Cooh saqlagan uglevodorodlar karbon kislotalar


ALIFAT1K KARBON KISLOTA HOSILALARI


Download 100.5 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi100.5 Kb.
#1062276
1   2   3   4
Bog'liq
Alifatik karbon kislotalar hosilalari to\'g\'rilandi

ALIFAT1K KARBON KISLOTA HOSILALARI




Kalsiy laktat - Calcii lactase.


Deyarli hidsiz, oq mayda kukun. Havoda uchuvchan. Suvda eruvchan (sekinlik bilan). Issiq suvda esa oson eruvchan. Chinligi:
1) kaliy permanganat bilan atsetaldegid hosil qilishi (hid);
2) yodoform hosil qilishi;
3) kalsiy ionini aniqlash: kalsiy xloridga qarang.
Miqdoriy tahlili. kompleksonometriya. Kalsiy ionlari manbayi. Antiallergik vosita. Dori shakllari: kukun, tabletka.





H H OH H n I I I I /? chj-c—с—с—с—с;


I I I I I \)
он он он H OH
Kalsiy glukonat - Calcii gluconas
Hidsiz, oq donsimon yoki kristall kukun. SO qism suvda sekinlik bilan eriydi, 5 qism issiq suvda eruvchan.
Chinligi:

  1. temir (III) xlorid bilan och-yashil rang hosil qiladi;

  2. kalsiy ionini aniqlash: kalsiy xloridga qarang.

Miqdoriy tahlil: kompleksonometriya. Kalsiy ionlari manbayi, antiallergik vosita. Dori shakllari: kukun, tabletka, inyeksiya uchun eritma.


Kaliy gidrotartrat - Kalii hydrotartras


Nordon mazali, oq kristall kukun, sovuq suvda qiyin eriydi, qaynoq suvda birmun- cha oson eriydi, spirtda erimaydi, ishqor va mineral kislotalarda yaxshi eriydi.
Chinligi:

  1. kaliy ioniga xos sifat reaksiya;

  2. tartrat kislota qoldig'i quruq holdagisini kuydirganda kuygan qandni eslatuvchi hid bo'yicha aniqlanadi.

Miqdori: neytrallash usuli.

Inyeksiya uchun natriy sitrat - Natrii cit- ras pro injectionibus
Hidsiz, sho‘r ta’mli, rangsiz kristallar yoki oq kristall kukun. Havoda uchuvchan. 1,5 qism suvda eriydi.


HO-C-COONa 5,5H,0
I 2
CHj-COONa
Chinligi:

  1. kalsiy xlorid bilan qaynatilganda oq cho'kma beradi;

  2. natriy ioniga reaksiya: natriy gidrokar- bonatga qarang.

Miqdoriy tahlii. ion almashinuv xro- matografiyasi.
Qonning konservatsiyasi uchun eritma sifatida ishlatiladi.
=+===============================================
+++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++
++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++++

Bu dori moddalaming chinligi ulardagi kaliy, natriy va kalsiy ionlari va kislota qoldig‘ini aniqlashga asoslangan. Masalan, kaliy atsetatdagi kaliy ionini, uning eritmasidan tartrat kislota ta’sirida oq mayda dispers cho‘kma holida cho'ktirib aniqlanadi:


Kaliy ionini yana alanganing rangsiz qismini binafsha rangga bo‘yashi bo‘yicha ham aniqlanadi.
Kaliy ionini, uning karbon kislotali tuzlaridan natriy kobaltinitrit bilan sariq cho‘kma holida ham aniqlanadi:
Natriy y-oksibutirat va natriy sitratdagi natriy ionini alanganing rangsiz qismini sariq rangga bo‘yashi bo'yicha yoki sirka kislota­li muhitda rux-uranil atsetat bilan sariq cho‘kma holida cho‘ktirib aniqlanadi:
Kalsiy laktat va kalsiy glukonatlardagi kalsiy ioni ammoniy oksalat eritmasi ta’sirida oq cho‘kma kalsiy oksalat holida cho'ktirib,
isbotlanadi. Bundan tashqari, kalsiyni alanganing rangsiz qismini qizil rangga bo‘yashi bo'yicha ham aniqlanadi.
Kaliy atsetatdagi atsetat ioni meva hidini eslatuvchi etilatsetat efiriga o‘tkazib bilinadi. Uni preparatni konsentrlangan sulfat kislota va spirt ishtirokida qizdirib olinadi:
Kaliy atsetatdagi atsetat ionini temir (III) xlorid eritmasi ta’sirida qizil-qo‘ng‘ir rangli temir atsetat asos tuz hosil qilishi bo‘yicha ham aniqlanadi:
9CH3COOK + 3FeCl3 + 2H20 -»[(CH3COO)6 Fe3 (OH)2 f CH3COO"
+ 2CH3COOH + 9KC1
Temir (III) xlorid bilan kalsiy glukonat yashil rangli tuz hosil qiladi:
3{HO - CH2 - (CHOH)4 - COO]2 Ca + 2FeCl3 -> -» 2[HO-CH2 -(CHOH)4 - COO]3 Fe+3CaCl2
Kalsiy laktat tuzidagi sut kislota qoldig‘ini, uning eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota va kaliy permanganat eritmasi qo‘shib qizdirilganda o‘ziga xos hidli sirka aldegidi ajralib chiqishi bo‘yicha aniqlanadi:
5(CH3CHOHCOO)2 Ca + 4KMn04 +11H2S04 ->
-H0CH3C^°T + 5CaS04+2K2S04+4MnS04+16H20 + 10C02 T H
Natriy y-oksibutiratdagi oksibutirat ionini xlorid kislota ta’sirida butirolaktonga o‘tkazib, so‘ngra uni efir bilan ekstraksiya qilib ajratib olinadi va refraktometrda nur sindirish ko'rsatkichi (n0 ~ 1,4280­1,4360) aniqlanadi:
HO—CH2—CH2—CH2—COONa + HC1
Kaliy gidrotartratdagi tartrat kislota qoldig‘i, preparatning quruq holdagisini kuydirganda, kuygan qandni eslatuvchi hid bo‘yicha aniqlanadi.
Natriy sitratning chinligini aniqlash uchun, uning suvdagi eritmasiga kalsiy xlorid eritmasi qo‘shib isitiladi. Bunda oq cho‘kma holida kalsiy sitrat tuzi cho‘kadi. Bu tuzning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning sovuq suvda issiq suvga nisbatan yaxshi eruvchanligidir. Shuning uchun ham eritma isitilganda hosil bo'lgan cho'kma, sovitilishi bilan erib ketadi:




Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling