Ochiq oynalar ro‘yxati Окно (Window) menyusining pastki qismida barcha ochilgan oynalar ro‘yxati bo‘ladi.
Ushbu ro‘yxatdan kerakli oyna nomini tanlab uni faol oynaga aylantirish mumkin.
Bir oynadan boshqasiga o‘tish uchun standart klavishalar — Ctrl+F6, Ctrl+Tab yoki Ctrl+Shift+Tab ketma-ketligidan foydalanish mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
CorelDRAW dasturi menyulari?
Файл (File) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Вид (View) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Упорядочить (Arrange) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Эффекты (Effects) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Растровые изображения menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Текст menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Таблица (Table) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Инструменты (Tools) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Окно (Window) menyusi va uning qanday buyruqlari bor?
Abzasli va satrli matn nima?
IV -BOB. CorelDRAW DASTURI ASBOBLAR PANELI
Asboblar paneli bilan ishlash
Asboblar paneli — CorelDRAW dasturi interfeysining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Hujjat oynasida ixtiyoriy amal asboblar panelidagi biror asbob yordamida bajariladi. Bunda tanlangan asbob va belgilangan ob‘yektga bog‘liq ravishda dastur xususiyatlar panellari ham o‘zgarib turadi. CorelDRAW barcha asboblar asboblar panelida (4.1-rasm) jamlangan. Rasmda ko‘rsatilganidek asboblar bajaradigan vazifasi turiga qarab guruhlarga ajratilib joylashtirilgan. Guruhning barcha asboblarini ko‘rish va ulardan birortasini tanlash uchun asboblar panelining kerakli joyiga sichqoncha chap tugmasi bosiladi va bir oz kutib turiladi. Bu guruhlarni alohida panel sifatida ham asboblar panelidan sichqoncha bilan tortib oynadagi bo‘sh joyga ajratib olish mumkin. Quyida ayrim asboblarni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |