Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I


II.  Janrlarning o ‘zaro munosabatlariga oid mushtarakliklar

bet12/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
II. 
Janrlarning o ‘zaro munosabatlariga oid mushtarakliklar. 
Janrlarning o ‘zaro munosabatlari g‘oyat murakkab b o ‘lib, u o ‘zaro 
ta ’sir, bir-birini boyitish tarzida kechadi. Janrlar aloqasi xilma-xil 
shakllarga ega b o ‘lib, bu aloqador xalq og‘zaki ijodida sezilarli 
o ‘zgarishlami yuzaga keltiradi. Bu tubandagilardan iborat:
a) 
Janrlarning genetik aloqasi. Folklordagi bir ja n rn in g yuzaga 
kelishida 
ikkinchi birining m anbalik vazifasini o ‘ta sh i genetik 
aloqaning asosiy xususiyati hisoblanadi. C hunonchi, doston janrining


yuzaga kelishida xalq ertaklari m anba bo‘lgan, o ‘z navbatida esa. 
do ston lar zam inida tarixiy q o ‘shiq janri paydo b o ‘lgan. Fanda ancha 
zam o nlardan beri maqol naqlning yakuniy xulosasi, axloqiy aforizm 
tarzida yuzaga kelganligi haqida gapiriladi. A.A.Potebnya shu fikrni 
q o ‘llasa, F .I. Buslaev kichik janrlar ertak zamirida paydo bo‘lgan 
degan fikrni olg‘a suradi. U m aqol va topishm oqlar «xalq donoligi» 
n am unalari sifatida ertakdan o ‘sib va ajralib chiqqan, deb hisoblaydi. 
D astlab paydo b o ‘lgan jan rlard an yangi paydo b o ‘lganlari tuzilishi 
(strukturasi)ga xos bir qato r um um iy belgilarni, poetik elementlami 
(lirik q o ‘shiqlarda ramziylik kabi), she’riy vaznni va boshqa shunday 
belgilarni o ‘zlashtirib oladi. Janrlar kelib chiqishini ifodalovchi bu 
tadrijiy y o ‘l ularning o ‘zaro bog‘langanligini ko‘rsatadi. Folklor 
tarixida shunday hodisalar h am borki, yangidan paydo bo‘lgan janr 
o ‘zining yuzaga kelishiga m anba b o ‘lgan qadimiy jan r tarkibi va 
poetikasiga ta ’sir ko‘rsatishi, hatto uning so‘nishiga sabab bo‘lishi 
m um kin. C hunonchi, tarixiy q o ‘shiq doston jan ri zam irida yuzaga 
kelgan b o ‘lsa-da, asta-sekin uning so‘nishiga ta ’sir ko‘rsatdi;
b) bir jartrga mansub asarning boshqa bir janrdagi asar tarkibida 
uchrashi. Folklor janrlarining o ‘zaro ta ’siriga xos yana bir shakli bir 
janrga m ansub asarning boshqa bir janrdagi asar tarkibida uchrashi 
hodisasidir. C hunonchi, m aqolni dostonda, ertakda va qo‘shiqda 
uch ratish m um kin, u ham m a joyda ham asar qahram onlari axloqini 
boshqarib, aforistik yakunga olib boradi. Talay ertaklarda qahram on 
aq l-u farosatini sinash sharti sifatida topishm oqlar uchrasa, dostonlar 
tark ib id a yig‘i va yo‘qlovlardan ayrim nam unalar, hatto yozma 
adabiyotga xos ja n r-g ‘azal h am uchrashi tabiiy. «K untug‘mish» 
d o sto nining Ergash Jum anbulbul o ‘g‘li varianti tarkibida yozma 
adabiyotga xos jan r — muxammasning uchrashi doston tuzilishi hamda 
poetikasini birm uncha boyitgan.
c) bir asarning bir necha ja n r tarkibida uchrashi. Janrlam ing uzoq 
m u d d a t davom ida mavjudligi ularning o ‘zaro q o ‘shiluviga yoxud 
b iro r asarning biridan ikkinchisiga o ‘tishiga yo‘l ochadi. C hunonchi, 
aslida yo‘qlov nam unasi b o ‘lgan tubandagi to ‘rtlik alia janriga o‘tgan:
N ido qildim , nido qildim , alia,
Seni yo‘qdan bino qildim , alia.
Bu y o 'lda d o ‘st-u dushm anga, alia,
0 ‘zim ni oshino qildim , alia.
T o ‘rtlikning ja n rd a n janrga ko‘chishi sababi shundaki, yo‘qlov


tarkibida u judolik iztirobini ifodalagan b o ‘lsa, allada bu m otiv 
farzandsizlik alami m azm unini kasb etgan holda o ‘zaro ham ohang 
mohiyatga egaligidir. T o‘y yor-yorlari va allalarining m otam yor- 
yorlari va allalariga o ‘tishi ham b o ‘yga etgan qizu o ‘g‘il yoki 
kichkintoyni ulug‘lash motivining yetakchiligi zamirida yuz bergan.
2. 
Janrlar tarixiy taqdiridagi mushtaraklik 0 ‘zbek folklori janrlari 
birdaniga va bir vaqtda yuzaga kelmagan, albatta. Folklom ing eng 
qadimiy janrlari asotir (mif). afsona, so‘z magiyasi asosidagi xalq 
qo'shiqlari (badik, kinna, burey-burey, afsun, olqish, qarg‘ish), 
shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo» singari mavsumiy m arosim
qo‘shiqlari bo‘lsa, ulardan keyingi bosqichda ertak, m aqol, doston 
va topishm oqlar, yana keyinroq esa latifa, xalq dramasi, askiya, 
tarixiy qo‘shiq paydo bo‘lgan. Tarixan ana shu taxlitda shakllangan 
o ‘zbek folklorining janriy tizim i o ‘z taraqqiyoti davomida rivojlandi: 
takomillashdi, boyidi va hatto ayrim janrlari so‘nish jarayonlarini 
ham kechdi va kechayotir. Shu asosda folklor taraqqiyotining turli 
bosqichlari turlicha janrlar tarkibiga ega bo‘ldi. Natijada ayrim janrlar 
so‘nib, folklor taraqqiyotining boshqa bosqichidagi jan r bilan o ‘zaro 
munosabatga kirisha olmaydi. C hunonchi, badik yoki «Sust xotin» 
janrlari allaqachon so‘nib ketganligidan hozirgi biror ja n r bilan 
munosabatga kirisholmaydi.
XVI — XVII asrlarda yozma adabiyotning folklorga ta ’siri sezilarli 
b o ‘la boshladi. Buning oqibatida ertaklarda reallik (hayotiylik) 
kuchaya bordi va XX asrga kelib, xalq ijodida ertak yaratish a n ’anasi 
butunlay to ‘xtadi, aksincha yozma adabiyotda adabiy ertak janri 
qaror topayotir. Bulaming barchasi folklor taraqqiyotiga xos um um iy 
qonuniyatlar zamirida kechdi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. «Folklor» istilohi nim ani anglatadi?
2. Folkloming paydo b o ‘lishi omillari nim ada?
3. Folklorda m uallif masalasi qanday?
4. Folklorda an ’ana va novatorlik qanday zuhur etadi?
5. Folklorda variant va versiya mohiyati nim alarda ko‘rinadi?
6. Folklorshunoslik qanday tarkibiy qism lardan tarkib topadi?
7. 0 ‘zbek folklori namunalarini yozib olish va kitobat qilish qachon


va kim tom onidan boshlangan?
8. Folklorning dastlabki nam unalari qaysi yozma m anbalarda 
bizgacha yetib keldi?
9. Folklor nam unalarini yozib olishda qadimgi dunyo sayyohlari 
va tarixchilari qanday rol o ‘ynadilar?
10.M .Zam axshariyning folklorshunoslikka oid qanaqa xizmatlari 
bor?
11.Folklorizm nim a? U yozma adabiyot vakillari ijodida qanaqa 
shakllarda nam oyon b o ‘lgan?
12. 0 ‘zbek xalq ijodiyoti nam unalarini ilmiy maqsadlarda yozib 
olish qachon boshlanagan va bu jarayon qanaqa xususiyatlarga ega?
13. A nim izm va totem izm deganda nim ani tushunasiz?
14. Qadimgi qahram onlik eposlaridan qaysilarini bilasiz?
15. Feodalizm davri o ‘zbek folklorida qaysi janrlar paydo bo‘ldi 
va bu davr folklorining o ‘ziga xos xususiyatlari nim alarda ko‘rinadi?
16. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o ‘zbek 
folklori qaysi jihatlariga ko‘ra alohida bosqichni tashkil etadi?
17. S ho‘ro davri o ‘zbek folklori qay darajada rivoj topdi?
18. Jstiqlol davri o ‘zbek folklori qanday taraqqiy topmoqda?
19. 0 ‘zbek folklorining yaxlit tizim sifatidagi mohiyati nimada?
20. Tubandagi 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling