Преобразовать таблицу в текст (Convert Table to Text) Преобразовать текст в таблицу (Convert Text to Table) buyrug‘iga teskari buyruq bo‘lib, mavjud jadvalni abzasli matnga elementlarini ochiladigan oynada tanlanadigan simvol yordamida ajratib aylantirish imkoniyatini beradi.
Инструменты (Tools) menyusi
Инструменты (Tools) menyusida dasturni sozlash, ayrim qo‘shimcha oynalarni ochish buyruqlari, shuningdek yordamchi funksiyalar joylashgan.
Menyuning dastlabki bo‘limlari — Параметры (Options), Настройка (Customization), Управление цветом (Color Management) va Сохранить как настройки по умолчанию (Save Settings As Default) —dastur parametrlari, undagi ranglarni sozlash va saqlash imkoniyatini beruvchi oynalarini ochadi.
Shuningdek bir nechta qo‘shimcha oynalarni ochuvchi buyruqlar ham mavjud.
Создать (Create) Menyuning bu bo‘limida CorelDRAW dasturining ayrim maxsus ob‘yektlarini yaratish buyruqlari jamlangan.
Стрелка (Arrow) — belgilangan ob‘yekt asosida strelka yaratish.
Символ (Character) — belgilangan simvol asosida harf yaratish.
Заливка узором (Pattern Fill) — rasm asosida ob‘yektlarni naqshli bo‘yash imkoniyatini beruvchi vositani yaratish.
Запустить макрос (Run Script) и Макрос (Macros) Visual Basic dasturlash tilida makroslar yozish va yozilgan makroslarni bajarish buyruqlari joylashgan.
Окно (Window) menyusi
Bu menyuda hujjatlarning oynalari bilan ishlash, qo‘shimcha oynalar va asboblar panelini ochish buyruqlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |