Covid-19 pandеmiyasining xalqaro savdoga ta'siri. Reja
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida
Download 119.76 Kb.
|
Covid
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi; - ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilandi; - ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi); Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5969-sonli farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi (Elektron manba) 29.12.2020 https://president.uz/uz/lists/view/4057 (murojat qilingan vaqt: 12.05.2021) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari http://web.stat.uz/open_data (Elektron manba ) (murojaat qilingan vaqt: 12.05.2021) Global qashshoqlikning asosiy sabablari https://www.concernusa.org/story/causes-of-poverty/ (Elektron manba ) (murojaat qilingan vaqt: 12.05.2021) Xalqaro valyuta fondi tomonidan har yili amalga oshirilayotgan davlatlar o‘rtasidagi statistik tahlillar https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro valyuta fondi O’zbekiston 2030 yil yo’lida: Isloh qilingan iqtisodiyot va jamiyat uchun ijtimoiy himoyaning yangi modeli Pandemiya sharoitida aholini tibbiy yordam bilan qamrab olish https://president.uz/uz/lists/view/3741 (murojaat qilingan vaqt: 12.05.2021) Download 119.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling