Create (yaratish) buyruqlar paneli. Standart obyektlar tasnifi


Arxitektura va konstruktorlik ishlariga mo‘ljallagan obyektlarni modellashtirish


Download 1.64 Mb.
bet3/3
Sana16.01.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1095311
1   2   3
Bog'liq
36-mavzu

Arxitektura va konstruktorlik ishlariga mo‘ljallagan obyektlarni modellashtirish

  1. Doors (Eshiklar) – uch turdagi eshiklarni yaratadi: Pivot (Ochiladigan (kirish eshigi)); Sliding (Suriladigan (shkaflar eshigi)); BiFold (Qo‘sh tavaqali).

  2. Windows (Deraza) – olti turdagi derazalar yaratish: Awning (Ayvonli (shkaflar polkasi)); Fixed (Fiksirlangan); Projected (Loyihalanadigan (turli tomonlarga ochiladigan)); Casement (Tavaqali (deraza eshiklari)); Pivoted (O‘z o‘qi atrofida buriladigan); Sliding (Suriladigan).

  3. AEC Extended – ushbu toifaga uch turdagi obyektlar kiradi: Foliage (Barglar) – tayyor daraxtlar va butalarni ularni tahrirlash mumkin bo‘lgan ro‘yxatdan tanlash; Railing (To‘siq) – to‘siqlar va panjaralar yaratish; Wall (Devor) – devor yaratish (ixtiyoriy proeksiyalar oynasiga kursor ko‘chiriladi va sichqonchaning chap tugmasini bosib kerakli sondagi devor yaratiladi, so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi).

  4. Stairs (Zinalar) – to‘rt turdagi zinalar yaratish: LTypeStair (L-simon); Straight Stair (To‘g‘ri); Spiral Stair (Spiralsimon); UTypeStair (U-simon).



3-rasm. Arxitekturaviy obyektlardan foydalanish.
Izoh: Arxitekturaviy obyektlar aniq sxematik loyihalarni etarlicha tez yaratish imkonini beradi.
Shapes turidagi ikki o‘lchovli obyektlar yaratish
Splaynlar (Spline) – bu yopiq va ochiq konturlarni tashkil qiluvchi ikki o‘lchovli egri chiziqlar hisoblanadi. Ushbu egri chiziqlar o‘zida obyektlar tayyorlanishini namoyon etadi, qaysiki keyinchalik maxsus buyruqlar orqali uch o‘lchovli obyektlarga o‘zgaradi.
Splaynlar yaratish toifasiga kirish uchun Shapes (Shakllar) tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
Standart primitivlarda bo‘lgani singari, aksariyat splaynlar umumiy bo‘lmaga ega bo‘lib, ularga quyidagilar tegishli:
1. Rendering bo‘lmasi – splaynni vizuallashtirilayotgan obyektga o‘zgartiradi (dastlab yaratilgan splayn vizuallashish oynasiga ko‘rsatilmaydi). Obyekt vizuallashadigan bo‘lishi uchun Enable In Renderer (Vizuallashtirishda faol) parametrini o‘rnatish kerak. Enable In Viewport (Proeksiya oynasida faol) parametri – proeksiya oynalarida obyektni tasvirlaydi.

4-rasm. Chapdan o‘ngga: 1. Vizuallashtirilmagan splayn doira. (Circle); 2. Radial turi bo‘yicha vizualashtirilgan obyekt; 3. Rectangular turi bo‘yicha vizualashtirilgan obyekt.
Splaynni hajmiy va vizuallashuvchan qilishning ikki xil usuli mavjud:
1. Radial (Radialga xos) – bu holatda Thichness (Qalinlik), Sides (Tomonlar soni) va Angle (Burchak) kabi parametrlar belgilanadi; 2. Rectangular (To‘rtburchak) – so‘raladigan parametrlar: Length (Uzunlik), Width (Kenglik), Angle (Burchak), Aspect (Ko‘rinish) – uzunlik va kenglik o‘rtasidagi nisbat (4-rasm).
Izoh: Belgilangan qalinlikdagi vizuallashadigan splaynni Editable Mesh (Tahrirlanadigan karkas)da o‘zgartirish mumkin va u bilan uch o‘lchovli obyekt sifatida ishlash mumkin.

  1. Enterpolation (Interpolyasiya) – ushbu bo‘lmada splayn segmentlarini tashkil etuvchilar soni beriladi. Segmentlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, obyekt shuncha silliq bo‘ladi. Masalan, Agar splaynda “doira” qadamlar (Steps) soni nol deb berilsa, u holda, romga ega bo‘linadi. Adaptive parametri yoqilgan bo‘lsa, dasturning o‘zi splaynni silliqlaydi.

  2. Parameters (Parametrlar) bo‘lmasi – splaynning tahrirlanadigan parametrlari.

Izoh: Splaynlarning standart primitivlari kabi Creation Method (Yaratish metodi) va Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) bo‘lmalari ham mavjud

Mavzu yuzasidan savollar:



  1. Create (yaratish) buyruqlar panelining vazifasi nima?

  2. Primitivlar nimalardan tashkil topadi?.

  3. Obyekt yaratilgandan so‘ng uni o‘zgartirish uchun qaysi sahifaga o‘tish va kerakli parametrlarni kiritish lozim?

  4. Doors (Eshiklar) – necha turdagi eshiklarni yaratadi?

Javoblar:

  1. Create (yaratish) buyruqlar paneli grafik jihatdan bosh menyuning bir xil nomdagi bandlarini takrorlaydi va proeksiya oynalarida turlicha obyektlarni yaratish imkonini beradi

  2. Primitivlar poligonlar (Polygons) – ko‘pburchaklardan tashkil topadi, obyektning qanchalik darajada silliq bo‘lishi uning tomonlari soniga bog‘liq.

  3. Obyekt yaratilgandan so‘ng uni o‘zgartirish uchun Modify (O‘zgartirish) sahifasiga o‘tish va kerakli parametrlarni kiritish lozim

  4. Doors (Eshiklar) – uch turdagi eshiklarni yaratadi: Pivot (Ochiladigan (kirish eshigi)); Sliding (Suriladigan (shkaflar eshigi)); BiFold (Qo‘sh tavaqali).

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling