Csf016 guruh talabasi


Yuzning tuzilishi va ovoz boʼyicha autentifikatsiyalovchi tizimlar


Download 125.75 Kb.
bet5/5
Sana13.12.2022
Hajmi125.75 Kb.
#1000782
1   2   3   4   5
Bog'liq
M.Jamol

Yuzning tuzilishi va ovoz boʼyicha autentifikatsiyalovchi tizimlar.
Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompьyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi subʼektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz boʼlgan ilovalar uchun toʼgʼri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun koʼz, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda hususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.
Maʼlum boʼlishicha, koʼpgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga oladi, soʼngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past boʼlishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.
Taʼkidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorugʼligi jadalligining kun boʼyicha tebranishi natijasidagi yorugʼlik oʼzgarishiga taʼsirchan boʼladilar. Yuz holatining oʼzgarishi ham aniqlash natijasiga taʼsir etadi. Yuz holatining 450 ga oʼzgarishi aniqlashni samarasiz boʼlishiga olib keladi.
Ovoz boʼyicha autentifikatsiyalash tizimlari
Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni koʼpgina shaxsiy kompьyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga oʼrnatish mumkin. Ovoz boʼyicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob boʼlgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent soʼzini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi soʼzlovchining shaxsini tasdiqlaydi. Soʼzlovchi shaxsini tasdiqlash baʼzi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar oʼxshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bogʼliq holda oʼzgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bogʼlanishlarining sifati soʼzlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz boʼyicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Koʼz yoyi toʼr pardasining shakli boʼyicha autentifikatsiyalash tizimi
Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:
-koʼz yoyi rasmidan foydalanish;
-koʼz toʼr pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam koʼz pardasi autentifikatsiya uchun noyob obʼekt hisoblanadi. Koʼz tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa obʼektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Download 125.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling