Creative kids center


Download 26.99 Kb.
bet2/7
Sana28.08.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1670884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test department nizomi

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Creative Kids Center” nodavlat ta’lim muassasasi huzuridagi “Test department” bo‘limining (keyingi o‘rinlarda “Test department” bo‘limi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini belgilaydi.
2. “Test department” bo‘limi ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan haftalik, repititsion, diagnostik, tashqi, ichki hamda boshqa turdagi olimpiadalarni o‘tkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun javob beradigan vakolatli bo‘lim hisoblanadi.
3. “Test department” bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, muassasa asoschisi hamda direktorining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. “Test department” bo‘limining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari department xodimlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. “Test department” bo‘limi yuridik shaxs hisoblanmaydi.


2-bob. “Test department” bo‘limining vazifalari va funksiyalari

1. Quyidagilar “Test department” bo‘limining asosiy vazifalari hisoblanadi:


11. Ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan haftalik, repititsion, diagnostik, tashqi va ichki hamda boshqa turdagi olimpiadalarga ishtirokchilarni jalb qilish, olimpiadalarni o‘tkazilish vaqtlari haqida xabardor qilish, tashkil etish, o‘tkazish, natijalarini tahlil etish va e’lon qilish.
1.2. Test texnologiyalarini rivojlantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish.
2. Test departament o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
2.1.Olimpiadalarni e'lon qilish, test variantlarini ishlab chiqish, nashr qilish, olimpiada va test sinovlarini tashkil etish, natijalarini tahlil etish va e’lon qilish.
2.2.Sinf xonalarini test sinovlarini o‘tkazish uchun jihozlash borasida qo‘yiladigan talablarni maktab rahbariyati bilan ishlab chiqish.
2.3.Test sinovi ishtirokchilari bankini shakllantirish, test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha ular uchun amaliy seminarlar tashkil qilish.
2.4.Ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda test topshiruvchilar haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish, ularning yo‘nalishlar va guruhlar bo‘yicha taqsimotini amalga oshirish.
2.5.Amaldagi va rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida test sinovlarini tashkil etishni takomillashtirib boorish.
2.6.Test topshiruvchilar uchun test sinovi tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
2.7.Test sinovlarining shaffofligini ta’minlash uchun test sinovlari ishtirokchilarini belgilangan vazifalariga ko‘ra guruhlarga taqsimlash.
2.8.Test sinovlarining belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish.
2.9.Test sinovlari nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul shaxslarning bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantiruvchi dastur ishlab chiqish, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida takomillashtirib boorish.
2.10.Test sinovlari nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul shaxslarning bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantiruvchi amaliy seminarlar tashkil qilish.
2.11.Test topshiriqlari asosida ko‘p variantli savollar kitobini shakllantirish hamda ularning maxfiyligini ta’minlagan holda nashr qilish.
2.12.Test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqalariga ishlov berish, tekshirish;
2.13.Ta’lim muassasasi bilan birgalikda test sinovlari natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2.14.Test sinovi natijalarini hisoblash, har xil shakllarda tahlil qilish va natijalarni e’lon qilish.
2.15.Buyurtmachilarning buyurtmanomalariga muvofiq test sinovlarini o‘tkazish, to‘lov normativlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2.16.Yuqori malakali mutaxassislardan iborat umumta’lim va maxsus fanlar ekspertlari haqidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish.
2.17.Pedagogik o‘lchov vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish talablari bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, o‘qituvchilar uchun testologiya asoslari bo‘yicha seminarlar tashkil etish.
2.18.Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lgan fanlar bo‘yicha turli xil murakkablik darajasidagi test topshiriqlarini ishlab chiqish, ular bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishini tashkil etish.
2.19.Test topshiriqlari bankini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish.
2.20.Test topshiriqlari bankini shakllantirish sohasida hamkorlikni amalga oshirish.
2.21.Test topshiriqlari maxfiyligini saqlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish.
2.22.Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda test topshiriqlari bankini shakllantirish.
2.23.Test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda ta’lim muassasalariga va boshqa muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish.



Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling