Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet25/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
b) aytishuv, savol-javob shaklida.
Alisher N avoiy zam onida bunday qo‘shiqlar ayolg‘u deyilgan. 
Xalq orasida keng tarqalgan «Soy b o ‘yida turgan yigit», «Sen soy 
chum chug‘i b o llsang» deb boshlanuvchi oshiq-ma’shuqlaming she’riy 
dialog lari aytishuvga y o rq in d alild ir. U larda yigit va qizning 
hoziijavobligi, topqirligi sinab ko‘riladi. Shu vajdan aytishuvning 
har bir bandi, albatta, savol bilan yakunlanadi. Qadimda aytishuvlar 
sevishganlarning aql-zakovatda bir-birlaridan qolishmasliklarini sinab 
olish n in g o ‘ziga xos sh a rti b o ‘lgan. Buni q o ‘sh iqd ag i po etik
obrazlarning bir-birlarini mahv etish mantiqiga rioya qilishi, poetik 
dalillash san’atiga to ‘g‘ri yondashish, mahorati ham ko‘rsatib turadi.
Shunga qaraganda, aytishuv o ‘ziga xos poetik taraqqiyot bosqichini 
bosib o ‘tganligi m a'lu m bo‘ladi. U lar lirik qo‘shiqlaming murakkab 
tu rin i tashkil etad i. T o p q irlik , so ‘zam ollik, hozirjavoblik kabi 
badihago‘ylikning tarkibiy shaitlari aytishuvlar yaratilishida zamin 
vazifasini o ‘taydi. A yrim lirik q o ‘shiqlarda hajviy m o tivlar ham 
uchraydi. U larda lirik qahram onning ijtimoiy tengsizlikdan, zam ona 
kulfatidan, m ustabid tuzum n in g inson baxt-saodati yo‘liga g‘ov 
ekanligidan noroziligi, tanqidi, tekinxo‘r, manfaatparast, axloqsiz, 
erinchoq va tanb al kishilardan nafrati, ular ustidan achchiq kulgusi 
o ‘z ifodasini topgan.
Z am o n bilan ham nafaslik, davr talablariga hoziijavoblik lirik 
q o ‘shiqlarning ja n riy xos hususiyatlaridan sanaladi. S hu sababli 
ularning yaratilish davriga qarab ham ikkiga bo‘lib o ‘rganish m a ’qul:
a) a n ’anaviy lirik q o ‘shiqlar;


b )yangi qo ‘shiqlar.
A n ’anaviy q o ‘shiqlar uzoq o ‘tm ishdan to hozirgacha og‘izdan 
og‘izga, avloddan avlodga o ‘tib kelmoqda. U lar o ‘ziga xos badiiy 
jozibasi, o‘ynoqi ohangdorligi bilan alohida ajralib turadi.
Yangi qo'shiqlarda esa sevgi va vafo mavzusi m am lakat, xalq 
hayotida yuz berayotgan o ‘zgarishlarga b o g ‘lab talqin etilganligi 
kuzatiladi. Ularda xalqning shukronasi. davrdan minnatdorchiligi 
lirik qahram on tilidan tarannum etiladi. Lirik qo‘shiqlardagi m isralar 
odatda ritm ikjihatdan o‘zaro uyg‘unlashgan, o ‘ynoqi, yengil vaznda, 
to ‘liq qofiyalangan tarzda yaratilgan b o ‘ladi. Ular, asosan, 7-8 
bo‘g ‘inli barmoq vaznida to ‘qiladi. C hunki bunday vaznda ulam i 
kuylash qulaydir. Lekin b a’zi lirik qo‘shiqlar aruzga ham tushadi. 
U lar aruzdagi ramali musam mani m axzuf bahriga tug'ri keladi.
Xullas, o ‘zbek xalq she’riyatida lirik qo'shiqlar o ‘ziga xos qator 
xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi va xalq og‘zaki ijodida 
mustaqil o‘rin tutadi.
Tarixiy qo‘shiqlar. Tarixiy qo‘shiqlar o‘zbek xalq poeziyasining 
alohida turkum ini tashkil etadi. Bu turkum ga kiruvchi qo‘shiqlar 
ju d a qadimiy b o ‘lib. ularda tarixiy-siyosiy voqea-hodisalar, real 
shaxslar faoliyati lirik-epik yo‘nalishda talqin etiladi. Shu tufayli 
ular tarixiy qo‘shiq atamasi bilan yuritiladi.
Asosan hikoyaviy xarakterga ega b o ‘lgan tarixiy qo‘shiqlar o ‘zbek 
folklorshunosligida alohida ja n r sifatida e ’tiro f etiladi. Chunki uning 
o ‘ziga xos alohida belgilari, g‘oyaviy yo‘nalishi, mazmun-mundarijasi. 
taraqqiyot tarixi bor. Ko‘p -yillar tarixiy q o ‘shiq janriga m ansub 
poetik asarlar «terma», «xalq qo‘shig‘i», «she’r» kabi turli nom lar 
b ilan atalib kelindi. Hozirgi kunga kelib, uning janriy belgilari 
aniqlanib, folklorning alohida, mustaqil janri, q o ‘shiqning ichki bir 
turi ekanligi e ’tiro f etildi.
Tarixiy qo‘shiqlar epik va liro-epik xarakterga ega b o ‘ladi. Epik 
xarakterdagi tarixiy q o ‘shiqlarda xalq hayotida yorqin iz qoldirgan, 
ijtimoiy-siyosiy, tarixiy voqea-hodisalar yoki real shaxslar faoliyati 
epik hikoya qilib beriladi. Ularda ijodkorning ichki kechinm alari va 
his-tuyg‘usi, lirizm passiv darajada ko‘zga tashlanadi. Bu xildagi 
asarlar sirasiga Ernazar shoirning «B otirxon zulm i», N u rm o n
Abduvoy o ‘g‘lining «Nomoz» nom li tarixiy q o ‘shiqlari yorqin 
m isol bo‘la oladi.
Tarixiy qo‘shiq janri taraqqiyotining so'nggi bosqichlarida epik


hikoya bilan lirizm o 'zaro uyg'unlashib ketib, liro-epik xarakterdagi 
tarixiy q o ‘shiqlar yuzaga kelgan. Masalan: Fozil shoirning «Elat 
botir», lslom shoirning «Tinchlikjarchisi» kabi asarlari bunga misoldir. 
Bu xil asarlarda tarixiy shaxs faoliyati to ‘laligicha, batafsil epik 
hikoya qiiinmaydi. Balki ular faoliyatiga xos ayrim epizodik qirralar 
qism an eslatib o 'tilad i, xolos.
Tarixiy qo'shiqlarning asosiy m azm un- mundarijasini — tarixda 
b o ‘lib o ‘tgan va xalq hayotida m a'lum iz qoldirgan tarixiy voqea- 
hodisalar, dalillar va real tarixiy shaxslar faoliyatiga aloqador talqinlar 
tashkil etadi. Tarixiy mavzusiz tarixiy qo'shiq yaratilmaydi. Zero, 
tarixiy qo'shiq ja n ri bilan tarixiy mavzudagi badiiy asar o ‘rtasida 
muayyan farq U .Jum anazarovning e ’tiro f etishicha: «Tarixiy qo'shiq 
ja n ri sujetga asos b o ‘lgan materialning real tarixga to ‘la m os kelishi 
va asoslanishi, unda to ‘qim a yoki fantaziyaning bo‘lmasligi bilan 
tarixiy mavzudagi badiiy asar tushunchasidan jiddiy farqlanib turadi».
Tarixiy m avzudagi badiiy asarlar o ‘ta aniq tarixiylik doirasida 
bo'lmaydi. Tarixiy qo'shiqlar yaratuvchisiga qarab, ikki tipga b o ‘linadi. 
Bulan a) muallifi noma lum bo ‘Igan, ya \hi anonim xarakterdagi tarixiy 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling