Creative kids center


-bob. “Test department” bo‘limi admistratorining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari


Download 26.99 Kb.
bet5/7
Sana28.08.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1670884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test department nizomi

5-bob. “Test department” bo‘limi admistratorining asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari

1.Quyidagilar “Test department” bo‘limi admistratorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1.1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish.
1.2.Maktab asoschisi va direktorining qarorlari bilan tasdiqlangan “Test department” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini chuqur tahlil qilish.
1.3.Test department rahbarining topshiriqlarini bajarish.
1.4.Test sinovi ishtirokchilari bankini shakllantirish, test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha ular uchun amaliy seminarlar tashkil qilish.
1.5.Ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda test topshiruvchilar haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish, ularning yo‘nalishlar va guruhlar bo‘yicha taqsimotini amalga oshirish.
1.6.Test sinovlarining shaffofligini ta’minlash uchun test sinovlari ishtirokchilarini belgilangan vazifalariga ko‘ra guruhlarga taqsimlash.
1.7.Test sinovlariga ro‘yxatga olish ishlarini tashkillashtirish ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan haftalik, repititsion, diagnostik, tashqi va ichki hamda boshqa turdagi olimpiadalar haqida ommani habardor qilish, maktabning YouTube, Instagram sahifasi va Telegram guruhlarida ma'lumotlar berib boorish.
1.8. Test sinflari bo‘liadigan sinf xona va auditoriyalarni test topshiruvchilar uchun qulay, shaffoflik va adolat mezonlari buzilmaydigan tartibda jihozlash.
1.9.Test jarayonlarini yoritib boorish.
1.10.Test variantaarini tekshirishda adolat va shaffoflikni ta'minlash.
1.11.Test natijalarini umumlashtirish va ma'lumotlarni bo‘lim boshlig‘i va maktab rahbariyatiga vaqtida taqdim qilish.
1.12. Test departament faoliyatini rejalashtirishda va test departamentning ish rejasini bajarilishida ishtirok etish.
1.13.Test sinovi natijalarini hisoblash, har xil shakllarda tahlil qilish va natijalarni e’lon qilish.
1.14. Test department faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish.
1.15. Maktab buyrug‘i bilan tasdiqlangan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.
1.16.“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Test department tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish.
1.17. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish.
1.18.Maktab siriga hisoblanadigan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.



Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling