Element Selektor
Element selektor - bu htmldagi biror bir elementni belgilash va unga turli xil ko'rinish uchun ishlatiladi. Quyidagi misolda p elementi belgilanadi va html dagi barcha p elementi berilgan qiymatni oladi.
p {
color: red; text-align: center;
}
Id selektor
Id selektor htmldagi biror elementning id sini belgilab unga ko'rinish berishda ishlatiladi. Bizga ma'lumki, id takrorlanmas bo'lishi kerak. Shu qatori, id selektor veb sahifadagi o'ziga xos "id" ini belgilaydi. Id maxsus hash kod orqali belgilanadi ya'ni (#) belgi orqali.
#para1 {
text-align: center; color: red;
}
Klas selektor
Klas selektor bu htmldagi elementni aniq bir qiymatini belgilab olish uchun ishlatiladi. "Class selector" nuqta (.) bilan boshlanishi kerak. Masalan aytaylik biror klasning "center" qiymatini olaylik.
.center {
text-align: center; color: red;
}
CSS da izohlar
CSS da kodlarga izoh yozishimiz mumkin. Bu bizga birmuncha qulayliklar beradi. Masalan, siz guruh bo'lib ishlayabsiz, siz yozgan kodlarni boshqalar yaxshiroq tushuna olishi uchun izohlardan foydalanasiz va bu qidirishni ham osonlashtiradi. Izohlar /* bilan boshlanib */ bilan tugaydi.
p {
color: red;
/* Men izohman, bu yerda hohlagancha yozishingiz mumkin, meni yaxshi tamonim, foydalanuvchilarga ko'rinmayman. */
text-align: center; }
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |