Kengashidir. Kompaniya kengashi kompaniya rahbari, uning o‘rinbosarlari, kompaniya a’zolari byo‘lgan korxona rahbarlari tarkibida tasdiqlanadi. Kompaniya kengashining alohida vazifalariga quyidagi masalalar kiradi: -respublika avtomobil Yo‘l tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish; -respublika Yo‘l xo‘jaliklarini iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy Yo‘nalishlarini aniqlash; -Yo‘l jamg‘armasini tashkil etish tartibini beligalash va undan asosli ravishda sarflanganligini baholash; -Yo‘l xo‘jaliklari bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va kelgusida respublika hukumatiga takliflar kiritish; -kelgusida respublika xukumatiga takliflar kiritish uchun Yo‘l xo‘jaliklari bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqish; -hamkorlik faoliyatining yillik va kelajak dasturlarini tasdiqlash, ularni amalga oshirishning hisobotini eshitish; -kompaniyaning Ustav jamg‘armasiga kirishdatyo‘lanadigan solik miqdorini belgilash; -kompaniya tarkibiga kirish yoki chiqish haqida qaror qabul kilish; -kompaniyaning markazlashgan jamg‘armasini tashkil etish va sarflash tartibini belgilash; -kompaniya daromadidan markazlashgan jamg‘armani tyo‘ldirish va ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash. "O‘zavtoYo‘l" kompaniyasi Kengashining majlisi zaruratga qarab, bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Kompaniya Kengashining Qarorlari ochiq ovoz berish va ko‘p ovoz olish Yo‘li bilan qabul qilinadi va qarorlarda rasmiylashtiriladi. Kompaniya Kengashining har bir a’zosi bir ovozga ega. “O‘zavtoyul” kompaniyasi Kengashi besh yil muddatga ishchi organ sifatida kompaniya boshqaruvini saylaydi. "O‘zavtoyul" kompaniyasining boshqaruvi: Kengash qarori bajarilishini tashkil etadi; Kengashda tasdiqlanishi lozim byo‘lgan qaror loyihalarini tayyorlaydi, Kengashda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalarni qayta ishlab chiqishni amalga oshiradi; "O‘zavtoYo‘l" kompaniyasining rahbari uning o‘rinbosarlari kabi respublika xukumati tomonidan tasdiqlangan Boshqaruv raisidir. Boshqaruv raisi kompaniyaning faoliyati uchun shaxsanjavobgar byo‘lib, quyidagi huquqlarga ega: -o‘z huquqlari doirasida buyruq va farmoyishlar chikarish; -boshka uyushmalar, korxonalar, muassasalar bilan munosabatlarda kompaniyani manfaatini ifodalash; -kompaniya nomidan shartnomalar, shuningdek, mehnat shartnomalarinituzish; -moliyaviy hisobot va boshqa hujjatlarni imzolash, ishonch qog‘ozlarini berish; -kompaniyaning yangi tuzilgan byo‘linma va korxonalari hakidagi Nizom va Ustavlarni tasdiqlash; -ijrochi apparatning tuzilishi, shtat jadvali va ularni saklash uchun harajatlar smetasi, uning tarkibiy byo‘linmalari hakidagi nizomni va lavozim Yo‘riqnomlarini tasdiqlash; -boshkaruvning navbatdagi majlisinichaqirish hakida qaror qabul qilish. “O‘zavtoYo‘l” kompaniyasining asosiy vazifalari: -qaysi idoraga qarashliligidan qat’iy nazar, respublikaning barcha avtomobil Yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishda yagona texnikaviy siyosatni amalga oshirish; -O‘zbekiston Respublikasi “Davlatistiqbolstat” qo‘mitasi bilan hamkorlikda kelgusida aholining ko‘payishini, regional iqtisodiy imkoniyatlarni, mudofaa qobiliyatini mutahkamlash va atrof- muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda respublika Yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiya loyihasini ishlab chiqish; -umumfoydalanuvdagi avtomobil Yyo‘llarining texnikaviy holati va ulardagi o‘tkazuvchanlikni ta’minlash ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish; -umumfoydalanuvdagi avtomobil Yo‘llarini loyihalash, qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha masalalarni har tomonlama hal qilishni ta’minlash; -davlat topshiriqlari asosida hamda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma va bitimlar orqalisamarali pudrat qurilish faoliyatini ta’minlash; -respublikaga xorijiy sheriklarni jalb qilish va respublikadan tashqarida ham kompaniyaning muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkon yaratadigan o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni Yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish; YUklangan vazifalarga binoan “O‘zavtoYo‘l” kompaniyasi: -respublika avtomobil Yo‘l tarmoqlarini hisobga olib borishni va ularning transport foydalanish holatlarini baholashni tashkil etadi; -ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning respublika miqyosidagi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; -umumfoydalanuvdagi avtomobil Yo‘l tarmoqlarini kelgusida shakllantirish va takomillashtirishni belgilaydi; -umumfoydalanuvdagi avtomobil Yo‘l tarmoqlaridan foydalanish va hisobga olishni tashkil etadi, Yo‘l korxonalari va harbiylashtirilgan Yo‘l-ko‘prik byo‘linmalarini tuzadi, sarf etiladigan barcha Yo‘l qurilish materiallari va texnikasi zahiralarini tuzish va saqlashni tashkil etadi; -ilmiy-texnikaviy rivojlanishdagi eng muhim Yo‘nalishlarni aniqlab beradi, qo‘shma ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqishni amalga oshirishni tashkil etadi, ishlab chiqarishga samara beruvchi materiallarni, ilg‘or texnologiyani, yangi texnikani tatbiq etishda yordamko‘rsatadi; -ilg‘or Yo‘l qurilish me’yorlarini ishlabchiqishni va qyo‘llashni tashkil etadi, eskirib qolgandavlat Yo‘lstandartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi; -jiddiy vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda (tabiiy ofat, avariya va shunga o‘xshash) a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; -avtomobil Yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash uchun moliyaviy mablag‘lar yig‘ishni tashkil etadi va nazorat qiladi; -umumfoydalanuvdagi avtomobil Yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash harajatlarini belgilashda va kompaniya a’zolariga o‘zaro xizmatlarini ko‘rsatishda narx belgilashning umumiy tamoyillarini aniqlaydi; -respublika uchun muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega byo‘lgan Yo‘l tarmog‘i inshootlarini qurish (qayta tiklash) uchun davlat buyurtmasini tuzadi; -davlat topshiriqlarini bajarish uchun moddiy-texnika xomashyolar me’yorlarini va markazlashtirib ajratiladigan kapital jamg‘arma limitlarini saqlash vazifasini bajaradi; -markazlashtirilgan kompaniya mablag‘i hisobidan kompaniya a’zolariga vaqtincha moddiy yordam berilishini ta’minlaydi; -ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil qilishni takomillashtiradi; -xodimlarning malakasini oshirish, ularnitayyorlash va qayta tayyorlash xamda ijtimoiy masalalarni hal etishda yordam beradi; -axborot, nashriyotchilik, maslahat, muhandislik va vositachilikka oid hamda boshqa xizmatlarni bajaradi. Respublika miqyosida avtomobil Yo‘llarini loyihalash “O‘zavtoYo‘l” DAK tarkibiga kirgan hududiy “Yo‘l loyiha markaz”lari, avtomobil Yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti va turli mulkchilik shaklidagi MCHJ lar tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l loyihasini ishlab chiqishda sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi shart qilib belgilanadi. Loyihalash jarayonida harakat xavfsizligining qay darajada ta’minlanganini baholash uchun yakuniy avariyalik koeffitsienti grafigini butun Yo‘l uzunligi bo‘yicha hisoblab, me’yoriy ko‘rsatkichdan oshmaslik chora-tadbirlari qo‘riladi. Loyiha ishlari yakunlanganidan keyin uni belgilangan tartibda IIV YHXBB yoki IIB YHXB bilan kelishib, so‘ngra qurilish tashkilotlariga real sharoitda amalga oshirish uchun beriladi. Loyiha bo‘yicha Yo‘l qurilishini asosan respublikada “Yo‘l-ta’mirlash qurilish tashkilotlari”, ayrim hollarda “Xalqaro davlat ahamiyatidagi avtomobil Yo‘llarini saqlash bo‘yicha ixtisoslashgan ta’mirlash – foydalanish korxonalari” tomonidan amalga oshiriladi. Qurilishni amalga oshirayotgan qanday tashkilot (NazarbekavtoYo‘l korxonasi, Samarqand obodonchiligi aksiyadorlik uyushmasi, Olmaliq obodonchiligi yopiq aksiyadorlik uyushmasi) byo‘lishidan qat’iy nazar, ularga qo‘yiladigan asosiy talab loyihada ko‘rsatilgan ishlarning barchasini sifatli qilib bajarish hisoblanadi. Bajarilgan ishlarni Davlat komissiyasi tomonidan maxsus tuziladigan aktga asosan foydalanishga qabul qilinadi. E’tiboringiz uchun rahmat!!! Download 34.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling