Covid – 19 pandemiyasi haqida qisqacha ma’lumot


Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga tasiri


Download 268.87 Kb.
bet3/13
Sana28.09.2023
Hajmi268.87 Kb.
#1689351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Covid – 19 pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga tasiri

2. Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga tasiri
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.

2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanishTadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning2
yuqori sur’atlari:

  • Xitoy;

  • Tojikiston;

  • Armaniston;

  • O‘zbekistonda.

past sur’atlari:

  • AQSh;

  • Buyuk Britaniya;

  • Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.

Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:

  • AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);

  • Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);

  • Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);

  • Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);

  • Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi



Download 268.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling