Conference Paper · June 020 citations reads 154 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 106.96 Kb. Pdf ko'rish
|
55.13.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Asosiy qism
Key words:investment, investment climate, political factors, economic
factors, social factors, legal factors, inflation rate, tax benefits. Аннотация: В данной статье анализируются факторы, влияющие на инвестиционный климат в стране и формирование благоприятного инвестиционного климата в Узбекистане. В статье также рассматривается объем инвестиций в экономику Узбекистана на сегодняшний день. В статье также содержатся предложения по созданию благоприятного инвестиционного климата в Узбекистане. 369 Ключевые слова: инвестиции, инвестиционный климат, политические факторы, экономические факторы, социальные факторы, правовые факторы, уровень инфляции, налоговые льготы. Kirish: Investitsiya iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya asosida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, uni modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilish mumkin. Iqtisodiyotda investitsiyalar hajmini oshirish har doim dolzarb masalalardan bo‘lib kelgan. Ma’lumki, iqtisodiyotda investitsiyalarning hajmi oshishi bevosita mamlakatda shakllangan investitsion muhitga bog‘liq hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyotda investitsiyalarning hajmini oshirish uchun eng avvalo, qulay investitsion muhit shakllantirish talab etiladi. Investitsiya to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Miirziyoyev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.”[1] Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham qulay investitsion muhitni shakllantirish asosiy urg‘u qaratilgan: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish.[2] Yuqoridagilardan hozirgi kun O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning hajmini oshirish hamda qulay investitsion muhit shakllantirish dolzarb masala hisoblanishi kelib chiqadi. Mamlakatda investitsiylarning hajmini oshirishga erishish uchun eng avvalo mamlakatda qulay investitsion muhit shakllantirish talab etiladi. Budan kelib shu narsa kelib chiqadi-ki, investitsion muhitga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish hozirgi kunda juda muhim masaladir. Asosiy qism: O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirishga qaratilgan siyosat olib borilayotganligi hamda sohada amalga oshirilayotgan islohatlarni natijasida mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar salmog‘i yildan- yilga oshib bormoqda(1-jadval). Download 106.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling