Covid-19 pandеmiyasining xalqaro savdoga ta'siri. Reja
Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri
Download 119.76 Kb.
|
Covid
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSh Federal Rezerv Tizimi
- jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlari prognozini 0,5%ga kamaytirdi.
1.2. Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri
XVF²: ”Pandemiyaning salbiy ta’siri 2020 yilning birinchi yarmiga to’gri keldi va bu iqtisodiyot uchun o’g’ir sinov bo’ldi. Lekin o’z vaqtida cheklash va qo’llab quvvatlash, samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo’llab bilish natijasida yilning oxirigacha O’zbekiston iqtisodiyoti ijobiy tomonga o’sdi”,- deb ta’kidladi. Respublikamiz uchun koronavirus pandemiyasi ta’siridagi iqtisodiy yo‘qotishlarni qoplash uchun bizningcha bu yil 5 yoki 6 oy talab etiladi va o’tgan yilda iqtisodiy o‘sish pasayib 1,4 – 1,6 foiz atrofida bo‘ldi va joriy yili esa qabul qilingan Inqirozga qarshi chora tadbirlarning mahsuli sifatida o‘sish sur’ati 7,0 atrofida va undan yuqori bo‘ladi. Vaziyatning keskin o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonning "Bir makon-bir yo‘l" davlatlari bilan hamkorligi ulkan va hali to‘la amalga oshirilmagan salohiyatga ega ekanligini ahamiyatga olish darkor. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan bildirilgan transport, innovatsiya va ta’lim sohalaridagi aniq tashabbuslar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yangi darajaga ko‘tara oladi va "Bir makon-bir yo‘l" doirasida barqaror iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga to‘siq bo‘lib turgan eng dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha hamkorlikka yo‘naltiradi. O‘zbekiston “Bir makon-bir yo‘l” loyihasini, transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlik doirasida Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. "Bir makon-bir yo‘l"ga a’zo mamlakatlar bilan sayyohlik sohasida faol hamkorlik O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlarni ochadi. “Bir makon-bir yo‘l”ning 60 mamlakati eng yirik tashqi turist “yetkazib beruvchilar”dir. Jahon sayyohlik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi sayyohlar tomonidan sarflangan pullarning 20 foizidan ko‘prog‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Ular 2017 yilda ²XVF – Xalqaro valyuta fondi turizmga 250,6 milliard dollar sarflagan. Ekspertlarning qayd etishicha, 2021 yilga kelib jahondagi Xitoy sayyohlarining soni 200 millionga, ularning xarajatlari 429 milliard dollarga yetadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda nafaqat insoniyat hayotiga, balki ayrim davlatlar va umuman dunyo iqtisodiyotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Investorlarning vahima sababli aksiyalarini sotib yuborishi oqibatida dunyo bo‘ylab yetakchi bo‘lgan birjalarda yuzaga kelgan inqirozni ekspertlar oxirgi 10 yillikda kuzatilmagan, deb baholashmoqda. Mazkur vaziyat oddiy “informatsion panika” emas, balki jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid ekanini dunyodagi yetakchi moliyaviy institutlar, xalqaro tashkilotlar va ayrim davlatlar amalga oshirayotgan harakatlardan ham kuzatish mumkin. Jumladan, AQSh Federal Rezerv Tizimi iqtisodiy faollikni barqaror holatda ushlab turish maqsadida, bazaviy foiz stavkasini 0,5 foiz punktga tushirdi. Mazkur qaror 2008 yilgi inqiroz davridan beri birinchi marta bo‘layotgani ahamiyatga molikdir. AQSh moliya vazirligi huzurida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) 2020 yildagi jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlari prognozini 0,5%ga kamaytirdi. IHRT, savdo urushlari va siyosiy tanglik tufayli o‘zi shundoq ham “jar yoqasida”gi dunyo iqtisodiyotining hozirgi kundagi ta’minot zanjirining uzilishi, resurslarga bo‘lgan talabning sustlashishi, turizmdagi pasayish tendensiyasi va kasallik sababli iste’molchilar ishonchining kamayishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. IHRT hisobotiga ko‘ra, eng yomon ssenariy (Downside scenario) bo‘yicha, ya’ni pandemiya ko‘lamining dunyo bo‘ylab kengayishi, pandemiyaga qarshi qo‘llaniladigan choralar va vahima sababli, ishlab chiqarishga jiddiy zarar keltirishi va oqibatda iqtisodiy retsessiyani olib kelishi, global iqtisodiy o‘sish 1,5% gacha pasayishi prognoz qilingan. O‘z navbatida, bu holatning ta’siri mamlakatlar uchun judayam kuchli va davomli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. O‘zbekistonda mazkur vaziyat yuzasidan bo‘lgan qisqa muddatli muhim choralarni ko‘rish ehtiyojini tug‘dirmoqda. Download 119.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling