Creative kids center


Quyidagilar “Test department”ning majburiyatlari hisoblanadi


Download 26.99 Kb.
bet4/7
Sana28.08.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1670884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test department nizomi

2. Quyidagilar “Test department”ning majburiyatlari hisoblanadi:
2.1.O‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, ta'lim muassasasi tomonidan rejalashtirilgan haftalik, repititsion, diagnostik, tashqi va ichki hamda boshqa turdagi olimpiadalarni o‘tkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni samarali amalga oshirish.
2.2.Ta’lim muassasasiga rejalashtirilgan haftalik, repititsion, diagnostik, tashqi va ichki hamda boshqa turdagi olimpiadalarni tashkil etish, test sinovi natijalarining xolisonaligi va ishonchliligini ta’minlash sohasida dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish.


4-bob. “Test department” bo‘limi boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari

1.Quyidagilar “Test department” bo‘limi boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1.1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish.
1.2.Test department bo‘limi ning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, test department bo‘limiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish.
1.3.Maktab asoschisi va direktorining qarorlari bilan tasdiqlangan “Test department” bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini chuqur tahlil qilish.
1.4.Maktab asoschisi, direktori va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
1.5.Test department bo‘limi faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, test departamentning ish rejasini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash.
1.6.Test sinovi ishtirokchilari bankini shakllantirish, test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha ular uchun amaliy seminarlar tashkil qilish.
1.7.O‘ziga yuklangan vazifalarni hal etish uchun yetakchi pedagog-mutaxassislar jalb etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan, maqsadli va vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot guruhlari va ijodiy guruhlar tashkil etish.
1.8.Test department faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish.
1.9.Test sinovlari nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul shaxslarning bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantiruvchi amaliy seminarlar tashkil qilish.
1.10.Test topshiriqlari asosida ko‘p variantli savollar kitobini shakllantirish hamda ularning maxfiyligini ta’minlagan holda nashr qilish.
1.11.Test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqalariga ishlov berish, tekshirish
1.12. Test department bo‘limi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish.
1.13. Test department bo‘limi xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish.
1.14. Test department bo‘limi xodimlarini tanlab olishda ishtirok etish, ularning samarali ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratish, xodimlar zaxirasini tashkil etish.
1.15. Test departament bo‘limiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash.
1.16. Test department bo‘limi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, uning egallab turgan lavozimida qolish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1.17. Test department xodimlari tomonidan maktab buyrug‘i bilan tasdiqlangan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.
1.18.“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Test department” tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish.
1.19.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish.
1.20. Maktab siriga hisoblanadigan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
1.21. “Test department” bo‘limi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish.
1.22. “Test department” bo‘limi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish.



Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling