Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet49/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
Birinchi omil — u yoki bu ayrim m ashhur tarixiy shaxslar xarakteri, 
xatti- harakati va ko‘p qirrali ijtimoiy-siyosiy va amaliy faoliyatining 
yo ijobiy, yo salbiy badihaviy bahoianishi oqibatida yuzaga kelgan 
latifalar. Aflotun, Iskandar, Arastu, Luqmon, Buqrot, Bahrom go‘r, 
Buzurgm ehr, Juho, Bahlul, Tufayliy, A bunow os, Xusrav Parvez, 
A n u sh e rv o n , B irbal, M irali, M ushfiqiy, M ash rab , B alakirev, 
Skovoroda, Kuyruchuk, Behnazar, Kamina va boshqalar nomlari 
bilan bog‘liq latifalar ana Shunday mohiyatga ega.
Ikkinchi om il— xalq asrlar davom ida o ‘z quvnoq ruhiga va idealiga 
m os kelgani uchun satirik va yum oristik ertak larn in g to ‘qim a 
qahram onlari Kal, A ldarko‘sa, K o‘sa va Lak-u Paklam ing nomlari 
bilan aloqadortalay latifalar ijod qilgan. Bunday latifalaming ayrimlari 
shu qahramonlarga oid ertaklarning qayta ishlanishi, ixchamlashtirilishi 
negizida bunyodga keltirilgan, yana bir qismi esa, tarixiy shaxslar 
obrazlariga daxldor latifalam ing Kal, Aldarko‘sa, Ko‘sa va Lak-u 
PakJarning nomlariga o ‘tishi yoki o ‘tkazilishi tufayli yuzaga kelgan.
Uchinchi omil — ayrim urug‘lar, yo ayrim shahar yoki qishloqlarda 
yashovchi qavmlaming fe’l-atvori. tabiati va ularning hodisalarga, 
odamlarga, hayvonlarga, qushlarga, hasharotlarga, mehnat va hayotga 
soddavor munosabatlarining badihaviy bahosi sifatida yuzaga kelgan 
latifalar. Bu toifaga gabrovoliklar (Bulg‘oriya), poshexoneliklar (Rossiya), 
m ildaliklar (Olmoniya), gotem liklar (Angliya), qazvinliklar (Eron) 
q a h ra m o n i b o ‘lgan la tifa la r m ansub. P rofessor V .V aliyevning 
guvohligicha, bunday holatni Ozarbayjon kent va dahalari ahliga daxldor 
latifalar misolida ham kuzatish mumkin (qarang, eslatilgan asar, 290- 
b.). 0 ‘zbek va tojik xalqlarida ham bu silsilada qadim zamonlardan 
beri latifalar to ‘qish va aytish a n ’anasi mavjud. Bu an ’ana hanuzgacha 
so‘nmagan, aksincha, faol rivoj topib kelayotir. Chunonchi, hozirgi 
0 ‘zbekiston hududida Buxoro muzofotida shirinilar, emarilar, Samarqand 
shahrida mahallotilar, Xorazm viloyatida xonqaliklar, Farg‘ona vodiysida 
g ‘irvonliklar. oltiariqliklar, Qashqadaryo vohasida pochvonliklar, Surxon 
m u zofotida g‘urutliklar, T ojikistonda esa darvozliklar, xufliklar, 
rumonliklar qahramoni bo‘lgan yumoristik latifalar bisyor. B u guruhga 
m ansub latifalarda joy yo urug‘ nom i umumlashtiruvchi mohiyatga ega 
bo‘lgani bois latifa qahram oni nom i ham umumlashtiruvchi mazmun 
kasb etgani holda, asosan, lokal ijrochilik doirasida aytiladi.
S hu tariqa uzoq asrlar davom ida o ‘zbek latifalarining asosiy


qahram onlari — shu uch om ilda ijod qilingan xalq latifalarining 
qahram onlari edilar. Yanada aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, IX- 
X1U asrlarda Abunuvvos, Talxak, Bahlul, Juho, Tufayliy, Kal, Ko‘sa 
latifalar qahram oni sifatida faol b o ‘lishsa. X I11 asrning II yarmidan 
XIX asrning I yarmigacha bular safini Aldarko'sa, Mushfiqiy, Mirali, 
M ashrab, Jayroncha, Kamina va Esonpo‘latlar to ‘ldirib keldi. XIX 
asrning 11 yarmidan e’tiboran esa Xo‘ja N asriddin, yoki Nasriddin 
afa n d i yoxud qisqagina A fandi o ‘zbek latifalarin in g m arkaziy 
qahram oniga aylana bordi. Hodi Z arif fikricha, bu obraz o ‘zbek 
latifalariga ozarbayjon folklori orqali turk folklorining ta ’siri tufayli 
kirib kelgan. Aslida XII — X III asrlardayoq turk xalq latifalarining 
qahram oni sifatida tanilgan M ullo Nasriddin yoki X o‘ja Nasriddin, 
yoxud Nasriddin afandi XIX asr oxirlarigacha nainki 0 ‘rta yer dengizi 
sohillarida yashovchi xalqlar. balki g'arbiy Evropada, Kavkazortida, 
Q rim da, Kichik va 0 ‘rta Osiyoda, Uyg‘uriston va H indistonda 
yashovchi xalqlar latifalarining qahram onlari o ‘m in i ham shiddat 
bilan egallab bordi. E ndilikda o ‘zbek, tojik, tu rk m an , uyg‘ur, 
ozarbayjon, qrim -tatar va boshqa qator xalqlar latifalarini quvnoq 
va topqir, hoziijavob va tadbirkor, jijchagina chapdastligi orqali har 
qanday odam ni o ‘zining yolg‘on -u rostiga ham, firib-u qasdiga ham 
laqqa ishontira biluvchi, ezgulik yo‘lida tin m ay kurashib. o ‘z 
xizm atini sira minnat qilmovchi, goh juda hushyor va sergak bo‘lsa, 
gohida ozgina go‘l va anqov, am m o ham isha xalq tashvishida 
b o ‘Iganidan ichki bir qoniqish bilan yashovchi hayotsevar va g‘olib 
N asriddin afandisiz tasaw ur qilib bo‘lmaydi. U ni muxoliflari qayta- 
qayta o ‘ldirib, butun Sharq b o ‘ylab 15 joyga ko‘mdilar. A m m o olti 
yuz yildan oshayaptiki, u ham on barhayot, el ko‘nglini chog‘ etib 
yashayapti. S.Kosyubinskiy to ‘g‘ri qayd etganidek, bunday ulug‘ shon- 
shuhrat har kimga ham nasib qilavermaydi. (Qarang: Anekdotov. О 
Xodje Nasreddine i Axmet axae. Simferopol, 1937, s. 43), Nasriddin 
afandi ham endilikda jah o n xalqlari latifachiligida e ’tiro f etilgan 
h in d la rd a g i B irbal, a ra b la rd a g i J u h o , afg ‘o n la rd a g i P u rd il, 
beloruslardagi Nesterko, ruslardagi ahm oq Ivan va Balakirev, Karelo- 
finlardagi o ‘rm on kesuvchi Kumoxi, qoraqalpoqlardagi 0 ‘mirbek, 
qirg‘izlardagi Kuyruchuk, qozoqlardagi Aldarko‘sa, tojiklardagi Mullo 
Mushfiqiy, buryatlardagi Budam shu, m oldavanlardagi Pekele, qrim - 
tatarlardagi Axmet axay, ozarlardagi Bahlul, D on and alar safdoshiga 
aylanib qoldi.


Shuhrati bu qadar beqiyos Nasriddin afandi obrazining tarixiy 
asosi — prototipi bormi? qaysi zam onda va makonda yashagan, shaxsiy 
fazilatlari, kasb-u kori qanaqa b o ‘lgan? Tadqiqotchilar orasida bu 
masalalar ustida necha asrlardan beri bahs davom etib keladi. Bu 
bahslaming um um iy xulosasi shuki, birguruh tadqiqotchilar Nasriddin 
afandi obrazining paydo b o ‘lishini arab xalifaligi zam o ni bilan 
bog'lashsa, ikkinchi guruhdagilar buni m o‘g‘ul istilolari zam oniga 
nisbat berishadi. Uchinchi guruhdagilar esa, Tem ur saltanati zamoniga 
aloqador deb isbotlashga urinishadi. Turk va boshqa xalqlardagi 
olim larning XX asrning 50-60-yillaridagi jiddiy izlanishlari va tarixiy 
dalillarning guvohligicha, N asriddin afandi obrazining shakllanishida 
ikki tarixiy shaxs kuchli ta ’sir ko‘rsatgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling