Csf016 guruh talabasi
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
Download 125.75 Kb.
|
M.Jamol
Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining xususiyatlarini oʼlchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda. Biometrik autentifikatsiyalash usullari anʼanaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: -biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori; - biometrik alomatlarning sogʼlom shaxsdan ajratib boʼlmasligi; - biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi. Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik algoritmlar quyidagilar: barmoq izlari; qoʼl panjasining geometrikshakli; yuzning shakli va oʼlchamlari; ovoz xususiyatlari; koʼz yoyi va toʼr pardasining naqshi. Isteʼmolchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi: xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-reject rate); xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarm rate). Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo boʼladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo boʼladi (odatda FAP qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir biri bilan bogʼliq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga maʼlum xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nulga teng boʼlishi shart. Аfsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga toʼgʼri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsientiga erishiladi. Download 125.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling