Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
S in k retik naqllar ertak, afsona, rivoyat, maqol, matal kabi folklor
janrlarining bir-biriga ta ’siri natijasida kelib chiqqan b o ‘lib, ularga xos an ’anaviy xususiyatlami o ‘ziga singdirib olgandir. Ularning hajmi yirik, sujet tuzilishi m urakkab bo'ladi. Ularda a n ’anaviy obrazlar k o ‘p c h ilik n i ta sh k il etad i. S u jet voqealari hay o tiy uydirm aga asoslanadi. Sinkretik naqllarda yaxshilik tim soli yomonlik timsoliga, ezgulik ramzi yovuzlik ramziga zid qo'yilishi orqali m a’lum didaktik mohiyat ochib beriladi. «Egrivoy bilan T o ‘g‘rivoy», «Ayyor bilan sodda» kabi naqllar bunga yorqin misol b o ‘la oladi. Bu naqllaming sujeti dialog (suhbat) asosiga qurilgan b o ‘lib, shu suhbat jarayonida qahram on- larning m a ’naviy dunyosi ochila boradi va naql yakunida qissadan hissa chiqarilib, ideal g‘oya lo ‘nda ifodalanadi. N aqllam ing ko‘pchiligi ertak sujeti asosida yaratilganligi kuzatiladi. Biroq rivoyatlam ing shakliy o ‘zgarishi tufayli yuzaga kelgan naqllar ham bor. M asalan, m uchal yil nomlarining kelib chiqishi bilan bog‘lab aytiluvchi naql aslida rivoyatdan o ‘sib chiqqan. Bu naqlda savlati va b o ‘yiga ishonib yil nom lanishidan quruq qolgan tuya obrazi, kichkina bo‘Isa-da, dono sichqon obraziga zid qo‘yilishi orqali sujet voqealariga ramziy m a ’no, nasihatom uz fikr singdirilganligi kuzatiladi. A yrim naqllar b a ’zi m aq o llar m azm unidan yuzaga kelgandir. M asalan, «H ar kim qilsa — o ‘ziga» naqli aslida «Birovga choh qazisang, unga o ‘zing yiqilasan» yoki «Yoqma - pisharsan, qazima — tusharsan» kabi m aqollam ing m azm uni asosida yaratilganligini sezish qiyin emas. Bu maqollarda ham , naqlda ham yomonlik yaxshilik keltirm aydi, degan o ‘git ilgari suriladi. S o f n a q lla r hay o tiy v o q ealar, axloqiy tu sh u n c h a la r asosida yaratiladi. «Ikki qarg‘a», «Kiyik bilan tulki», «Odam bilan odam tirik» kabi naqllar sof naqllar sirasiga kiradi. Ularda naql ikkita bir- biriga qarshi tushunchalar — majoziy obrazlar xatti-harakati misolida aks ettiriladi. O'git yashirin holda ifodalanadi. Uni qissa oxirida chiqarilgan hissadan bilib olish m um kin b o ‘ladi. Sof naqllar sujeti qisqa, sodda bo‘ladi. Ular m azm unan lo‘ndaligi, majozga asoslanishi, ishonchliligi bilan ajralib turadi. Naqllarning ayrimlarida aniq tarixiy voqealar, shaxslar o ‘ziga xos sujetlarda aks ettiriladi. Masalan, «Olim bilan podsho», «Jasur yigit va Ahmad Donish» kabi naqllar bunga misol bo‘ladi. Naqllarning ko‘pchiligi sof badiiy to ‘qim a asosidagi sujetga egadir. «Hunardan uftar», «Gavhari noyob», «Usta bilan sher», «Qasd qilgan past bollur» kabi naqllarning sujeti sof badiiy to ‘qima asosiga qurilgan. 0 ‘zbek folklorshunosligida naql janri tabiati, o ‘ziga xos xususiyatlari haqida to ‘liq tasaw u r uyg‘otuvchi monografik tadqiqot haligacha yaratilmagan. Shu bois ko‘pincha naql janriga mansub asarlar yo ertak, yo masal deb yuritiladi. H atto jan r atamasi ham aniqlashtirilmagan. Naqllarni to ‘plab, nashr etish ishi ham ko‘ngildagiday emas. Latifa. 0 ‘zbek folklori epik janrlari orasida xalq latifalari g‘oyat ommaviyligi va hoziijavobligi bilan ajralib turuvchi mustaqil a n ’anaviy jan r hisoblanadi. «Latifa» so‘zi arabcha «latif va lutf» so‘zlaridan olingan bo‘lib, nozik qochirimli, mayin kinoyali kichik kulgili hikoyani anglatgani sababli istilohiy m ohiyat kasb etgan. Shuni alohida ta ’kidlash joizki, fors-tojik tilida bunday kulgili epizodik hikoyalarni maxsus to ‘plab, 1223-yilda «Javome’ul —hikoyot va lavom e’ur- rivoyot» «hikoyatlar to ‘plami va rivoyatlar ziyosi» nomi ostida alohida kitob sifatida tartib bergan M uham m ad Avfiy Buxoriy (1 17 2/1176 — 1233/1242) ham ularni latifa dem agan, balki hikoyat degan. F aqat N o siru d d in B u rh o n id d in R ab g ‘u ziyning 1310 -y ild a intihosiga yetkazilgan «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagina latifa istilohi ostida ikkita voqeot bayoni berilgan. V oqealar bayoni garchi jiddiy b o ‘lsa-da, vale kinoyaga moyilroq ohangga ega. Ana shu dalillarning o‘ziyoq latifa istilohining nisbatan keyinroq, aniqrog‘i, 1532-33 - yillarda Faxriddin Ali Safiy tom onidan tartib berilgan «Latoyif ut- tavoyif» (Turli toifadagilaming latifalari) kitobining el orasida keng shuhrat qozona borishi tufayli nainki adabiy, balki xalq ijodida ham taomilga kira boshladi, istilohiy m ohiyat kasb etgan holda ilmiy muom alada barqarorlasha borganini kuzatish mumkin. To‘g‘ri, xalq orasida XVI asrdayoq keng shuhrat qozongan bu kitobni o ‘zbek tiliga o'girgan taijimon hoji Sotimxon Xoja ln ’om M unaw ar qayd etganidek, «Latoyif so‘zi garchi latifa so‘zining ko‘pligi bo‘lsa ham , «latoyif» so‘zi garchi latifa mazmunini inkor etmasa ham, «latoyif» — bu latifa emas. Latoyif — turli-tuman dilkash, maroqli, xarakterli, xullas, qimmatli voqea va hodisalaming latifanamo ixchamlikdagibayonidir. Shuning uchun ham bu hikoyalami latifa deb emas, balki latofatlar, lutflar deb atash mantiqqa yaqindir. Chunki bu latoyiflami o‘qigan kishi xuddi latifalami o'qigandek, ham qah-qah solib kuladi, ham chuqur fikrga toladi, sidqidildan yum-yum yig‘laydi ham. Safiyning latoiflari orasida, garchi xalq latifalariga aylanib ketgan hikoyatlar uchrab tursa ham, bu asar eng aw al chindan ham dog‘ qiluvchi latifalar majmuasidir». (Qarang: Faxriddin Ali Safiy. Latofatnoma. Т.: G ‘ASN, 1999, 5-b.) Bu fikrdan uch narsa oydinlashayotir: birinchisi va muhimi, latoyif so'zining latifa mazmunini anglatishi va ko‘plikda qo‘llanilganligi; ikkinchisi, boshda u hikoyat m a’nosida, aniqrog‘i, hazilkashlikka yo‘g‘rilgan lutflardan iborat kulgili epizodik hikoyalami anglatganligi; nihoyat, uchinchisi esa, Ali Safiy latoyiflarining ancha-munchasi bora-bora xalq latifalariga aylanishi va shu jarayonda latifa xalqning shu xildagi zarofatli og‘zaki epizodik hikoyalarini ifodaiovchi istilohiy mohiyat kasb etganligi. Shuni aytish mumkinki, xalq ijodiyotida latifa janri garchi taxminan IX-X1 asrlarda paydo bo‘lib, taraqqiy eta borganligi m a’lum esa-da, folkloriy hodisani ifodaiovchi arabcha «latifa» istilohi asta-sekin X III asrdan muomalaga kira borib, X1V-XV1 asrlar davomida to‘la barqarorlashuvga erishdi. Buni ozar folklorshunosi V.Valiyevning: «Latifa» so‘zi bir term in kabi ozarbayjon foUdorida keyinroq paydo bo‘lgandir. Umuman, xalq orasida bu term in ishlatilmagan. Xalq orasida bu xildagi nam unalar «bazama» deyiladi. Holbuki, folklorshunoslar arab tilidagi kalima «latifa» so‘zini bir termin kabi qabul qilganlar. Bizgaqolsa, latifao‘mida «bazama» ishlatilsa, yanada munosib bo‘lardi» («Ozarbayjon folklori», Boku, 1985, 289-290- b.), degan fikri ham m a’lum ma’noda tasdiqlaydi. A lisher N avoiy ham latifa o ‘m id a «bazla» va uni aytuvchini «bazlago‘» tarzida q o ‘llaydi: Foydasiz qilmasa zohir karam, Berm asa bir bazlagsi yuz ming diram. («Hayratul —abror», 100-b.) Va: Zarofat holatida bazlago lar, A toridqa qilib h ar dam g‘ulular. («Farhod va Shirin», 30-b.) va boshqalar. D astlabki paytda foydasiz narsalar uchun qalam «zohir etish» — sa rfla sh g a h o ja t b o ‘lm a g a n id e k , b e h u d a , m a n tiq s iz , kulgu qo‘zg ‘amaydigan «bazla» (latifa)ga «yuz ming diram» sarflamoqqa ne hojat deyilsa, ikkinchi baytda nozikfahmlilik, zariflik kayfiyatida «bazlago4» (latifago‘.y)lar aytayotgan quvnoq latifalardan qahqahalar avji Atorud (Yupiter)gacha yetardi degan m a’noni uqish mumkin. K.o‘rinayotirki, «bazama» va «bazla» so‘zlari yagona «baz» o ‘zagi asosida yaratilganligi bilan o ‘zaro hamohangdir. Shunga qaram ay, turkiy tildagi «bazla» va «bazama» istilohlari o ‘mida arabcha «latifa» istilohi ilmiy taomilga o‘zlashib ketdi. Biroq xalq orasida «hikoyat», «mutoyiba» istilohlarini «latifa» m a’nosida qo‘llash ham on davom etayotir. O z b e k xalq latifalari favqulodda boshlanishi va favqulodda naql etilishi bilan e'tiborni tortadi. Ularning asosida yengil m utoyiba va o ‘tk ir hajv yotadi. Ular hajman muxtasar, m azmunan ixcham bo‘ladi. Asosan, bir yoki ikki-uch epizoddan tashkil topadi. Yakka ijroda aytiladi. Xalq hajviyoti va mayin yumorga asoslangan latifalarda hayot haqiqati uydirma, so‘z o ‘yini, kinoya va qochirim lar vositasida aks ettiriladi. Latifalar yechimida satira va yum or hal qiluvchi rol o ‘ynaydi. Yechim tasodifan ko‘tarilgan kulgi-qahqaha yoki so‘z o‘yiniga asoslanadi. So‘z o ‘yini latifa kulminatsiyasini tashkil etadi. Latifalarda nutqning dialog shakli keng q o ilan ad i. U lar ijtimoiy- siyosiy va maishiy-hayotiy m a’no kasb etadi. Kishilar fe’l-atvorida uchraydigan salbiy axloqiy xususiyatlarni inkor etib, soddalik, go‘llik, k a lta fa h m lik , savodsizlik, o m iy lik , m ero v lik , g ‘a fla to y in lik , befarosatlik ustidan kulgi uyg‘otadi. O dam lam i hushyorlikka chorlaydi. Latifalar ortiqcha tasviriylikdan xoliligi bilan ham ajralib turadi, ularda birorta ortiqcha so‘z yoki detal uchram aydi. B inobarin, k o m p o z itsiy a n in g soddaligi, su je tn in g ixcham va Io ‘nd alig i, yechim ning favqulodda yuz berishi va tasodifan ko‘tarilgan kulgiga asoslanganligi, yagona m arkaziy qah ram o n obraziga bog'liqligi latifaning doimiy va barqaror janriy belgilari sanaladi. Jatifalar tubandagi uch omil asosida paydo bo‘lib, rivojlanib kelmoqda: Bu omillaming barchasiga, albatta, ijtimoiy hayotda sinfiy m u n o sa b a tla rn in g kuchaya b o rish i va feodal z o ‘rav o n lik n in g chuqurlashuvi m a'lum darajada ta 'sir ko‘rsatgan. Zero, latifalarda nisbatan ta ’sir ko‘rsatish, norozilik bildirish kayfiyatlarining mushtarak |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling