Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish


Download 2.12 Mb.
Sana05.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1749208
Bog'liq
Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish

Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish


Hujjat haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni aks ettirish uchun sahifaga Headers va Footers maydonlarini qo‘shish mumkin. Header hujjatning yuqori qismiga, Footer hujjatning pastki qismiga qoʻshiladi. Ularning nomlarini eslab qolish juda ham oson! Ular yozilganda hujjatingizning har bir sahifasida koʻrinadi.
Header_maydoniga_kiritiladi._Masalan,_“Yakuniy_qoralama”.'>Header maydonidan hujjatning fayl nomi hamda muallif ismini kiritishda ham foydalanish mumkin. Ayrim hollarda hujjat versiyasi ham Header maydoniga kiritiladi. Masalan, “Yakuniy qoralama”.
Footerdan axborot kiritishda foydalanish mumkin. Masalan, sana va hujjatning sahifa raqamini
yozish.
Headerga oddiy matnli ma’lumot kiritish
1. Insert menyu oynasida Header buyrug‘ini tanlang.
2. Header uchun variantlar roʻyxati shakllantirilgan menyu ochiladi.
3. Quyidagi nomdagi variantni tanlang: Blank.
Bu sahifaning yuqori qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Header deb yozilgan maydonni yaratadi.
Header maydoniga axborotni ikki usulda kiritishingiz mumkin:
1. Header maydoniga matnni shunchaki quyidagi yozuv bor joydan yozishingiz mumkin: [Type here].
2. Shuningdek, hujjat haqidagi maxsus axborotlarni quyida berilgani kabi Header maydoniga kiritishingiz mumkin.
Headerga hujjat haqidagi maxsus axborotlarni kiritish
1. Document Info buyrug‘ini tanlang.
2. Kiritishingiz mumkin boʻlgan maxsus axborotlar menyusi ochiladi.
3. Author kabi maxsus axborot variantlaridan birini tanlasangiz, Header maydoniga muallif ismi
kiritiladi.
Footer maydoniga matn kiritish
1. Insert menyu oynasini oching.
2. Footer buyrug‘ini tanlang.
3. Xuddi Header kabi variantlar roʻyxati ochiladi.
4. Blank variantini tanlang.
Bu sahifaning quyi qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Footer deb yozilgan maydonni
yaratadi.
Axborotlarni bevosita Footer maydoniga yozishingiz yoki maxsus axborotlar variantlaridan
tanlashingiz mumkin.
Footerga sana va vaqtni kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Header&Footer Tools menyu oynasidagi Design menyusini tanlang.
2. Date & Time buyrug‘ini tanlang va menyuni hosil qiling Footerga qo‘shish mumkin bo‘lgan sana koʻrinishining turli usullari aks etgan oyna ochiladi Bu format deb ataladi. Endi siz quyidagini qilishingiz kerak:
1. Sana va/yoki vaqt uchun format tanlang.
2. Formatni bossangiz, hujjatning Footer maydonida sana va/yoki vaqt aks etadi.
Hujjatning yuqori va quyi qismida joylashgan ma’lumotlardan qoniqqaningizdan keyin Close Header and Footer tugmasini bosgan holda ushbu menyu oynasi yopiladi.
6.1-mashg‘ulot
“My_Flowers.docx” hujjatini oching. Hujjatning Header maydoniga ismingiz va hujjatning fayl nomini aks ettiruvchi ma’lumot kiriting.
6.2-mashg‘ulot
Bet raqami va hujjat sanasini aks ettiruvchi ma’lumotlarni uning Footer qismiga kiriting.
Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling