Criteria of national eastern education abstract


www.scientificprogress.uz


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1138544
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
milliy-sharqona-tarbiya-mezonlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 764
maqsadida ularni muomala- munosabat, yurish-turish odobiga o’rgatib borishni nazarda 
tutadi. 
Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli 
bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurish-
turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. 
Odatda bolalar o’zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, 
opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengqurlari) xulq-atvorini va hatti-harakatlarini 
kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar. Lekin ko’pincha bularning nimasi yaxshi-yu, 
nimasi yomon ekanini farqlay olmaydilar, ular o’zlari uchun ma’qul bo’lganlariga taqlid 
etadilar va qabul qiladilar. 
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirish uchun hamisha asos 
bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Mehnat – farovon va baxtli hayot kechirishning 
eng asosiy sharti bo’lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat 
odamlarning biror maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur 
faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. 
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelishgan, o’zlari sidqidildan 
mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar – ilmiy-badiiy 
kitoblar, turli xildagi san’at asarlari, me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu 
mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan al-Xorazmiy, Ibn 
Sino, Ismoil Buxoriy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur 
singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan 
va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo’lishga chaqirishgan. Shu boisdan 
jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi o’zbek maqollarida ham mehnat 
va mehnatsevarlik g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. «Suvsiz hayot bo’lmas, 
mehnatsiz rohat», «Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan», «Oltin o’tda 
chiniqar, odam – mehnatda»,
Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzatu hurmat ko’rgan har bir ota-ona 
o’z farzandlarining ham halol mehnat bilan yashashini, mehnati bilan el-yurt oldida 
sharaf topishini xohlaydi. Har qanday yumush, jumladan, idish-tovoq yuvish, uy-
hovlilarni supurish, mol-xollarga qarash, tomorqa, qurilish, ta’mirlash ishlarida 
qatnashish ham mehnatdir. 
Ota-onalar bolalarining kelajagini o’ylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib 
chiniqtirib boradilar. To’g’ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli ham mehnatdir. 
Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bo’lavermaydilar, lekin 
bolani yoshligidan ishga o’rgatish, mehnatga ko’niktirish zimmalaridagi burch 
ekanligidan shunday yo’l tutadilar. 
Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar 
bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Bu tarbiya ishlari uchun juda 
muhim omillardan sanaladi.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling