Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet52/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Ijtimoiy-maishiy jihatdan tasvirlangan N asriddin afandi obrazi 
o ‘z oilasi. q o ‘n i-qo ‘shnisi davrasida tasvirlanadi. U o ‘ta soddadilligi, 
go‘lligi bilan ajralib turadi. Bu turkumga m ansub latifalarda samimiy 
yum or (hazil) ustunlik qiladi, ayrim kishilarda uchraydigan ahmoqlik, 
g o ‘llik, kaltabinlik, haftafahm lik, farosatsizlik, hissizlik, laqmalik, 
ezm alik, nodonlik kabi yaram as xislatlar hazil-m utoyiba yo‘li bilan 
kulgi hukm iga havola qilinadi.
Latifalarni tanqidiy ruhiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Satirik latifalar.
2. Yumoristik latifalar.
S a tirik latifalarda ijtimoiy-siyosiy voqealar sinfiy munosabatlarni 
fosh etuvchi kulgi vositasida tanqid qilinadi. U lardagi tanqid siyosiy 
m a ’no kasb etadi. A fandi obrazi orqali xalq noroziligi ko‘rsatib 
b eriladi. N asridd in afan d i k o ‘pincha oddiy xalq vakili sifatida 
m ay do ng a chiqib, v o q ea-ho d isalarg a xalq istak va m anfaatlari 
him oyachisi tarzida m unosabat bildiradi. Bunda uning zolimlarga 
nafrati nutqida q o lla n g a n turli so‘z o ‘yinlari orqali aks ettiriladi.
B a’zi satirik latifalarda N asriddin afandi hukm ron sinf vakili 
qiyofasida ham tasvirlanadi. Bunda u o ‘z harakati orqali hukm ron 
sinf vakillariga xos yovuzlikni ko‘rsatib beradi. «Afandi-qozi» latifasida 
aytilishicha, uning huzuriga «qaynonasini o ‘ldirgan qotil kuyov»ni 
keltirishadi. Qozi A fandi so ‘roq qilarkan, so‘z orasi « 0 ‘limi oldidan


yana bir marta mardlik ko‘rsatib», o ‘z qaynonasini ham birato‘la 
o ‘ldirib kelishni undan so‘raydi. Qozining bu nutqi orqali uning asl 
basharasi ko‘rsatilib, qonli q o ‘ldan ham manfaat izlashdan iborat 
yovuzligi ochib tashlanadi.
S a tirik la tifalard a k o ‘p in c h a shu x ildagi k o ‘ch m a m a 'n o
anglatuvchi nutq fosh etuvchi achchiq kulgi q o ‘zg‘atadi. Ayniqsa, 
N asriddin afandi shoh, am aldorlar bilan to'qnashganda h ar bir so‘zga 
tagdor m a’nolarni yuklay boradi, bunda so‘z urg‘usi orqali m a'noni 
jilolantirishga harakat qiladi.
Satirik latifalarda xalq noroziligi achchiq kulgi. kesatiq, piching 
va istehzo negizida ifodasini topgan. Bunday latifalar yumoristik 
latifalarga nisbatan ko'pchilikni tashkil etadi.
Yumoristik latifalar yengil kulgi asosiga qurilgan b o ‘lib, asosan, 
kishilarda uchraydigan ayrim insoniy qusur va kam chiliklarni tanqid 
qilishni ko'zlaydi. Ulardagi tanqid maishiy m a’no kasb etgan bo'ladi.
Yumoristik latifalarda shaxsdagi salbiy belgilar nisbatan bo‘rttirilib 
tasvirlanadi. Chunonchi, «Afandi va dallol» latifasida afandi sigirini 
sotgani bozorga olib chiqib. uning kamchiliklarini ro ‘y-rost aytib, 
xaridor chaqira boshlaydi. U ning gaplarini eshitgach, xaridorlar 
havsalasi pir bo‘lib qaytib ketishaveradi. Bu holatni kuzatib turgan 
dallol uning sigirini sotib berm oqchi bo‘lib, afandi roziligini olgach, 
d arhol uni m aqtay ketadi. Bu m aqtovlarni eshitgan xaridorlar 
qaytadan quyilib kela boshlaydi. Shunda afandi sigiri ipini dallol 
qo‘lidan tortib olib: «sigirimda shuncha xislatlar b o r ekan, uni sotib 
nim a qilam an», — deya yetaklaganicha bozordan chiqib ketadi. 
Latifada afandining kaltabinligi, soddavashligi birm uncha bo‘rttirilib, 
xushchaqchaq kulgi hosil qilingan. Bunday kulgi ham aslida afandi 
nutqida so‘zlarni qochirim dor qilib qo‘llash asosida yuzaga chiqib
o ‘ziga xos tanqidiy vazifani bajaradi.
Shunisi ajablanarliki. M. Z.O sm onov darg‘in latifalarida Mullo 
Nasriddin xarakterining ikkinchi qutbi sanaluvchi go‘llik, notavonlik, 
ojizlik, farosatsizlik, aqli noqislik, uquvsizlik, laqm alik, hissizlik, 
ezmalik, haftafahmlik, ahmoqlik, kaltabinlik singari qusurli xislatlardan 
iborat salbiy tom onini ijtimoiy tengsizlikni ifodaiovchi sinfiy kurash 
natijasi, yanayam aniqrog‘i, hukm ron tabaqalaming xalq kurashchisini 
shashtidan tushirish, kurashchanlik ruhini sindirish, shu asosda uni 
xalq nazaridan tushirib qoldirish yoMida ijodiy qayta ishlashlarining 
hosilasi sifatida izohlaydi. (Qarang: Darginskie skazki. Sost. avtor


predislovie M .Z.O sm onov. IV. L-M ., 1963. s.9). Keyinchalik Boris 
Privalov ham qoraqalpoq latifalari qahramoni 0 ‘mirbek xarakteridagi 
shunday qusurlar sababini M .Z.Osm onov izohlaganday asoslaydi. 
(Qarang: B. Privalov. Anekdoti Omirbeka i nekotorie voprosi satiriko- 
yum oristicheskogo folklora / / Vmesto poslesloviya. - V knige: 
Anekdoti Omirbeka. Nukus: «Karakalpakistan», 1970, s.260). Bunday 
qarash aslida m arkscha-lenincha estetikaning sinfiylik ta ’limotiga to‘la 
mos bo‘lib, umuminsoniylik manfaatlari nuqtayi nazaridan nomaqbul 
va bir tom on lam a edi. Negaki, ham ma zam onlarda h am xalq o ‘z 
hayotiga tanqidiy qarash a n ’anasiga amal qilib kelgan, lekin o lz 
dardini, o ‘z hasratini. o‘z alam ini oshkora aytishga, haqiqatni ro‘y- 
rost aytishga kelganda esa, hukm ron tabaqalarning tazyiqini, ta ’qibini 
hamisha his qilib turgan. Ijtimoiy adolatsizlik zamirida qurilgan tuzum 
va saltanat dastidan shunday yo‘l tutishga majbur b o ‘lgan. Shunda 
u asriy tajribasida sinalgan «Qalovini topib, qorni yoqish» aqidasiga 
am al q ilib . o ‘zin i g o ‘llik k a, uquvsizlikka, q o ‘y in g -c h i, dalli 
devonalikka urib, haqiqatni aytish va himoya qilishga chog‘langan, 
o ‘zini te lb alik k a solib kulfatzadalikka, benavolikka, noch o r-u
notavonlikka giriftor etganlardan kulgan, kulib turib ularni (aslida 
ular ham o ‘zidan chiqqanlar-ku, axir) demakki, o ‘z-o ‘zini fosh etgan.
0 ‘z-o ‘zini fosh eta turib ko‘nglini bo'shatgan, tasalli-taskin topgan. 
Insoniyat tarixida esa zam onasi bilan kelisha va chiqisha olmay, 
o ‘zini devonalikka, telbalikka urib, haqiqatni kula-kula yoqlaganlar 
ko‘p. C h u nonchi, A bunuw os (762-814) mashhur tarixiy shaxs bo‘lib, 
Xorun ar-R ashid saroyida xizmat qilgan. Biroq quraysh qabilasi ahlini 
yoqtirm ay, ulam i hajv qiluvchi she'rlar yoza boshlagan. Buning 
uchun xalifa uni bir necha oy hibsda tutib, so‘ngra haydab yuborgan. 
A bu nu w o s b o ‘lsa mayxo‘rlikka berilib, ko‘cha-ko‘ylarda mast holda 
tentirab, hajviy g‘azallarini o ‘qib yurgan. Oxiri hazrat Alini hajv 
qilib yozgan sh e’ri uchun zahariab o ‘ldirilgan. U arab adabiyoti 
tarixida iste'dodli shoir sifatida nom qoldirgan. Uning mastlik aralash 
tu rish-turm ushi asl holicha xalq og‘zida latifalarga aylangan, shu 
zaylda uning nom i bilan bog‘liq latifalar og‘izdan-og‘izga ko‘chib 
yurgan. Yoki Bahlul nom i bilan bog‘liq latifalar tarixini ko‘zdan 
kech iray lik. B ahlul ham U m a r K ufiyning o ‘g‘li b o ‘lib, latifa 
qahram oni sifatida el og‘zaki ijodida mangulik topdi. U n i donoligi. 
tadbirkorligi uchun qozilik mansabiga tayinlashmoqchi b o ‘lishganida. 
bu m ansabda ishlamaslik uch u n o ‘zini devonalikka urib qutiladi. U


uzun xivichni ot qilib m inib, «chu» deya Bag‘dod ko‘chalarida 
tentiray boshlagach, ham m a uning devonaligiga ishonadi. D avrlar 
o ‘tishi tufayli A bunuw os, Bahlul, Juho va boshqalar nomi bilan 
aytiladigan latifalaming Nasriddin afandi nomiga ko‘chishi natijasida 
uning xarakterida ham shunday kulgili xislatlar shakllana bordi. Shu 
tariqa nemis folklorshunosi topib aytganiday: «Ezopdan donoroq, 
lekin donolikda abderitlardan ham o ‘tkazuvchi» X o'ja N asriddin 
siymosi shakllangan. U xuddi shu fazilat va xislatlari bilan hokim
sinflar vakillarini mulzam etgan, m ehnat ahlining himoyachisiga 
aylangan.
0 ‘zbek xalq latifalarini yaratilgan davriga qarab ham tasnif qilish 
m um kin. Unga kokra ular: a) an ’anaviy va b) zamonaviy latifalarga 
bo‘linadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling