Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet24/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Kashtachilik qo'shiqlari. 0 ‘zbek kashtachiligi dunyoda mashhur. 
Xalqimiz bu h u n ar bilan ju d a qadim zam onlardan beri shug‘ullanib 
keladi va uni san’at darajasiga ko‘tarishga erishgan. Kashtachilikning 
b ir necha turlari mavjud. Bular bosma, jimalay, sanama, ilma deb 
yuritiladi. U larn in g h ar biri k ash tachidan alohida 
m eh n at va 
m ahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi.
Kashta tikish bilan ayollar shug‘ullanishadi. 0 ‘tmishda h ar bir 
qizdan kashta tikishni bilish talab etilgan. Chunki u o‘z sepini o ‘zi 
tikkan kashtalari bilan to ‘ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga 
qarab, uni tikkan qizning qandayligiga, fe’l-atvoriga, qobiliyatiga baho 
berishgan va bu hoi kashtachilik qo‘shiqlarida o ‘z ifodasini topgan: 
Bosma tikkan botir qiz,
Jimalay tikkan chevar qiz.
Sanama tikkan sardor qiz, 
lim a tikkan ilgir qiz.
Kashtachilik q o ‘shiqlarining ayrim namunalarida u yoki bu kashta 
tu ri tavsiflanadi . U ning qanday tikilishi ta ’kidlab o ‘tiladi:
Ilm a tikdim , ilib-ilib,
Tom osha aylang yonimga kelib.
Yoki:
Bosma tikar botirib,
Issiq suvga qotirib.
Jimaiayni tepib tikar,
K o‘z nurini selday to ‘kar.
Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to ‘n, ko‘rpa, ko‘ylak 
kabi narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas“uliyatlidir. 
Bu kashtachilik q o ‘shiqlarida alohida tilga olib o ‘tilgan:
Jom ovdi jonli tikadi,
T o ‘rm agin egri tikadi.
T o ‘n tikish, ko‘rpa tikish —
U ni ko‘r ham tikadi.
Hozirgi paytda kashtachilik san’ati miiliy qadriyatlarimizdan biri


sifatida nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado‘zlikni 
rag'batlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. H ar yili 
kashtachilarning an ’anaviy ko‘rik-tanlovlari o ‘tkazilib turilibdi. Eng 
yaxshi kashtado‘zlar uchun maxsus sovrinlar tashkil etilmoqda.
Kashtachilik qo'shiqlari barm oq vaznining 7-8 hijoli tizim ida 
yaratilib, ko‘pincha a-a~b-a va a -a -a -a  shaklida qofiyalangan. 
Bunday holatni do‘ppido‘zlik va to ‘n d o ‘zlik qo‘shiqlarida ham 
kuzatish mumkin.
D o'ppido ‘zlik q o ‘shiqlarida bosh kiyimni e ’zozlash Vatan va yorga 
sadoqat motivlariga ulanib ketadi:
D o‘ppi tikdim childirm a,
C ho‘p-u xasga ildirma.
Yurtingni chindan sevsang,
Dushmaningga bildirma.
To‘n d o ‘zlik qo'shiqlarida lirik qahram onning kasbga m uhabbati, 
yorga muhabbat tuyg‘usiga singishib, o‘zgacha joziba kasb etgan: 
Banorasdan to ‘n tikay,
Oldiga p o lpak tutay.
Yoqasiga gul solay,
Arabiyning xatiday.
Yuqorida keltirilgan to ‘rtliklarning dastlabkisida d o lpp ido‘zlik 
hunariga xos «childirma» usuli eslatilib, childirm ali tikilgan d o ‘ppini 
«хог-u xasga ildirmaslik» - xor qilmaslik, demakki, ozoda tutish 
yurtga bo‘lgan sevgini ham pokiza tutib, dushm anga sezdirmaslik 
holatiga muvoziy keltirilsa, ikkinchisida banorasdan tikiladigan to ‘n 
ta ’rifi yetakchi motivga aylangan, eng m uhim i, ikkala holatda ham
link qahram onning kasbga munosabati nafosatga yo'g' rilgan yo‘sinda 
ifodasini topgan.
Sarboz qo 'shiqlarida
 
esa o‘tmishdagi amirlik navkarlarining nojo‘ya 
xatti-harakatlaridan norozilik kayfiyati yetakchidir:
Karmana yurtidan chiqdim dalaga,
Bir to ‘da sarbozdan qoldim baloga.
Bir to ‘da sarbozga gel berib qochdim ,
Buxor darvozasin nayzalab ochdim.
0 ‘zbek xalq mehnat qo‘shiqlari juda boy va jan r e ’tibori bilan 
rang-barang bo‘lib, ular orasida 
qandolatchilik
 
va 
pazandachilik\\\ 
ifoda etuvchi nam unalar ham bor. C hunonchi, taom larim iz sultoni 
sanaluvchi palov ta ’rifidagi m ana bu qo‘shiq ham on el og'zidan


D am la palovni, dam esin,
Tortgin olovni, dam esin,
Bepu] odam\ar g‘am esin,
Tekin desa-shalg‘am esin.
N im cha guruchdan osh bo'lur,
Q ozonga solsam -chosh b o ‘lur.
M ehm onni ko'ngli xush b o ‘lur,
Vaqosiz ko‘rsa- tush bo‘lur.
Suvni soling shildiratib,
Kapgir uring shaqirlatib.
C hindan-da palov vaqosiz kishi uchun tushga aylanadi. Q o‘shiqda 
palov ijtimoiy tengsizlik mohiyatini ochuvchi poetik obraz darajasiga 
ko‘tarilgan. Shuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugra, 
sho'rva, piyova, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan 
bog'Iiq kechinm alam i ifodalagan q o ‘shiqlarhali-hanuz uchrab turadi. 
Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha yetib kelgan. Keyingi vaqtlarda 
m eh nat jarayonining mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilishi 
natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o'zgarishlar yuz bermoqda 
yoki muayyan m ehnat turi batam om yo'qolib bonnoqda. Natijada 
o ‘tm ishda ular bilan bog‘liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo'shiqlari 
h am unutilib, yo‘qoIib bormoqda. Binobarin, mehnat qo'shiqlarini 
to'plash va ularga xos xususiyatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish katta 
ilmiy-amaliy ahamiyatga molik masaladir.
L irik q o ‘shiqlar. X alq q o 'sh iq la ri xazinasining asosini lirik 
nam unalar tashkil etadi. Ular badiiy jihatdan yuksakligi, an ’anaviyligi, 
om m a o ‘rtasida keng tarqalganligi bilan alohida ajralib turadi. Lirik 
qo'shiqlarda lirik «men» um um iylik kasb etib, turm ushni o ‘ziga xos 
poetiklashtiradi.
Lirika so‘zi «lira» deb nomlanuvchi cholg‘u asbobining nom idan 
kelib chiqqan. Lira cholg‘u asbobining nomi esa, «semitcha k in n o r- 
cinnor» so‘zidan paydo bo‘lgan. U afsonaviy Dovud payg‘ambaming 
zam ondoshi bo'lgan semitlar shohi Kinir bilan bog‘liq. Qadimda lira 
chalib kuylash diniy marosimlaming tarkibiy qismi hisoblangan. Yunon 
mifologiyasida keltirilishicha, lirani birinchi m arta jahon daraxtining 
analogi va m arhum lar ruhini u dunyoga kuzatib boruvchi temirchilar 
ilohi G erm es yasab, sigirlari evaziga Appolonga tortiq qilgan emish. 
Lirik q o ‘shiqlar, odatda, biror-bir muzika asbobi jo ‘rligida ijro etishga


moslashgan. Bunda cholg‘u asbobi ilhom chaqiruvchi vosita sanaladi.
Ommaviy janr bo‘Igan lirik qo‘shiqlaming asosiy mazmunini ishq- 
muhabbat motivlari. insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini 
tasvirlash tashkil etadi. Jum ladan, oshiqning m a’shuqaga dil izhori 
yoki sevib sevilmagan oshiq yoki m a’shuqaning dil o ‘rtanishlari, 
muhabbatni baxtsizlik tom on olib boradigan feodal munosabatlaridan 
n o r o z ilik , tu r m u s h d a n n o lis h , x o tin la r n in g q iy in a h v o li, 
adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish, visol onlariga 
intiqlik, hijron kulfatlari, yorni sog‘inish, uning yo‘liga intizorlik 
kayfiyatlari, bevafolikni qoralash, saodatli sevgi va turm ushga intilish 
g‘oyalari lirik q o ‘shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik q o ‘shiqlarda sevgi-m uhabbat c h u q u r iztiroblarga olib 
keladigan, qiyinchiliklar tu g ‘diradigan davosiz, lekin qutlug4 dard 
sifatida ta ’riflanadi. Lirik q o ‘shiqlarda boshga ishq tushganida 
insonning qanday ruhiy vaziyatlarga tushishi, qalbidan qanaqa o‘y- 
kechinm alar kechishi. yorni kutish m anzaralari. u bilan qayerlarda, 
qanday uchrashish h o latlari, uchrashuv ch o g ‘idagi g ‘ayritabiiy 
harakatlari, ko‘z-u qoshning, yuzning bu paytdagi ko'rinishlari 
o ‘ziga xos tarzda shunday t a ’riflab va tavsiflab keltiriladiki, uni 
tinglagan har bir kishi qalbida chuqur hayajon va iliqlik paydo 
bo'lm ay iloji yolq.
Ayrim lirik qo'shiqlarda ayriliqdan, yorning bevafoligidan, shum
to le’dan shikoyat qilinadi. Ko‘pincha bunday q o ‘shiqlar yigitlar va 
qizlar tilidan kuylanadi. U larda yordan yodgor b o ‘lib qolgan uzuk, 
ro ‘m olcha kabi buyumlar tilga olinib, shu orqali yorni qo‘msash, 
o ‘tgan shukuhli onlarni xotirlab o ‘rtanish, judolik sabablaridan nolish 
motivlari ifoda etiladi.
Lirik qo‘shiqlar bir kishi yoki bir necha kishi tom onidan ijro 
etiladi. Ko‘pincha mustaqil to ‘rtliklar shaklida uchraydi. U ning eng 
muhim tomoni shundaki, real voqelikni shaxsning (lirik qahramonning) 
subyektiv kechinmalari orqali aks ettiradi va faqat kuylash uchun 
yaratiladi. Kishi qalbida tug‘i!gan his-tuyg‘ularni muayyan obrazlar 
va p red m e tla r tasviri o rq ali badiiy ifoda etish jih a tid a n epik 
poeziyadan farq qiladi.
Lirik qo‘shiqlaming asosini dardli mazmun, dono fikr va maftunkor 
musiqaviylik tashkil etadi. Og‘zaki lirik q o ‘shiqlardagi kechinm alar 
umumiylik kasb etishi, ko'pchilikning kechinm alarini ifodalab kelishi 
jihatidan yozma adabiyotdagi lirik she’rlardan farq etib turadi.


Lirik qo'shiqlar professional ijroga moslanmagan. Ularni istagan 
shaxs istalgan joyda ijro qilib ketaverishi mumkin. Shu xususiyatiga 
ko‘ra lirik qo‘shiqlar mustaqil ja n r sifatida tan olinadi. Lekin lirik 
qo‘shiqlami, odatda, m atnni yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli 
ovozga ega bo‘lgan kishilar xalq o ‘rtasida kuylashi odat tusiga kirgan. 
Bunday shaxslar xalq orasida qo‘shiqchi, ashulachi, hofiz yoki g'azalxon 
deb yuritiladi. Biroq bundan lirik qo‘shiqlaming ijrosi professional 
ijrochilar bilan bog‘liq degan qat'iy fikrga kelib bo‘lmaydi.
Lirik q o ‘shiqlar maishiy vaziyat, marosim yoki biror joy bilan 
bog‘liq b o lm a g a n i bois ko‘pincha vazifadoshligi jihatidan ularda 
ko‘chish hodisasi yuz beradi. Bu esa, bu janrning uzoq muddat 
davomida mavjudligini belgilaydi.
Lirik q o ‘shiqlarning badiiyati boy va rang-barangdir. U larda turli 
badiiy—tasviriy vositalar, ifoda usullari, tu rg ‘un ram zlar, go‘zal 
tashbehlar serob. U lar o ‘z badiiyatiga ko‘ra, epik yoki marosim 
poeziyasidan farqlanib turadi. Bu esa, lirik q o ‘shiqlarda shaxsiy 
kechinm alarni jo nli va aniq ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqan.
Parallelizmlar xalq lirik qo‘shiqlarining badiiy-kompozitsion asosini 
tashkil etadi. U lar q o ‘shiqni hayotga yaqinlashtirish bilan asosiy 
g‘oyani tashuvchi so‘nggi misralardagi fikrni tushunish, his etib olish 
uchun kayfiyat tu g ‘diradi. M uvoziy (parallel) obraz m azm un va 
shaklda 
uyg‘un k e la d i-d a , zid tu sh u n c h a la r, h o la tla rn i lirik 
qahram onning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari orqali tasvirlashga 
im kon beradi:
Bug‘doy soldim tegirm onning do'liga,
Ikki ko‘zim oshiq yoming yo‘lida.
Borib ayting oshiq yom ing o ‘ziga,
Kirmagay d o ‘st bilan dushm an so‘ziga.
Sirtdan qaraganda, tegirm on d o ‘liga bug‘doy solishning keyingi 
satrlardagi fikrlarga aloqasi yo‘qday. Lekin lirik qahram on shu xizmat 
bilan band b o ‘la turib, xayolan m a ’shuqasini eslarkan, nogoh uning 
«do‘st» bilan 
dushm an so‘zi»ni farqlamay, ahdidan qaytishidan 
ruhan ezilayotgani ifodalanadi. Bunda tegirm on do'liga solingan 
bug‘doyning yanchilib maydalanishi holati oshiqning m a ’shuqasini 
o ‘ylab, fikrining parokanda b o ‘lib ketishi ham da m a’naviy-ruhiy 
ezilishi holatiga m uvoziy keltirilgan:
Lirik q o ‘shiqlarda qahram onning ruhiy kechinm alari turm ush, 
tabiat va uning m anzaralari. hodisalari bilan uyg‘unlashib, qo‘shiqni


ta ’sirli, jonii va hayajonli qiladi. Tabiat obrazi nisbatan tu rg ‘un 
bo‘lgani uchun unga qiyos qilingan qahram on holatlarini yorqin 
gavdalantiradi.
Lirik qo‘shiqlardagi ramzlar ularning haqiqiy m azm unini ochib 
berishda o ‘ziga xos kalit vazifasini o ‘taydi. Ularda o ‘simliklar, gullar 
va hayvonlar, qushlar, hasharotlar olami bilan bog‘liq tarzda ibtidoiy 
insonning totem istik tasaw u r—tushunchalari negizida turli ramziy 
obrazlarga duch kelish mumkin. O lm a, tol, behi, shaftoli, bodom , 
qizil va oq gul, g‘oz, o ‘rdak, kaptar, ot, chum oli va hokazolar 
m ana shunday keng tarqalgan ramziy obrazlardan hisoblanadi.
Aytaylik, shulardan birgina olma ramziy obrazining tarixiy ildiziga 
nazar solinsa, quyidagi manzarani kuzatish mumkin. Olma nafaqat 
lirik qo‘shiqlarda, balki xalq ertaklari va dostonlarida ham m uhim
badiiy unsur vazifasini bajarib keladi. C h u n o n c h i, M am ad a li 
N e’matovdan yozib olingan «G o‘ro‘g‘lining tu g ‘ilishi» dostonida 
G o ‘ro‘g‘lining onasi ariqda oqqan olm ani yeb hom ilador b o ‘lgani 
sababli gunohkor sanalib, go‘rga eltib tashlanadi. U shu yerda farzand 
ko‘radi, o ‘g‘li G o ‘ro‘g‘li nomini oladi. «Tohir va Zuhra» dostoni 
hamda «Zar kokilli yigit», «Xurshid bilan Laylo» ertaklarida sehrgar 
bergan olmalar yeyilgach, ular farzand ko‘rishsa, «Oltin olma» ertagida 
oltin olmalar farzandlar bo‘lib chiqadi. Ko‘rinayotirki, o ‘zbek xalq 
ijodida olma farzand ramzi sifatida keng tarqalgan, har gal farzandtalab 
ota-onaga biror sehrgar yoki qalandar sovg‘a qilgan olma yeilgach, 
zurriyod dunyoga keladi. Bu motiv q o ‘shiqda shunday ifodalanadi: 
Bozorga borsangiz yo‘lingiz b o ‘lg‘ay,
Bir to ‘qqiz olmaga q o ‘yningiz to ‘lg‘ay.
A wal savdongiz q o ‘lro ‘mol b o ‘lg‘ay,
Q o‘lro‘mol bo‘lmasa-savdongiz qurg‘ay.
T o‘rtlikda «bozor, olma, qo‘lro‘mol» — ramziy badiiy obrazlar 
bo'lib, «bozor»- sevgi munosabatlarini reallashtiruvchi semantik m a’no 
tashisa, «qo‘lro‘mol» — oila tim solini anglatadi. D em ak, sevib- 
sevilganda qo‘lro‘molga ega bo‘lish mumkin, shunda «to‘qqiz olmaga»
— to ‘qqiz farzandga «Qo‘yinni to ‘Idirish» im koni tug‘iladi. «Bozor»da 
shu «savdo» pishmasa, demakki, sevib-sevilish sodir bo‘lmasa, barcha 
urinishlar bekor «qurg‘ay».
Xalq qo‘shiqlarida «olma otish»detali ham ko‘p qo‘llanuvchi ramziy 
m a’noga ega. Etnograf G.P.Snesarev Xorazmda olib borgan kuzatishlari 
jarayonida «Qizil gul sayli»da yoshlar olma otish asosida yor tanlashganini,


hatto ramazonning ikkinchi kunida bo‘y yetgan yigit-qizlar o‘rtasida 
«olma otish» marosimi o‘tkazilajagi haqidagi m a’lumotlami keltiradiki, 
bunday marosimning badiiy tasviri «Masturaxon» eitagida ham uchraydi. 
Jum ladan, quyidagi to ‘rtlikda qizning otasi sevmaganiga majburan 
uzatganidan norOzilik tuyg‘usi shunday ifodalanadi:
O lm a deb otgan otam ,
Behi deb sotgan otam.
Sevmaganimga berib,
Jabrini tortgan otam.
T o ‘rtlikda m uhtojiikdan yosh qizini oltin - «behi»ga pullab, 
so‘ng pushaymon qilgan ota iztiroblari tasvirlangan.
Xalq qo‘shiqlarida olma yeyish visolni, emaslik —hijrormi anglatadi: 
Boqqa kiring olm a-uzum yesangiz,
Uyga kiring chindan m eni desangiz.
Jon im n i beram an meni desa yor,
0 ‘ng‘oya kelganda o ‘ynab kulsangiz.
Shu sababli «olm ali b o g ‘ga» kirib «shaftoli» yem oq-xiyonat 
qilm oqdir. Bunda «olma»-vafodorlikni anglatuvchi ramziy m a’no 
kasb etsa, «shaftoli» unga zid bo‘lgan «qalbaki sevgi» m a’nosini 
ifodalaydi, natijada «olma» va «shaftoli» —bir-biriga qaram a-qarshi 
p oetik m a’nodagi obrazlar darajasida talqin qilinadi:
O lm ali bog‘ga kirib,
Shaftolini yermu kishi?!
0 ‘z yori uyda turib,
Begonani derm u kishi?!
Q olaversa, «olm a guli» po etik obrazi h am «Qalbaki sevgi» 
m a ’nosini ram zan ifodalaydi:
O lm a guli — gul emas,
T aqsam chakkam da turmas.
0 ‘zganing yori — yor emas,
Bir pas yoningda turmas.
Xalq e ’tiqodida olm a chuqur iz qoldirganidan nafaqat meva shak­
lida, hatto olm aning atributlari sanaluvchi «guli va bargi» singari 
detallari orqali ham rang-barang poetik m a’nolami ifodalovchi ramziy 
obrazlar yaratganki, bunday holatni yuqorida sanalgan boshqa ramziy 
obrazlar talqinida h am kuzatish mumkin.
Lirik q o ‘shiqlarda tu rli ranglar, to g ‘, suv, ayrim predm etlar 
(ro ‘m ol, chilim kabi), inson qiyofasiga xos detallar ham o ‘ziga xos


ramziylik hosil qilib keladi.
Q adim gi ajdodiarim izning totem istik, anim istik, shom onlik, 
magiya, hosildorlik va olov, suv kultlariga ishonchi bilan bo g liq
m ifologik dunyoqarashi lirik q o ‘shiqlardagi a n ’anaviy ram ziy 
obrazlarning genetik asosini tashkil qilgan. Lirik q o ‘shiqlarda intim - 
erotik kayfiyatlami ifodalashda. asosan. poetik ram zlam ing xizmatini 
alohida ta ’kidlash joiz.
Lirik qo‘shiqlardagi ramzlarda ifodalangan m a’no tovlanishlarini 
aniqlam ay turib. q o ‘shiqning asl m azm u n -m o h iy atin i tushunib 
b o ‘lmaydi. Ularda o‘xshatishlar va sifatlashlar ham alohida o‘rin 
tutadi. Binobarin. m a’shuqaning chehrasini — oyga, quyoshga, gulga; 
k o ‘zini — yulduzga. qaddini — sarvga, sham shodga; sochini — 
sunbulga, tunga; labini — g‘unchaga, la’lga; tishini inj-u maijonga 
o ‘xshatish an ’ana tusiga kirgan.
Lirik qo‘shiqlarda m a’shuqaning ta'rif-u tavsifini, boshqalarga 
0 ‘xsham asligini, dilbarligini t a ’kidlash u c h u n sifatlash lard an
foydalaniladi:
Xipcha belli sanamlar,
Ishqida yondiradi.
Tori tarang dutordek,
Yigitni toldiradi.
Q o ‘shikda go‘zal yorning xipcha belligini ta ’kidlash bilan uning 
n ih o y a td a jo zib ado rligi va yo qim toyligiga u rg ‘u b erilm o q d a. 
Qizlam ing iffatli va tortinchoqligi esa tori tarang tortilgan dutorga 
o ‘xshatilmoqda. Bunday dutorning ovozi jarangli boMganidek, xayoli 
va tortinchoq qizlaming ovozasi ham elga taraladi. Ulam ing ko'nglini 
topish oshiq uchun oson kechmaydi. Q o‘shiqda ana shu hayotiy 
m antiqni ochib berishda sifatlash va o‘xshatishning bir-birini to ‘ldirib 
kelishi qulay imkoniyat yaratgan.
0 ‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida istiora (m etafora), metonimiya, 
m ubolag‘a, kichraytirish, jonlantirish kabi san ’atlardan ham unumli 
foydalanilgani kuzatiladi. U lar lirik q o ‘shiqlam ing g‘oyaviy-badiiy 
asoslarini yoritishda m uhim aham iyat kasb etgan.
Xalq lirik qo'shiqlarida poetik m azm un ju da sodda va lo ‘nda 
bayon etiladi. Bunga ko'pincha ulaming boshida, o ‘rtasida takrorlanib 
keladigan bir qator so‘z, ibora va misralar yordam beradi. 0 ‘zbek 
xalq q o ‘shiqlarida «Qizil guling qatma-qat», «Daryolaming ul yuzida», 
«Q oshingning qarosi», «H avodagi yulduzlar», «Y uqoridan m en


kelarman» kabi o ‘xshash va tayyor misralar ko‘p uchraydi. Bunday 
an ’anaviy tayyor m isralar qo‘shiqning tez yaratilishi, yodlab olinishi 
va tez tarqalishiga, she’r shaklining sodda bo‘lishiga olib keladi.
Ba’zi lirik q o ‘shiqlarda qahram onning ruhiy kechinmalari ijtimoiy 
motivlar bilan teng q o ‘yilib ifoda etilgan. Ularda lirik qahram onning 
ijtimoiy tu zu m dan noroziligi, adolatsizlikka qarshi qalb isyoni, pul 
va m ol-dunyo ilinjida nozik va noyob insoniy tuyg‘ulaming toptalishi, 
q iz la rn in g q a r i c h o lla r g a , o ila a ’z o la rin in g n o c h o r lik d a n , 
q ashshoqlikdan q utulish ilinjida sevmagan kishisiga turm ushga 
uzatilishidan shikoyati ju d a ta ’sirchan ifoda etiladi.
0 ‘zbek xalq lirik q o ‘shiqlari, kom pozitsion tarkibi jih atid an , 
asosan, ikki xil shaklda yaratiladi:
a) mustaqil to ‘rtliklar shaklida;

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling