Criteria of national eastern education abstract
www.scientificprogress.uz
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy-sharqona-tarbiya-mezonlari
www.scientificprogress.uz
Page 763 Ilm-fan mo’jizalar yaratgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa ko’plab ajdodlarimiz qaysi zaminda yashamasin, qaysi tilda asarlar yaratmasin, o’z elini, urf- odatlarini unutmaganlar, doimo «O’zbek» degan nomni ulug’laganlar. Milliy an’analarmizni o’rganishda Maxmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Xojib singari mashhur siymolar xizmatlari ham beqiyosdir. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdulg’ozi Baxodirxon, Nodirabegim, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatan ham, bu davr el-yurt tarixini, madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi. Urf-odatlar, marosim va udumlar o’z-o’zicha boshqa xalqlar ma’naviyatidan ayricha taraqqiy etmagan qardosh-qozoq, qirg’iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining ta’sirida yaratilgan, taraqqiy topgan. Tarbiya metodlari (usullar) – o’qituvchi- tarbiyachining oquvchilarga ta’sir ko’rsatish usullar, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalarii va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faolyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridiir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odoob fazilatlarini tarkib toptirsh ta’sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. O’z-o’zini tarbiyalash bolaning doimiy ishi bo’lmog’i va uzluksiz davom etmog’i zarur. Chunki haqiqiy tarbiya bolani o’z kuch, layoqatlari va qobiliyatini ishga solishga undaydi, uning ideallarini, shaxsiy mulohazalarini, e’tiqodlarini tarkib toptiradi. Natijada bola shaxsini har tomonlama rivojlantiirishga qaratilgan tarbiyaviy jarayon o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidag asosiy guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: o’rgatish ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bular yordamida o’quvchida axloqiy odatlar hosil bo’ladi. O’quvchilarning xulqida tarbiyaviy mazmunga muvofiq axloqiy nafosat, mehnat qilish odatlari qaror topib boradi. Bunday odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi. Demak, bola shaxsini ifodalaydigan ijtimoiy xulq odatlarini hosil qilish uchun uni faoliyatga jalb etish yo’li bilan ijtimoiy aloqalar sharoitiga qo’yamiz va uning shaxsiy xususiyatlarini belgilaydigan odatlar hosil qilamiz. Bu guruh usullariga vazifalar bir-birdan farq qiladigan juda ko’p yo’l va vositalar kiradi. Masalan, o’quvchiga sharqona urf-odat, tarbiyani o’rgatish, mashq qildirish, ibrat namuna, talab etish ishontirish, o’yin, jamoatchilik fikridan foydalanish shular jumlasidandir. O’rgatish usuli o’quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil o’ylab chiqqan holda tashkil etishni hamda dastlabki axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling